• 8.3- rasm. Diskli g‘ildirak tormozi.
  • 3. Tormoz konturlari va yuritmalari
  • O‘qituvchi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

     
     
     
     
    8.2- rasm. Kalodkali baraban turidagi g‘ildirak tormozi 
     


    Tormoz mexanizmi 10 g‘ildirak diskiga o‘rnatilgan bo‘lib, tormozlash
    paytida 1 pedal bosiladi. Pedal qo‘zg‘almas sharnir atrofida aylanib 2 tortqi va 3 
    richag orqali 4 keruvchi moslama – mushtchani o‘z o‘qi atrofida buriladi. O‘z 
    navbatida 5 kalodkalar 8 o‘q barmoqlar atrofida burilib 7 barabanga siqiladi. 
    Natijada tormoz barabani bilan 6 friksiyali qoplamaga ega bo‘lgan kalodkalar 
    orasida ishqalanish paydo bo‘ladi, 11 g‘ildirak tormozlanib, avtomobil to‘xtaydi. 
    Pedal bo‘shatilishi bilan 9 prujina tormoz kalodkalarini tormoz barabanidan 
    uzoqlashtirib, g‘ildiraklarni ozod qiladi. 
    Keyingi paytlarda diskli g‘ildirak tormozi barcha turdagi avtomobillarda
    muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda. ( 8.3- rasm). 
    .

    8.3- rasm. Diskli g‘ildirak tormozi. 
    Diskli g‘ildirak tormozi 1 aylanuvchi disk va uning har ikkala yon sirti 
    bo‘ylab o‘rnatilgan qo‘zg‘almas 2 va 3 sektor shaklidagi kalodkalardan tashkil 
    topgan. Tormozlash paytida kalodkalar N1 va N2 kuchlar ta’sirida diskka 
    siqilib, ishqalanish kuchi hisobiga tormoz momentini hosil qiladi. Diskli 
    g‘ildirak tormozlari tormoz momentining yuqori barqarorlikka erishuvchini va 
    diskdan issiqlikni tashqi muhitga yaxshi tarqalishini ta’minlaydi. Bundan 
    tashqari, kalodkali g‘ildirak tormoziga nisbatan ixcham, ishlash muddati uzoq va 
    tormozlash yo‘li kam bo‘ladi, hamda o‘q bo‘ylab ta’sir etuvchi kuchlarni teng 
    muvozanatlash xususiyatiga ega. 
    3. Tormoz konturlari va yuritmalari 
    Tormoz yuritmasi haydovchi tamonidan pedalga berilayotgan kuchni 
    tormoz mexanizmiga uzatish uchun xizmat qiladi.
    Tormoz yuritmasiga quyidagi talablar qo‘yiladi: tormoz mexanizmlarini 
    bir vaqtning o‘zida, tez va yengil ishga tushirish; harakatga keltiruvchi yoki 
    kalodkalarni keruvchi kuchlarni tormozlararo taqsimlash; pedal va tormozlarni 
    ishga tushiruvchi kuchlar orasida mutanosiblikni saqlash; yuqori f.i.k.ga ega 
    bo‘lishni ta’minlash; konstruksiyasining sodda bo‘lishi va ishonchli ishlay 
    olishiga erishish. 
    Tormoz yuritmalarining quyidagi turlari mavjud: mexanik, gidravlik, 
    pnevmatik, elektrik va aralash (pnevmogidravlik, pnevmoelektrik va hakazo). 
    Mexanik yuritma bir qancha richag, tortqi, valchalar va trosdan tashkil 
    topgan bo‘lib, pedaldagi kuchni tormoz mexanizmiga yetkazib beradi. Odatda 


    mexanik yuritmalar ayrim avtomobillarning ushlab turuvchi tormoz tizimida 
    qo‘llaniladi. Biroq ushbu yuritmalar ekspluatatsiya sharoitida tormozlarning bir 
    vaqtda ishlashini va ular orasida keruvchi kuchlarning tekis taqsimlanishini 
    ta’minlamaydi. Bundan tashqari sharnirli birikma va tayanchlarda ishqalanish 
    tufayli yuritmaning f.i.k kichrayib ketadi. 
    Gidravlik tormoz yuritmalari gidrostatika qonuniga asoslanib, harakatni 
    suyuqlikning bosimi orqali ishchi mexanizmlarga yetkazib beradi. 
    Gidravlik yuritmaning prinsipial sxemasi – rasmda aks ettirilgan. 
    Yuritma 4 bosh tormozlovchi silindrdan, 3 tormoz pedali bilan bog‘langan 
    porshendan, 12 va 14 g‘ildirak silindrlaridan, orqa va oldingi g‘ildiraklarning 13 
    va 15 tormozlaridan hamda barcha silindrlarni o‘zaro tutashtirib turuvchi trubali 
    o‘tkazgichlardan iborat bo‘ladi. Bosh tormozlovchi va barcha g‘ildirak 
    silindrlarining ichki bo‘lmalari va trubali o‘tkazgichlari maxsus suyuqlik bilan 
    to‘ldirilgan bo‘ladi. 
    Dastlab 3 pedal bosilishi bilan 4 bosh tormozlovchi silindrning 5 porsheni 
    suyuqlikni trubali o‘tkazgichlar orqali g‘ildirak silindrlariga bosim ostida 
    xaydaydi. /ildirak silindrlariga yetib kelgan suyuqlik har bir ishchi porshenni 
    bo‘ylama o‘q bo‘ylab siljishga majbur etadi, natijada tormoz mexanizmining 
    kalodkalari g‘ildirak barabaniga siqiladi. Kalodkalar va baraban orasidagi tirqish 
    ma’lum miqdorgacha kamaygach, suyuqlikning bosh tormozlovchi silindrdan 
    g‘ildirak silindrlariga uzatilishi to‘xtaydi. Pedalga berilayotgan kuchni yanada 
    ko‘paytirish suyuqlikning bosimini oshiradi va barcha g‘ildiraklarning bir 
    paytning o‘zida tormozlanishni ta’minlaydi. 
    Tormoz pedaliga ta’sir yo‘qolishi bilan prujinaning elastik kuchi tufayli 
    pedal dastlabki vaziyatga qaytib keladi. Xuddi shuningdek 6 prujina vositasida 
    bosh tormozlovchi silindrning porsheni dastlabki holatga qaytariladi, tortuvchi 
    prujinalar esa kalodkalarni tormoz mexanizmi barabanidan uzoqlashtiradi va 
    g‘ildirak silindrlaridagi suyuqlik trubali o‘tkazgichlar orqali bosh tormozlovchi 
    silindrga qaytariladi. 
    Gidravlik yuritmalarning asosiy yutuqlari quyidagilardan iborat: 
    g‘ildiraklar va kalodkalar orasida yetarlicha tormozlovchi kuchning 
    taqsimlanishiga 
    erishiladi; 
    Suyuqlikning 
    siqilmasligi 
    va 
    trubali 
    o‘tkazgichlarning bikrligi tufayli tormoz mexanizmining ishga tushishiga kam 
    vaqt sarflanadi; yuqori f.i.k ega bo‘ladi; gabarit o‘lchamlari va massasining 
    kichikligi hamda yuritma apparatlari joylashishining qulayligidir. 
    Shu bilan birga bir qator kamchiliklari ham mavjud, jumladan: uzoq vaqt 
    davomida tormozlash mumkin emas, chunki suyuqlik ancha yuqori (10…12 
    MPa) bosimi vaqt o‘tishi bilan qistirmalarning bo‘shashishi tufayli kamayib 
    ketadi; o‘tkazuvchi trubalarning teshilishi natijasida barcha tormoz tizimining 
    ishdan chiqishi ro‘y beradi; past temperaturalarda tizimning f.i.k. keskin 
    kamayib ketadi. 
    Tormoz tizimi gidravlik yuritmasining ishonchli ishlashini ta’minlash 
    uchun ikki konturli yuritmalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan: 
    DEU avtomobillarining tormoz yuritmasi ikki konturli bo‘lib, u oldingi 1 va 2 


    diskali tormozlardan, 9 va 10 orqa kalodkali barabanli tormozlardan, 4 
    qo‘shaloq bosh tormozlovchi silindrlardan, 5 vakuum kuchaytirgichdan, orqa 
    tormozning 7 konturiga ulangan, 8 tormoz kuchlari regulyatoridan va oldingi 
    g‘ildiraklarning 3 konturidan iborat.(8.5 – rasm). 
    Barcha tormoz tizimi 6 pedal vositasida ishga tushiriladi. Biror bir 
    konturning vaqtincha ishdan chiqishi, ikkinchi konturning ishlashiga salbiy 
    ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki tormoz suyuqligi faqat jarohatlangan konturdangina 
    oqib chiqib ketadi. 
    Pnevmatik tormoz yuritmalarida pedalga ta’sir etilgan kuch havoning 
    siqish energiyasi hisobiga bir necha barabar oshirilib tormoz mexanizmiga uza-
    iladi. Avtomobillarning eng sodda pnevmatik tormoz yuritmasi 1 havo idishi – 
    resiverdan, 2 pedal orqali boshqariluvchi 3 uch yo‘lli krandan, 6 shtogi 7 tormoz 
    kalodkalarini keruvchi mushtcha bilan bog‘langan 4 tormoz silindridan tashkil 
    topgan. Resiverga siqilgan havo kompressor orqali yuboriladi.( 8.6– rasm). 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish