– rasm. Pnevmatik tormoz yuritmasi




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/132
Sana27.05.2024
Hajmi6,77 Mb.
#255120
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
Bog'liq
“BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

8.6– rasm. Pnevmatik tormoz yuritmasi. 
Tormozlanish paytida uch yo‘lli kranning tiqini tormoz silindrining ichki 
bo‘lmasini resiver bilan o‘zaro tutashtiradi va 5 porshenga ta’sir qiluvchi 
siqilgan havo tormoz mexanizmini ishga tushiradi. Bunda tormoz silindrlari 
ichidagi bosim resiverdagi havo bosimiga teng bo‘lishligiga erishiladi. Odatda 4 
silindr ichidagi havo bosimi 2 pedalga berilgan kuchga bog‘liq bo‘lishini 
ta’minlash maqsadida tormoz yuritmasida 3 kran o‘rniga maxsus avtomotik 
ravishda ishlaydigan iz oluvchi mexanizm qo‘llaniladi. Tormoz mexanizmi 
ishini boshqaruvchi iz oluvchi mexanizmlarning bevosita to‘g‘ri va teskari 
yo‘nalishlarda ta’sir qiluvchi turlari mavjud. To‘g‘ri ta’sir etuvchi iz oluvchi 
mexanizm havoning bosimini pedalga uzatilayotgan kuchga proporsional 
ravishda o‘zgartirib beradi.
Aralash tormoz yuritmasi yuk ko‘taruvchanligi katta bo‘lgan 
avtomobillarda ko‘proq qo‘llaniladi. 


Pnevmogidravlik tormoz yuritmasi pnevmatik va gidravlik qismlardan 
tashkil topgan bo‘lib, avtomobilning oldingi, oraliq va orqa ko‘priklari g‘ildirak 
tormozlarining kalodkalari g‘ildirak gidrotsilindrlari yordamida harakatga 
keltiriladi. Bunda oldingi va oraliq ko‘priklarning g‘ildirak gidrotsilindrlari 
o‘tkazuvchi trubalar orqali bosh tormoz silindri bilan, orqa ko‘prik g‘ildiraklari 
esa bosh tormozlovchi silindr bilan bog‘langan bo‘ladi. Shunday qilib, aralash 
yuritmaning gidravlik qismi ikkita mustaqil ishlovchi gidroyuritmalardan iborat 
bo‘ladi. 
Yuritmaning pnevmatik qismi porshen ko‘rinishidagi aralash tormoz 
kranidan va tormoz kranining quyi seksiyasi bilan o‘tkazuvchi trubalar orqali 
bog‘langan ikkita pnevmotsilindrlardan tashkil topgan. Tormoz kranining 
yuqori seksiyasidan o‘tkazuvchi trubalar orqali avtomobil tirkamasining tormoz 
yuritmasi ishga tushiriladi. Yuritmaning pnevmatik qismi resiver bilan 
bog‘langan kompressordan uzatilayotgan siquvchi havo bilan ishlaydi. 
Aralash tormoz yuritmasining gidravlik qismi avtomobilning barcha 
g‘ildiraklarining bir vaqtda tormozlanishini ta’minlaydi, pnevmatik qismi esa 
boshqarishni yengillashtirib, tormoz kuchini avtomobil tirkamasiga ham uzatadi. 

Download 6,77 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish