• 8.1–rasm. Kalodkali tormozlarning asosiy sxemalari.
  •  Diskli va kolodka barabanli tormoz mexanizmlari




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet129/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

     
    2 Diskli va kolodka barabanli tormoz mexanizmlari 
    Tormoz mexanizmlari avtomobil g‘ildiraklarining aylanishiga qarshilik 
    qilib, g‘ildiraklar bilan yo‘l orasida tormoz kuchini paydo qilish uchun xizmat 
    qiladi. Tormoz mexanizmlari ko‘pchilik hollarda bevosita g‘ildiraklarga 
    o‘rnatiladi. Ba’zan esa transmissiyaning aylanuvchi qismlariga o‘rnatiladigan 
    markaziy tormoz mexanizmlari ham ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan tormoz 
    mexanizmlari aylanuvchi detallarning qo‘zg‘almas detallarga ishqalanishi 
    tufayli hosil bo‘ladigan qarshilik kuchiga asoslangan friksiyali mexanizmlar 
    hisoblanadi. Aylanuvchi detallarning shakliga qarab tormoz mexanizmlari 
    barabanli va diskli turlarga ajratiladi. Barabanli tormozlarning qo‘zg‘almas 
    detali kolodka yoki tasma ko‘rinishida, diskli tormozlarning esa faqat kolodka 
    ko‘rinishida bo‘ladi. 


    Kolodkali barabanli tormozlar kolodka tayanchlarining joylashuvi va uni 
    harakatga keltiruvchi kuchning xarakteriga qarab bir qancha turlarga 
    bo‘linadi.(8.1 - rasm). 
    8.1–rasm. Kalodkali tormozlarning asosiy sxemalari. 
    a) tayanchlari mustaqil holda bir tomonda joylashgan va teng harakatga 
    keluvchi kuchlar paydo qiluvchi kolodkalar (8.1 – rasm,a); 
    b) tayanchlari turli tomonda joylashgan va o‘zaro teng harakatga keluvchi 
    kuchlar paydo qiluvchi kolodkalar (8.1– rasm,b); 
    v) tayanchlari bitta umumiy sharnirda joylashgan va qo‘shimcha 
    harakatga keltiruvchi kuchlarni paydo qiluvchi kolodkalar (8.1 – rasm,v); 
    g) tayanchlari mustaqil holda bir tamonda joylashgan va siquvchi 
    kulachoklar yordamida o‘zaro teng bo‘lmagan harakatga keltiruvchi kuchlarni 
    hosil qiluvchi kalodkalar(8.1- rasm,g); 
    Tormoz 
    mexanizmlari 
    uch 
    xil 
    ko‘rsatkich 
    bo‘yicha 
    baholanadi: 
    samaradorlik, muvozanatlilik va barqarorlik. Samaradorlik tormoz mexanizmi 
    paydo qilgan maksimal moment bilan belgilanadi. Agar ishqalanish kuchlari 
    aylanuvchi detallarning tayanchlariga ortiqcha yuklanish ko‘rsatmasa, u holda 
    tormoz mexanizmi muvozanatlangan bo‘ladi. O‘zaro ta’sirlashuvchi yuzalarda 
    ishqalanish koeffitsiyentining kamayishi bilan tormozning samaradorlik bilan 
    ta’sir qilish xusisiyati esa barqarorlik deb ataladi. 
    Qo‘zg‘almas sharnirli tayanchlarga o‘rnatilgan tormoz kalodkalari tormoz 
    yuritmasi hosil qilgan R1 va R2 keruvchi kuchlar orqali ma’lum burchak 
    tezligi bilan aylanayotgan tormoz barabanlariga siqiladi. Natijada baraban bilan 
    kalodkaning orasida N1 va N2 bosim kuchlari paydo bo‘ladi. Ushbu kuchlar 
    hosil qilgan T1 va T2 ishqalanish kuchlari umumlashgan tormoz momentini 
    hosil qiladi. 
    a – rasmda ko‘rsatilgan sxemaga asosan barabanning aylanish yo‘nalishiga 
    mos keluvchi kuchlar, masalan R1 va T1 kalodkaning baraban yuzasiga 
    qattiqroq siqilishini ta’minlasa, aksincha qarama -qarshi yo‘nalgan R2 va T2 
    kuchlar kalodkaning ishqalanishiga qarshilik ko‘rsatadi. Shuning uchun ham 
    birlamchi kalodkalar o‘z – o‘zidan siqiluvchi, ikkilamchi kalodkalar esa o‘z – 
    o‘zidan ajraluvchi deb ataladi. G‘ildiraklar teskari tomonga aylanganda 
    kalodkalarning vazifasi o‘zaro almashinadi. 
    Ushbu tormoz mexanizmi avtomobilning ham oldinga, ham orqaga yurishida 
    bir xil samaradorlik bilan ishlaydi. O‘ng va chap kalodkalardagi N1 va N2 


    hamda 
    T1 
    va 
    T2 
    kuchlar 
    teng 
    bo‘lmaganligi 
    sababli 
    tormoz 
    muvozanatlashmagan bo‘ladi va uning borqarorligi to‘liq ta’minlanilgan
    hisoblanadi. 
    b – rasmda ko‘rsatilgan tormoz mexanizmida har bir kalodka alohida 
    yuritma vositasi orqali harakatga keltiriladi. Bu sxemada ham harakatga 
    keltiruvchi kuchlar o‘zaro teng bo‘lib, avtomobilning oldinga qarab yurishida 
    har ikkala kalodka ham birlamchi hisoblanadi. Natijada tormozning ta’sir qilish 
    samaradorligi yuqori bo‘ladi. Orqaga yurish paytida esa kolodkalar ikkilamchi 
    bo‘lib, tormozlanish samaradorligi keskin pasayadi. /ildiraklarning har ikkala 
    tamonga aylanishida ham tormoz muvozanatlashgan bo‘ladi, lekin oldinga qarab 
    aylanishda barqarorlik kam ta’minlanadi. 
    v – rasmda aks ettirilgan tormoz mexanizmi har ikkala kolodka uchun 
    umumiy tayanchga ega bo‘lib, ishqalanish kuchi hisobiga qo‘shimcha keruvchi 
    kuchni paydo qiladi. Oldingi va keyingi kolodkalarning sharnir orqali 
    tutashtirilgan uchlari qo‘zg‘almas tayanch barmog‘iga prujinalar yordamida 
    siqib qo‘yiladi. Ushbu qaralayotgan tormozning har ikkala kolodkasi ham 
    birlamchi hisoblanadi va o‘z – o‘zidan kuchlanuvchi tormoz deb ataladi. Uning 
    ish samaradorligi yuqorida qarab chiqilgan har ikkala mexanizmdan ham 
    yaxshiroqdir. Bu turdagi tormozning asosiy kamchiligi uning barqaror 
    muvozanatlashmaganligi va barqarorligi pastligidir. 
    g- rasmda tasvirlangan tormoz mexanizmi o‘z o‘qi atrofida aylanib
    kalodkalarni keruvchi mushtcha orqali surib ishlaydi. Kalodkalarning tayanch 
    sharnir atrofida bir xil surilishi N1 va N2 hamda T1 va T2 kuchlarning teng 
    bo‘lishini ta’minlaydi, ya’ni tormoz mexanizmi muvozanatlashgan bo‘ladi. 
    Lekin keruvchi kuchlar bir-biridan farq qiladi, R1> R2. 
    Har ikkala yo‘nalishda ham tormozning samaradorligi bir xil, barqarorligi esa
    yuqori bo‘ladi. 
    Zamonaviy avtomobillarda asosan kalodkali baraban turidagi g‘ildirak 
    tormozi ishlatiladi (8.2- rasm).

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Diskli va kolodka barabanli tormoz mexanizmlari

    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish