• 6.8- rasm. Yengil avtomobilning oldingi osmasi.
  • -rasm. Yengil avtomobilning orqa osmasi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet124/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    6.7-rasm. Yengil avtomobilning orqa osmasi. 


    Avtomobilning eltuvchi kuzovi orqa ko‘prik bilan to‘rtta bo‘ylama va bitta
    ko‘ndalang 
    richaglar 
    orqali 
    sharnirli 
    ravishda 
    bog‘langan 
    bo‘ladi. 
    Shtangalarning uchlari bir-biri bilan rezinometall sharnirlar vositasida 
    tutashtiriladi, buning natijasida osma ortiqcha shovqinsiz ishlaydi va moylashni 
    talab etmaydi. Orqa ko‘prikning balkasiga payvandlangan 6 pastki tayanch 
    idishchasi, bilan avtomobil kuzoviga bog‘langan 3 yuqori tayanch idishchasi 
    oralig‘iga osmaning 5 prujinasi joylashtiriladi. Avtomobil kuzoviga 7 
    amortizatorning yuqori ilmog‘i, orqa ko‘prikning balkasiga esa uning pastki 
    ilmog‘i sharnirli biriktiriladi. /ildirakning yuqoriga sapchishi osma prujinasi 
    ichiga joylashtirilgan 4 siqish buferi bilan chegaralanadi.Avtomobil kuzoviga 
    harakat paytida kardan valining tegib ketmasligi uchun 9 qo‘shimcha rezina 
    bufer ham ishlatiladi. Orqa ko‘prikning hamda g‘ildirakning pastga qarab 
    ortiqcha siljishini amortizatorning o‘zi cheklab turadi. 
    Zamonaviy yengil avtomobillarning ko‘pchiligida oldingi osma sifatida 
    mustaqil osmalar keng qo‘llaniladi. (6.8- rasm). 
    6.8- rasm. Yengil avtomobilning oldingi osmasi. 
    Ushbu osmada g‘ildiraklarning tebranishidagi siljishi ko‘ndalang, bo‘ylama 
    va har ikkala tekisliklar bo‘yicha ham ro‘y berishi kuzatiladi. Mustaqil osma 
    avtomobilning boshqaruvchanligini, turg‘unligini va yurish ravonliligini 
    oshiradi. 
    Oldingi mustaqil osmaning 1 yuqori va 2 pastki richaglari avtomobilga 
    ko‘ndalang o‘rnatilgan bo‘lib, bo‘ylama tebranish o‘qlari orqali bir-biri bilan 
    bog‘langan. Pastki richaglarning o‘qi 3 ko‘ndalang balkaning o‘rta qismiga, 
    yuqori richaglarning 4 o‘qlari esa balkaning shtamplangan kallagiga 
    mahkamlangan bo‘ladi. Yuqori va pastki richaglarning ichki qismlari rezina 
    metall sharninlar bilan o‘zaro tutashtirilgan, sirtqi uchlari esa rezbali 
    sharnirlarga ega bo‘lgan 5 ustun bilan bog‘langan, bu esa moylash materiallarini 
    o‘zida yaxshi saqlaydi va uzoq muddat ishlashni ta’minlaydi. Osmaning pastki 
    richagiga bog‘langan 9 tayanch idishchasi bilan ko‘ndalang balkaning 
    shtamplangan kallagi orasiga 8 elastik prujina joylashtiriladi. Prujinaning ichki 
    qismiga esa 10 amortizator joylashtiriladi. Amortizatorning pastki qismi 
    rezinometall sharnir vositasida prujinaning 9 tayanch idishchasiga bog‘langan. 
    Uning yuqori uchi esa balkaning shtamplangan kallagiga 11 rezina yostiqchalar 
    orqali biriktiriladi. /ildiraklarning harakat paytida yuqoriga sapchishi 11 siqish 


    buferi orqali cheklanadi, g‘ildiraklarning pastga tushishi esa osmaning yuqori 
    richaglari oralig‘ida joylashgan 12 rezina bufer bilan himoyalanadi. 
    Torsionli osma po‘latdan yasalgan elastik sterjen bo‘lib, faqatgina buralishga 
    ishlaydi. Torsionning ko‘p qirrali bosh qismi avtomobilning rama yoki 
    kuzoviga, ikkinchi uchi esa osmaning richagiga mahkamlanadi. /ildiraklarning 
    rama bilan elastik bog‘lanishi torsionning buralish hisobiga amalga oshiriladi.
    Rezinali elastik yostiqchalar qo‘shimcha elastik qismlar bo‘lib, odatda 
    cheklagich yoki bufer vazifalari bajaradi va ular asosan mustaqil osmalarda 
    qo‘llaniladi. 
    Pnevmatik elastik yostiqchalar havoning siqishish kuchi hisobiga osmaning 
    elastiklik xususiyatini ta’minlaydi. 
    Aralash elastik qismlar bir yoki bir necha metall va metall bo‘lmagan elastik 
    qismlarni biriktirishi natijasida hosil qilinadi.

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Yengil avtomobilning orqa osmasi

    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish