|
-rasm. Boshqariluvchi ko‘prik Pdf ko'rish
|
bet | 121/132 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 6,77 Mb. | | #255120 |
Bog'liq “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi6.3-rasm. Boshqariluvchi ko‘prik
Po‘latdan quyib tayyorlangan 1 balka qo‘shtavr kesimga ega bo‘lib, uning
o‘rta qismi pastga qarab egilgan bo‘ladi, chunki dvigatelni biroz quyiroq
joylashtirish imkoniyati tug‘iladi. Balkaning chekkasidagi o‘yiqqa ponasimon
boltlar yordamida 2 shkvoren qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi. Shkvorenning har
ikkala tomoni bronza vtulkalar yordamida 3 burilish sapfasining o‘yiqlariga
harakatlana oladigan qilib joylashtiriladi.
Burilish sapfasining qulog‘idagi konussimon teshikka rul uzatmasining 6
burish richagi o‘rnatilib, gaykalar bilan qotirilgan bo‘ladi. Ko‘prik balkasi bilan
burilish sapfasi orasiga tayanch podshipnik qo‘yilgan bo‘ladi. Tayanch
podshipnik ikkita ustma-ust qo‘yilgan shaybalardan iborat bo‘lib, ulardan
pastkisi burilish sapfasining o‘yig‘iga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan va u bilan
birga shkvoren atrofida aylanib turadi.
Burilish sapfasiga boltlar yordamida g‘ildirakli tormoz mexanizmining 4
tayanch diski bog‘langan bo‘ladi. Bundan tashqari burilish sapfasining valiga
ikkita rolikli podshipniklar vositasida oldingi g‘ildirakning 5 gupchagi
o‘rnatilgan bo‘ladi.
Aralash ko‘priklar bir vaqtning o‘zida ham yetakchi, ham boshqariluvchi
ko‘prik vazifasini bajaradi. Quyida 6.4 -rasmda teng burchak tezlikli kulachokli
kardanli sharnirga ega bo‘lgan aralash ko‘prik sxemasi keltirilgan.
Aralash ko‘prikning 2 ichki yarim o‘q joylashgan 1 kojuxiga 3 shkvoren
barmoqlariga ega sharsimon tayanch mushtcha mahkamlanadi. Shkvorenga esa
4 burilish sapfasi sharnirli ravishda biriktiriladi.
O‘z navbatida burilish sapfasi rul uzatmasining 5 richagi bilan tutashgan
bo‘lib, 7 g‘ildirak gupchagi va tormoz mexanizmining 8 tayanch diski bilan
hamda 6 tashqi yarim o‘q bilan birgalikda shkvoren atrofida aylanib turadi.
|
| |