O‘qituvchi




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/132
Sana27.05.2024
Hajmi6,77 Mb.
#255120
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132
Bog'liq
“BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 6.2-rasm. Pnevmatik shinaning asosiy o‘lchamlari. 
Kamerali shina pokrishka, kamera va to‘g‘in tasmasidan tarkib topadi. 
Shinaning asosiy qimmatbaho qismi pokrishka hisoblanadi. Pokrishkaning asosi 
karkas deb ataladi, uning chetlari o‘zakka ega bortlar va yondor bilan 
tugallanadi. Karkas rezina – kord materialdan tayyorlanib bir necha qatlamdan 
tashkil topgan. Uning o‘zak va bortlari pokrishkani to‘g‘inga mahkamlash uchun 
zarur. Pokrishkaning ichki qismiga ventilga ega bo‘lgan kamera joylashtiriladi. 
Kamera halqasimon shakldagi rezinadan tayyorlangan ballondan iborat bo‘lib, 
uning ichiga havo ventil orqali haydaladi yoki chiqariladi. Shinaning ventili 
havoni faqat bir tamonga o‘tkazuvchi klapan bilan jihozlangan 
Ventil metall korpus, zolotnik, prujinali klapan va qopqoqchalardan iborat. 
1.8
Shinaning asosiy o‘lchamlari uning eni V, profilining balandligi N 
hamda sirtqi D va o‘rnatish d diametrlari hisoblanadi ( 6.2-rasm). Shinaning 
o‘lchami B- d o‘lchamlari majmuasi bilan belgilanadi. Ilgarilari dyuymli 
belgilash qabul qilingan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy avtomobil shinalari metrik 
o‘lchamda beriladi. Masalan: D- d -170-380 (6,70-15). 
1.9
Keng profilli shinalar Dx V- d ko‘rinishida (masalan, 1200 x500-508), 
arkali shinalar DxV ko‘rinishida ( masalan, 1140 x 700), pnevmokatoklar esa D 
x V x d ko‘rinishida (masalan, 1000 x 1000 x 250) belgilanadi.
1.10
Bundan tashqari shinaning belgilanishida uni tayyorlovchi zavod 
nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, shinaning modeli, uning tartib raqami, standart 
nomeri, tezlik indeksi, yuk ko‘taruvchanlik indeksi va hakozalar beriladi. Tezlik 
indeksi lotincha harflar bilan belgilanadi, masalan: L- 120 km/soat; P- 150 
km/soat; Q- 160km/soat va S- 180 km/soat. Yuk ko‘taruvchanlik indeksi 
raqamlar bilan ifodalanadi, masalan: 75-3870N; 85-5750N; 103-8750N. Ba’zi 
hollarda shinaga qo‘shimcha belgilashlar ham kiritiladi. Masalan: «Radial»-
radial shina, «Tubeless»-kamerasiz shina, «Sever»-sovuqqa chidamli ekanligini 
bildiradi. 



Download 6,77 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish