ostida. Bundan tashqarii lonjeronlar vertikal va gorizontal tekisliklar bo‘yicha
egilgan bo‘lishi ham mumkin.
Odatda lonjeronlarga kuzovni, osma qismlarini,
transmissiya
mexanizmlarini, boshqaruv tizimlarini mahkamlash uchun turli xil
kronshteynlar biriktirilgan bo‘ladi. Lonjeronlar va ko‘ndalang balkalar o‘zaro
parchin mixlar yoki payvand birikmalar orqali bog‘langan bo‘ladi.
1.6
Ramaning oldingi uchiga bufer va shatakka oluvchi ilmoq o‘rnatilgan
bo‘ladi. Ramaning orqa qismiga esa tirkamani shatakka oluvchi qurilma
joylashtirilgan. Ushbu qurilma ilmoqdan va harakat paytida paydo bo‘ladigan
turtki va zarbalarni yumshatuvchi prujina yoki rezina
amortizatordan tashkil
topadi.
1.7
Ramasiz konstruksiyalar odatda kichik va o‘rta sinflarga mansub
yengil avtomobillarda va avtobuslarda qo‘llaniladi. Ushbu avtomobillarda rama
vazifasini bir butun metall tunukadan yasalgan eltuvchi kuzovlar bajaradi.
Eltuvchi kuzovlar avtomobilning massasini kamaytirib, uning balandligini biroz
pasaytiradi.