• Differensial sxemasi.
  • -rasm. Silindrsimon asosiy uzatma




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    5.11-rasm. Silindrsimon asosiy uzatma. 
    Uzatmalar qutisining 1 yetaklanuvchi valiga bikr o‘rnatilgan 2 qiya tishli 
    silindrsimon shesternya asosiy uzatmaning yetakchi g‘ildiragi hisoblanib, u 3 
    yetaklanuvchi qiya tishli silindrsimon g‘ildirak bilan muhim ilashib turadi. 
    Yetaklanuvchi tishli g‘ildirakning o‘rta qismiga 4 defferensial qutisi biriktirilgan 
    bo‘lib, uning ichki qismida joylashtirilgan yarim o‘q shesternyalari burovchi 
    momentni o‘ng va chap yarim o‘qlarga taqsimlab uzatadi. 
    Avtomobil yetakchi g‘ildiraklariga yo‘l notekisliklari tomonidan uzatilayotgan 
    tebranishlarni ramaga yumshatib uzatish uchun har ikkala yarim o‘qlar teng 
    burchak tezlikli kardan sharnirlari bilan ta’minlanadi. Ushbu silindrsimon asosiy 
    uzatmaning yutug‘i shundan iboratki, uzatmalar qutisining yetaklanuvchi 
    validan burovchi moment to‘g‘ridan to‘g‘ri, parallel holda yarim o‘qlarga 
    uzatiladi. Bu esa qo‘shimcha kardan uzatmasini talab etmaydi, hamda asosiy 
    uzatma detalla rni yetakchi ko‘prik bilan birgalikda ortiqcha tebranishlardan 
    saqlab qoladi. 
    Chunki, avtomobil g‘ildiraklarining yo‘l sathidan qabul qilib olayotgan 
    barcha tebranishlari teng burchak tezlikli kardan sharnirlari bilan jihozlangan 
    yarim o‘qlar vositasida yumshatiladi. 


    Differensial sxemasi. 
    Avtomobilning qarshiligi kam bo‘lgan qattiq qoplamali yo‘llarda ravon 
    harakatlanishi uchun o‘ng va chap g‘ildiraklardagi burovchi momentlar teng 
    bo‘lingani maqsadga muvofiqdir. Ushbu talab g‘ildiraklararo o‘rnatilgan 
    differensial 
    tamonidan 
    yetarlicha 
    qondiriladi, 
    ya’ni 
    avtomobilning 
    boshqaruvchanligi va turg‘unligi ta’minlanadi. Agar chap va o‘ng 
    g‘ildiraklarning yo‘l qoplamasi bilan tishlashish koeffitsiyenti har xil bo‘lsa, 
    yetakchi g‘ildiraklardagi burovchi momentning yig‘indisi avtomobilni joyidan 
    qo‘zg‘atish uchun yetarli bo‘lmaydi. Differensialning bu kamchiligini bartaraf 
    etish uchun, yarim o‘qlardan birortasi differensial korpusi bilan bikr qilib 
    tutashtiriladi, ya’ni majburiy blokirovka usuli qo‘llaniladi. 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish