4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
5.7-rasm.Kardan uzatmasining umumiy sxemasi.
Kardan sharnirlari o‘qlari burchak ostida kesishuvchi vallarning bir-biriga
burovchi moment uzatishini ta’minlaydi. Kardan
sharnirlari teng va teng
bo‘lmagan burchak tezliklari orqali farqlanadi. Teng bo‘lmagan burchak tezlikli
kardan sharnirlari elastik va bikr turlarga bo‘linadi. Teng burchak tezlikli kardan
sharnirlari sharikli, kulachokli va qo‘shaloq bo‘lishi mumkin.
Elastik kardan sharnirlari o‘qlari 2…30 burchak ostida kesishuvchi vallar
orasida burovchi momentni uzatib,o‘zaro tutashtiruvchi birikmalarning aylanma
tebranishini so‘ndirib turadi.
Teng bo‘lmagan burchak tezlikli bikr kardan sharnirlari qattiq detallarning
harakatchan birikmalari orqali bir valdan ikkinchi
valga burovchi moment
uzatadi.
Bikr kardan sharniri 3 va 5 ikkita vilkadan, uning silindrik teshigiga
sharnirli ravishda biriktirilgan 4 krestovinadan tashkil topgan.
Vilkalar 1 va 2 vallarga mahkam qotirilgan bo‘lib, vallar o‘z o‘qi
atrofida
aylanganda krestovinaning vilkaga birikkan sharnirli uchlari 1 val o‘qiga tik
bo‘lgan tekislik atrofida tebranadi. 1 val o‘z o‘qi atrofida burchakka burilganda
2 val o‘z o‘qi atrofida burchakka buriladi, ya’ni .
Ushbu ifodadan ko‘rinadiki,burchak-burchakka teng yoki undan katta bo‘lishi
mumkin. Bu burchaklar 1 valning har 900 gradus burilishida o‘zaro tenglashadi.
Demak 1 valning tekis harakati davomida 2 val notekis aylanish chastotasiga
ega bo‘ladi va vaqtga nisbatan sinusoida qonuniyati bo‘yicha o‘zgaradi. Notekis
aylanish chastotasining oshishi burchak qiymatiga bog‘liq.
Kardan
sharnirlarining teng bo‘lmagan burchak tezliklariga ega bo‘lishi transmissiyada
pulsatsiyalanuvchi qo‘shimcha yuklanish paydo qiladi. Agar q 15….200 gacha
oshirilsa, dvigatel burovchi momenti hosil qilgan yuklanishdan katta bo‘lgan
yuklanish hosil bo‘ladi.
Avtomobilning yetakchi g‘ildiraklari notekis harakatlanmasligi uchun,
kardan uzatmasidagi ikkita karter sharniri
2
1
burchaklar ostida tenglashtirib
o‘rnatiladi, 5 notekis harakatlanayotgan valga ulangan kardan sharnirlari vilkasi
bitta tekislikda yotishi kerak.
Teng burchak tezlikli kardan sharnirlari yetakchi g‘ildiraklarning notekis
aylanishini bartaraf etadi.
Teng burchak tezlikli kardan sharnirining ishlash usuli
-rasmdagi sxema orqali
ifodalangan. 1va 2 vallar 3 va 4 richaglar yordamida o‘zaro tutashtirilgan
bo‘ladi. Richaglar B nuqtada uchrashgan bo‘lib, ushbu nuqtada har ikkala
richagning chiziqli tezliklari bir xil bo‘ladi,ya’ni
bunda
2
1
bo‘lishi uchun
bo‘lishi kerak. Ushbu shart
bo‘lganda,ya’ni richaglar
uchrashgan B nuqta 180
0
-
burchagining bissektrisa chizig‘i ustida joylashgan
holatga mos keladi. Vallar aylanganda B nuqta bissektrisa tekisligi bo‘ylab
harakatlanishi lozim. Odatda teng burchak
tezlikli kardan sharniri
boshqariladigan yetakchi g‘ildiraklar uzatmasida ishlatiladi. Burchak tezliklari
teng bo‘ladigan sharnirli kardan sharnirlari ikki xil bo‘ladi: Bo‘luvchi kanalli va
bo‘luvchi richagli. Bundan tashqarii ayrim avtomobillarda kulachokli kardan
sharnirlari ham foydaniladi.