teskari tomonga qarab qavariq bo‘ladi. Natijada
parraklarning bunday shakli
turbina g‘ildiragida suyuqliq oqimi ta’sirida Mt- burovchi momentni paydo
qiladi. Ushbu moment turbina g‘ildiragini nasos g‘ildiragi aylanishi yo‘nalishi
bo‘yicha aylantirsa, reaktorda hosil bo‘lgan Mr- moment uni teskari yo‘nalishda
aylantirishga harakat qiladi. Nasos g‘ildiragi orqali o‘tayotgan suyuqlik
parraklarning har qanday shaklida ham nasos g‘ildiragining aylanishiga qarshilik
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham nasos g‘ildiragi
va reaktordagi burovchi
momentlar bir tomonga qarab yo‘nalgan bo‘ladi,ya’ni MnQMrqMt;
Bunda turbina g‘ildiragidagi burovchi moment KqMt/Mn marta oshadi. Agar
gidrotransformator tarkibidan reaktor chiqarib tashlansa, u holda gidromufta
rejimi bilan ishlay boshlaydi.
Avtomobil tezlik olganda turbina g‘ildiragining t burchak tezligi
oshib,aylanma tezlik miqdori kattalashadi va absalyut tezlik vektori o‘z
yo‘nalishini o‘zgartiradi. Natijada suyuqlik oqimining
reaktor va turbina
g‘ildiragiga ta’siri kamayib Mr va Mt momentlar uzluksiz va ravon holda
kamayib boshlaydi. Transformatsiyalanish koeffitsiyenti KqMt/Mn, tq0
bo‘lganda eng katta qiymatga erishadi, Kq24; bunda uzatishlar soni bo‘ladi.
Avtomobil tezligi oshganda uzatishlar soni ravon va pog‘onasiz ravishda birga
yaqinlashib kamayadi. Gidrotransformator quyidagi
bir qator kamchiliklarga
ega:
-yuqori f.i.k.ga ega bo‘lganda avtomobilni harakatlantirish uchun talab etilgan
uzatishlar sonining diapozoni ta’minlanmagan;
-yetakchi va yetaklanuvchi vallar bir-biridan ajratilmaydi.
-avtomobilni orqaga yurgizish mumkin emas.
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra gidrotransformatorni yolg‘iz holda yakka o‘zini
avtomobillarda qo‘llab bo‘lmaydi