uchun ba’zan bitta siquvchi prujina, ko‘pchilik hollarda esa aylana bo‘ylab
jooylashtirilgan bir nechta prujinalar ishlatiladi.
Friksiyali muftalarning yuritmasi mexanik, gidravlik va elektromagnitli
bo‘lishi mumkin. Muftani boshqarishni yengillatish maqsadida mexanik
(servoprujinali), pnevmatik yoki vakuum kuchaytirgichlar qo‘llaniladi.
Ilashish muftasining mexanik yuritmali boshqarish pedali muftaga yaqin
turgan
hollarda qo‘llaniladi. Muftaning ajratish vilkasi valiga
qotirilgan richag tortqi
orqali boshqaruv pedali bilan tutashtirilgan bo‘ladi.
Vilkaning muftaga ta’siri ajratish podshipnigi orqali amalga oshiriladi.
Mexanik kuchaytirgich vazifasini bajaruvchi servoprujina yuritmaning
detallarini dastlabki holatda ushlab turadi. Bunda pedal kabina poliga yoki
yurishni cheklagichga tiralib turadi. Pedalning boshlang‘ich yurishida
servoprujina uning surilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Servoprujina o‘qi pedalning
aylanish o‘qidan pastroq joylashgan holda, servoprujinaning
kuchi ilashish
muftasining ajralishi uchun yetarli bo‘ladi. Servoprujina pedaldagi maksimal
yuklanishni 20..40 foizga kamaytiradi. Ilashish muftasining gidravlik yuritmasi
pedaldan ajratish vilkasiga uzatilayotgan kuchni bosh silindrdagi suyuqlikning
harakati orqali amalga oshiradi. Bosh silindr bajaruvchi silindrlar bilan trubalar
orqali bog‘langan bo‘ladi. Bosh silindr bo‘shlig‘i suyuqlik saqlanuvchi bachok
bilan o‘tkazuvchi va kompensatsiyalovchi teshiklar orqali tutashtirilgan bo‘ladi.
Muftaning pedali bosilganda, bosh silindr porsheni o‘ngdan
chapga qarab
suriladi va kompensatsiyalovchi teshik berkitilgandan keyin truba orqali
suyuqlikni bajaruvchi silindrga siqib chiqaradi. Bajaruvchi silindr porshenining
shtogi ajratish vilkasini sharnirli o‘q atrofida aylantiradi. Pedal qo‘yib
yuborilgach, detallar o‘zining dastlabki vaziyatiga qaytib keladi,ilashish muftasi
qo‘shiladi, silindr hamda trubadagi suyuqlik bosimi atmosfera bosimiga qadar
kamayadi. Pnevmatik kuchaytirgich ilashish muftasining gidravlik yuritmasiga
o‘rnatilgan bo‘lib, uchta asosiy qismdan tashkil topgan: energiya manbai sifatida
kompressor va siqilgan havo reseviri xizmat qiladi, bajaruvchi mexanizm ya’ni
ishchi silindr va silindr ishini boshqaruvchi taqsimlash qurilmasidan iborat.
Pnevmokuchaytirgichning korpusi ikki qismdan iborat bo‘lib, ular orasiga iz
oluvchi qurilmaning membranasi joylashtiriladi. Ushbu qurilma porshen, klapan,
egar,kirituvchi va chiqaruvchi klapanlardan tashkil topgan.
Gidravlik
yuritmaning bajaruvchi silindri pnevmokuchaytirgichning korpusiga kirib turadi.
Mufta pedali bosh silindr shtogi bilan bog‘langan bo‘lib, suyuqlik bajaruvchi
silindrga va porshen tubiga uzatiladi. Boshqaruv pedali qo‘yib yuborilganda
kirituvchi klapan yopiq bo‘lib,chiqaruvchi klapan ochiq bo‘ladi. Mufta pedali
bosilganda suyuqlik bosimi bajaruvchi porshenga va u orqali ajratish vilkasining
turtkichiga beriladi. Bir paytning o‘zida suyuqlik bosimi pnevmokuchaytirgich
porsheni orqali qabul qilinadi.Porshen o‘z navbatida egar orqali chiqaruvchi
klapanni yopib qo‘yadi va kirituvchi klapanni esa ochib yuboradi.Ochiq turgan
klapan va tirqish orqali kirgan havo gidravlik yuritmaning katta porshenini
pedalga qo‘yilgan kuchga proporsional surilishga yordam beradi. Shunday qilib
turtkichni chap tomonga suruvchi va muftani ajratuvchi kuch ikkita tashkil
etuvchidan iborat bo‘ladi: pedaldagi kuchga proporsional bo‘lgan, silindrdagi
suyuqlikning bosim kuchi va bajaruvchi silindrdagi havoning bosim kuchi.