O‘qituvchi




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/132
Sana27.05.2024
Hajmi6,77 Mb.
#255120
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132
Bog'liq
“BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

 
 
 
 
 
 
 
 
5.5-rasm. Besh pog‘onali uzatmalar qutisining sxemasi. 
Zamonaviy avtomobillarda uzatmalarni shovqinsiz ulash, boshqarishni 
yengillashtirish, ishonchli ishlashni ta’minlash maqsadida sinxronizator 
mexanizmi qo‘llaniladi. 
5.5-rasmda tasvirlangan besh pog‘anali, ikki bo‘lmali takomillashgan 
uzatmalar qutisining sxemasini qarab chiqamiz. Ushbu uzatmalar qutisi ikkita 1 
yetakchi va 2 yetaklanuvchi vallardan, ularga qo‘zg‘almas yoki erkin o‘rnatilgan 
bir 
qancha 
shesternyalardan, 
o‘q bo‘ylab suriluvchi 7,11va 19 
sinxronizatorlardan, vallar o‘rnatilgan podshipniklardan,qo‘shish mexanizmi 
vilkalaridan hamda barcha mexanizm va detallarni joylashtirish va tashqi 
muhitdan himoya qilishga mo‘ljallangan korpusdan tashkil topgan bo‘ladi. 
Yetakchi 1 valga birinchi uzatmaning 3, ikkinchi uzatmaning 4 va orqaga yurish 
uzatmasining 8 yetakchi shesternyalari qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan bo‘ladi va 
yetakchi val bilan birgalikda aylanma harakatda bo‘ladilar. Uchinchi, to‘rtinchi 
va beshinchi uzatmalarning 5,6 va 7 yetakchi shesternyalari yetakchi valga 
ignasimon rolikli podshipniklar yordamida biriktirilgan bo‘ladi.Ushbu 
shesternyalar 2 yetaklanuvchi valga bikr o‘rnatilgan 10,11,va 13 yetaklanuvchi 
shesternyalar bilan doimiy ilashib turadilar, lekin yetakchi valning aylanma 
harakatini bevosita yetaklanuvchi valga o‘tkaza olmaydilar. Xuddi shuningdek 
birinchi va ikkinchi uzatmalarning 14 va 15 yetaklanuvchi shesternyalari ham 
valga erkin o‘rnatilgan bo‘lib, yetakchi valga bikr o‘rnatilgan 3 va 4 
shesternyalar bilan muqim tishlashib turadi. 
Har ikkala valning ham shlitsalar o‘yilgan qismiga uzatmalarni qo‘shib 
ajratadigan 9,12 va 19 sinxronizatorlar joylashtirilgan bo‘ladi. 


Uzatmalar qutisini qo‘shib ajratish quyidagi tartibda bajariladi: birinchi 
uzatmani qo‘shish uchun 19 sinxronizator ikkilamchi valning shlitsali ariqchasi 
bo‘ylab o‘nga suriladi va ushbu valdagi erkin o‘rnatilgan 15 shesternya bilan 
blokirovka qilinadi. 
Sinxronizator bilan shesternyalarning ikki tamonlama blokirovkalanishi 
blokirovkalovchi halqalar yuzasining o‘zaro ishqalanishi hisobiga amalga 
oshiriladi. Natijada birinchi uzatmaning muqim ilashib turgan 3 va 19 
shesternyalari orqali burovchi moment bevosita yetakchi valdan yetaklanuvchi 
valga uzatiladi.Bu paytda qolgan barcha shesternyalar ajratib qo‘shish vilkalari 
orqali sinxronizatorlarning ta’siridan uzib qo‘yilgan bo‘ladi. Buning oqibatida 
yetaklanuvchi valda burovchi moment qancha oshirilsa, aylanishlar soni 
shuncha kamayadi. 
Uzatishlar soni quyidagicha aniqlanadi; 
1
2
2
1
2
1
12
/
/
/
M
M
n
n
i





bu yerda 
2
1
2
1
,
,
n
ёкиn


- mos holda yetakchi va yetaklanuvchi vallardagi 
aylanishlar chastotasi yoki aylanishlar soni. M1 vaM2 - tegishlicha vallardagi 
burovchi momentlar. 
Birinchi uzatmaning uzatishlar soni quyidagicha aniqlanadi. 
3
19
/



I
i
bu yerda 
19
3


ва
- o‘zaro ilashishda bo‘lgan shesternyalarning tishlar soni. 
Yetaklanuvchi valdagi burovchi momentning miqdori quyidagicha bo‘ladi.
3
19
1
1
2
/
Z
Z
M
i
M
M
I
I




Ikkinchi uzatmani ulash uchun 19 sinxronizator vilka yordamida chapga 
surilib,yetaklanuvchi valga erkin o‘rnatilgan 14 shesternya gardishi bilan 
blokirovkalanadi. 
Bunda uzatishlar soni quyidagicha bo‘ladi: 
4
14
/



II
i
demak
4
14
1
1
2
/






M
i
M
M
II
II
Agar birinchi uzatma avtomobilni joyidan qo‘zg‘atish va uni og‘ir yo‘l 
sharoitlarida harakatlantirish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi uzatmadan odatda 
avtomobil notekis yo‘llardan yurganda yoki uchinchi uzatmani qo‘shish oldidan 
uni tezlashtirish uchun foydaniladi. 
Uchinchi uzatmani qo‘shish uchun 12 sinxronizator o‘ngga surilib, uning 
burama tishli halqasi 5 shesternyaning gardishi bilan tutashtiriladi: 
5
1
1
2
/
13






M
i
M
M
III
III
Ushbu sinxronizator chapga surilib, to‘rtinchi uzatmaning shesternyasi 
bilan tutashtiriladi: 
6
11
1
1
2
/






M
i
M
M
IV
IV
Uchinchi va to‘rtinchi uzatmalar yordamida avtomobillar o‘rtacha va 
takomillashgan yo‘llarda katta tezliklar bilan harakatlanishi mumkin. 
Oxirgi, eng yuqori beshinchi uzatmani hosil qilish uchun uzatmalar qutisining 
qopqog‘ida alohida joylashtirilgan, vallarning konsol qismlarida o‘rnatilgan 9 
sinxronizator o‘ngga surilib, 7 shesternya gardishi bilan tutashtiriladi. 


7
10
1
1
2
/






M
i
M
M
V
V
Beshinchi uzatmadan avtomobillar yuqori kategoriyali, shosse yo‘llarda 
o‘ta katta tezliklarda harakatlanishi uchun foydalaniladi. 
Orqaga yurish uzatmasini qo‘shish uchun yetaklanuvchi valdagi 18 shesternya 
o‘q bo‘ylab surilib 20 parazit shesternya orqali yetakchi valdagi 8 shesternya 
bilan o‘zaro tutashtiriladi. Aylanma harakat yetakchi valdan yetaklanuvchi valga 
parazit shesternyaning oraliq vali orqali uzatilgani uchun yetaklanuvchi val 
teskari aylanib, avtomobilni orqaga harakatlantiradi: 
8
18
8
20
20
18
.
/
/
/









У
О
i
Shunday qilib pog‘anali mexanik uzatmalar qutisining asosiy kamchiligi, 
uzatmalarni ajratib qo‘shishda ilashish muftasidan mutassil foydalanishi bilan 
bog‘liqdir. 

Download 6,77 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish