G‘ildirak formulasi 8x8 bo‘lgan avtomobillarning
bazasini oshirish
uchun yetakchi ko‘priklar qo‘shaloq holda joylashtirilib, birinchi va ikkinchi
holda uchinchi va to‘rtinchi ko‘priklar bir-biriga yaqin qilib o‘rnatiladi.
Bunda
oldingi ikki ko‘prik g‘ildaraklari boshqariluvchi qilib tayyorlanadi. Buning
uchun alohida differensialga ega bo‘lgan uchta taqsimlash qutisi talab etiladi.
Bu sxemadagi avtomobillarda ba’zan o‘zaro parallel joylashgan ikkita dvigatel
o‘rnatilishi mumkin. Bu holda ikkita ilashish muftasi va ikkita uzatmalar qutisi
talab etiladi.
Gidrohajmli yoki elektrli transmissiyalarning strukturaviy sxemalari
deyarli bir xil ko‘rinishga ega (5.3-rasm). Gidrohajmli transmissiyada 1
nasos
ichki yonuv dvigatelidan harakat olib ishga tushadi. Nasos trubalar vositasida 2
gidromotorning o‘ng va chap bo‘lmalari bilan bog‘langan bo‘ladi.
5.3-rasm. Gidrohajmli yoki elektrli transmissiya sxemasi.
Gidromotorlarning vallari avtomobilning yetakchi g‘ildiraklari bilan
tutashtirilgan bo‘ladi.
Nasos hosil qilgan suyuqlikning gidrostatik bosimi gidromotorlar
vallarida burovchi momentni hosil qiladi
Elektrli transmissiyada esa ichki yonuv dvigateli yordamida 1 generatorni
ishga tushiradi. Generator ishlab chiqqan elektr toki 2 elektrodvigatelni
harakatga keltiradi. Elektrodvigatel vali esa yetakchi g‘ildirak bilan bog‘langan
bo‘ladi. Gidromotorli va elektrli yetakchi g‘ildiraklar gidromotor g‘ildirak yoki
elektromotor g‘ildirak deb ataladi. Agar gidromotor
yoki elektromotor yuqori
aylanish chastotalariga ega bo‘lsa, u holda yetakchi g‘ildiraklarda tezlikni
pasaytiruvchi reduktorlar ishlatiladi.
Hozirgi paytda tobora gidromexanik uzatmalar qutisiga ega bo‘lgan
avtomobillar ko‘proq ishlab chiqarilmoqda. Uning tarkibiga gidrotransformator
va mexanik uzatmalar qutisi kiradi. Odatda gidrotransformator ilashish
muftasi
o‘rnida ishlatiladi. Burovchi moment gidrotransformatordan mexanik
uzatmalar qutisiga beriladi, bunda uzatmalar friksiyali
mexanizmlar bilan
almashtiriladi. Bunday transmissiyalar aralash (gidromexanik) deb ataladi