• 5.6 Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi
  • -rasm. Teng burchak tezlikli kardan sharniri sxemasi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    5.9-rasm. Teng burchak tezlikli kardan sharniri sxemasi. 
    Bo‘luvchi kanalga ega bo‘lgan sharikli kardan sharniri o‘zaro tutashuvchi vallar 
    bilan bir butun, bikr qilib tayyorlangan ikkita yarim mushtlardan iborat.Har bir 
    yarim mushtning ichki sirti bo‘ylab to‘rtta kanal o‘yilgan bo‘lib,ular ichiga to‘rt 
    dona sharik joylashtiriladi. Beshinchi sharik esa yarim mushtlar oralig‘iga 
    o‘rnatilgan bo‘lib, ularni markazlashtirishga xizmat qiladi. Kardan sharnirlari 
    terib bo‘lingach, markazlovchi sharikning o‘yib tekislangan qismi yarim musht 
    valining qirg‘og‘iga to‘g‘rilanib, ikkita shtift yordamida qotiriladi. 
    Vallarning istalgan tomoniga aylanib burovchi momentni bir mushtdan 
    ikkinchisiga o‘tkazishda ikkita sharikdan foydaniladi. Har qaysi to‘rtta chetki 
    shariklar bir vaqtning o‘zida har ikkala musht kanallarida yotgan bo‘ladi, hamda 
    uning markazi bu kanal o‘qlarining keshishgan nuqtasida joylashadi. Buning 
    oqibatida vallar aylanganda va ularning o‘qlari orasidagi burchak o‘zgarib 
    turganda, shariklar har doim bissektrisa tekisligi bo‘ylab joylashadi. Bunday 
    sharnirlar 30-320 burilish burchagiga ega bo‘lgan g‘ildiraklarda ishlatiladi. 
    Ularning asosiy kamchiliklari: o‘q yo‘nalishi bo‘ylab vallarni aniq o‘rnatishning 
    qiyinligi, hamda shariklarning kontakt yuzalaridagi bosimning kuchliligi bo‘lib, 
    bu kabi sharnirlarning bardoshliligini kamaytiradi va ulardan katta yuk 
    ko‘taruvchi avtomobillarda foydalanib bo‘lmaydi. 


    5.6 Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi 
    Asosiy uzatma avtomobilning yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi 
    momentni oshirish va aylanish chastotasini kerakli miqdorgacha kamaytirish 
    uchun xizmat qiladi.
    Zamonaviy avtomobillarda nisbatan kichik o‘lcham va massaga ega bo‘lgan 
    katta quvvat hosil qiluvchi, tezyurar dvigatellar ishlatiladi. Ularning maksimal 
    burovchi momenti avtomobilning yetakchi g‘ildiraklari uchun zarur bo‘lgan 
    burovchi momentdan ancha kam va aksincha aylanish chastotasi esa ancha 
    yuqori bo‘ladi. 
    Ushbu kamchiliklarni bartaraf etuvchi asosiy uzatmaning uzatishlar soni 
    dvigatelning quvvati va tezyurarligiga hamda avtomobilning vazifasi va 
    massasiga bog‘liq.
    Odatda yuk avtomobillari uchun
    Yengil avtomobillar uchun 
    Tishli juftliklar soniga qarab asosiy uzatmalar yakka va qo‘shaloq turlarga 
    bo‘linadi.(5.10-rasm) 
    Yakka asosiy uzatmalar silindrsimon, konussimon (5.10 -rasm, a) va 
    gipoidli 
    ( 5.10-rasm, b) tishli g‘ildiraklardan yoki cherviyaklardan iborat bo‘ladi. 
    Qo‘shaloq asosiy uzatmalar bir juft silindrsimon va bir juft konussimon tishli 
    g‘ildiraklardan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida markaziy (5.10-rasm, v) va 
    ajratilgan (5.10-rasm,g) turlarga bo‘linadi. Ikki qismga ajratilgan asosiy 
    uzatmalar differensial detallariga va yarim o‘qlarga tutashadigan yuklanishlarni 
    kamaytiradi va yetakchi ko‘prik o‘lchamlarini ixchamlashtiradi. 
    Bundan tashqari g‘ildirak reduktorlaridan foydalanish avtomobilning tag 
    qismini yerdan uzoqlashtirishga imkon beradi va uning o‘tuvchanligini 
    yaxshilaydi. 
    Konussimon uzatmalardan (5.10-rasm, a) foydalanish val tayanchlariga 
    uchta o‘zaro perpendikulyar tekislik bo‘yicha katta kuchlarning ta’sir etishiga 
    olib keladi. Ushbu kuchlar ta’siridan tishli g‘ildirak vali o‘z vaziyatini 
    o‘zgartirishga intiladi. Bundan tashqari konussimon asosiy uzatmalarning 
    chidamliligi o‘zaro ilashishga kirishayotgan tishlarning holatiga bog‘liq. Aks 
    holda juftlikning ish rejimi keskin pasayadi, ya’ni tishlarning yeyilishi va 
    shovqinlik darajasi oshib ketadi. 
    Gipoidli asosiy uzatmada tishli g‘ildirak va shesternya o‘qlari bir-biri 
    bilan kesishmaydi. Odatda shesternya o‘qi tishli g‘ildirak o‘qidan ye masofaga 
    siljigan bo‘ladi (5.10-rasm,b). Gipoidli uzatmada shesternya spiralsimon 
    tishlarining uzunligi konussimon uzatmalarning tishlaridan farq qiladi. Bundan 
    tashqarii har ikkala uzatmaning tishli g‘ildirak diametri va uzatishlar soni teng 
    bo‘lgan holda gipoidli uzatma shesternyasining diametri kattaroq bo‘ladi. 
    Buning natijasida gipoidli uzatmaning mustahkamligi va chidamliligi oshadi 
    hamda tishli g‘ildiraklarning ravon ilashishiga va kam shovqin tarqatishga 
    erishiladi. Gipoidli uzatmaning asosiy kamchiligi tishlarning kuchli sirpanishi 
    tufayli ularni moylab turish uchun maxsus gipoid moyi talab etiladi. 


    Chervyakli asosiy uzatmalar katta uzatishlar soniga ega bo‘lib, o‘zining 
    ixchamligi va ish paytida kam shovqin tarqatishi bilan ajralib turadi. Biroq 
    ularning konussimon va gipoidli uzatmalarga nisbatan kichik F.I.K.ga bo‘lishi, 
    qimmatbaho materiallar va murakkab ishlab chiqarish jarayonini talab etishi 
    cherviyakli uzatmalardan foydalanishni cheklab qo‘yadi. 
    Ayrim zamonaviy yengil avtomobillarning asosiy uzatmasi silindrsimon 
    qiya tishli bir juft uzatmadan iborat bo‘lib, uning yetakchi g‘ildiragi harakatni 
    kardan uzatmasisiz bevosita uzatmalar qutisining yetaklanuvchivalidan oladi 
    (5.11-rasm).

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Teng burchak tezlikli kardan sharniri sxemasi

    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish