Oldingi va keyingi ko‘priklarning vazifasi, turlari va tuzilishi




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/132
Sana27.05.2024
Hajmi6,77 Mb.
#255120
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   132
Bog'liq
“BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

Oldingi va keyingi ko‘priklarning vazifasi, turlari va tuzilishi 
 
Avtomobil ko‘priklari rama va kuzovni ushlab turish, ular tomonidan 
g‘ildiraklarga vertikal kuchlarni uzatish hamda g‘ildiraklar tamonidan ramaga 
tortuvchi, tormozlovchi va yonaki kuchlarni o‘tkazish vazifasini bajaradi. 
Ko‘priklar o‘rnatiladigan g‘ildiraklar turiga qarab yetakchi, boshqariluvchi, 
aralash va ushlab turuvchi turlarga bo‘linadi. 
Yetakchi ko‘prik yetakchi g‘ildiraklar tamonidan ramaga tortuvchi va 
tormozlovchi kuchlarni uzatish uchun xizmat qiladi. 
Yetakchi ko‘prik ichi g‘ovak bikr balka ko‘rinishida tayyorlanib, uning ikki 
tomonidagi podshipniklarga yetakchi g‘ildiraklarning gupchagi o‘rnatiladi, 
uning markaziy ichki qismiga asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlar 
joylashtiriladi. Yetakchi ko‘priklar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 
bo‘linadigan va bo‘linmas karterli, balkalarni tayyorlash usuliga qarab esa 
shtamplangan, payvandli va quyilgan turlarga ajratiladi.
Ikki qismga ajraladigan yetakchi ko‘prik o‘rtasidan bo‘ylama vertikal 
tekislik bilan ajratilgan va bir-biri bilan ajraluvchi birikmalar yordamida 
yig‘iladigan ikki qismdan tashkil topgan. Karterning har ikkala tamonidagi 
bo‘g‘ziga yarim o‘qlar o‘rnatiladigan trubkasimon po‘lat kojuxlar zich 
qotiriladi. Uning sirtqi qismiga ressoraning tayanch maydonchalari va tormoz 
mexanizmi tayanch disklarni mahkamlash uchun flanetslar mahkamlanadi. 
Ajraladigan yetakchi ko‘priklar deyarli barcha yengil avtomobillarda va kichik
yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan avtomobillarda qo‘llaniladi. 
Ajralmaydigan yetakchi ko‘priklarda yarim o‘q yengsalari bitta karterni 
tashkil qiladi. Asosiy uzatma, differensial joylashadigan g‘ovak joy uning o‘rta 
qismida bo‘lib, uning har ikkala tomoni qopqoqlar bilan yopilgan bo‘ladi. 
Ko‘prik balkasiga osma prujinasining tayanch maydonchasi, tormoz mexanizmi 
tayanch disklarni qotirish uchun flanets va osma detallarini mahkamlash uchun 
kronshteynlar payvandlanadi. Ajralmaydigan yetakchi ko‘priklar ajraladiganga 
qaraganda texnik xizmat ko‘rsatish uchun qulay, chunki asosiy uzatma va 
defferensialni tekshirish uchun butun ko‘prikni yechib olish shart emas. 
Ajralmaydigan shtamplangan payvandli yetakchi ko‘priklar yengil 
avtomobillarda hamda kichik va o‘rtacha yuk ko‘taruvchi avtomobillarda 
qo‘llaniladi. Ushbu ko‘priklar yetarlicha mustahkamlikka va bikrlikka ega 
bo‘lishidan tashqari massasi yengil va tayyorlash tannarxi past bo‘ladi. Quyib 
tayyorlangan yekakchi ko‘priklar katta yuk ko‘taruvchi avtomobillarda 
ishlatilib, yuqori mustahkamlik va bikrlikka ega, lekin massasi va gabarit 
o‘lchamlari katta bo‘ladi. 
Boshqaruvchi ko‘prik qo‘shtavr kesimli egri balka ko‘rinishda 
tayyorlanib, uning har ikkala tomoni burilish sapfasi bilan shkvoren yordamida 
sharnirli ravishda tutashtirilgan bo‘ladi (6.3 -rasm).



Download 6,77 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   132




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oldingi va keyingi ko‘priklarning vazifasi, turlari va tuzilishi

Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish