• Tormoz tizimining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi
  • O‘qituvchi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

     
    Sinov savollari: 
    1.
    Rul boshqarmasi nima uchun kerak va u qanday qismlardan tashkil 
    topgan? 
    2.
    O‘ng va chap g‘ildiraklarning har xil burchaklarga burilishi qanday 
    amalga oshadi? 
    3.
    Rul mexanizmining qanday turlari bor va ulardan qaysi biri samarali 
    ishlaydi? 
    4.
    Rul yuritmasi qanday vazifani bajaradi? 
    5.
    Rul kuchaytirgichi qanday vazifani bajaradi va u qanday ishga 
    tushiriladi? 
    6.
    Mustaqil va nomustaqil osmalarga ega bo‘lgan avtomobillarda rul 
    boshqarmasi bir- biridan qanday farq qiladi? 
    7.
    Boshqariluvchi va yetakchi g‘ildiraklarning rul boshqarmasi orqali 
    burilishi qanday amalga oshiriladi. 
     
     
    20 mavzu. B C toifadagi avtomobillarning tоrmоz tizimi tuzilishi va ularga 
    texnik xizmat ko‘rsatish 
    Reja. 
    1. Tormoz tizimining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi. 
    2. Diskli va kolodka barabanli tormoz mexanizmlari. 
    3. Tormoz konturlari va yuritmalari. 
     
    Tormoz tizimining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi 
    Tormoz boshqarmasi harakatlanayotgan avtomobilni sekinlatish, to‘liq 
    to‘xtatish va uni to‘xtatilgan holatda qo‘zg‘atmasdan saqlab turish vazifalarini 
    bajaradi. 


    Agar harakatlanayotgan avtomobilning dvigateli o‘chirib qo‘yilsa, u o‘z 
    inersiyasi bo‘yicha harakatlanishda davom etadi va qarshilik kuchlarning 
    ta’sirida avtomobil tezligi kamayib, so‘ngra to‘xtaydi. Bu holda avtomobilning 
    to‘xtash jarayoni haddan tashqarii uzoq vaqt va masofada davom etadi. Avto-
    obilni samarali ravishda to‘xtatish uchun tashqi qarshilik kuchini keskin oshi-
    ishga imkon beradigan maxsus tormoz qurilmasidan foydalaniladi. Tormozovchi 
    kuch odatda g‘ildiraklar bilan yo‘l orasida paydo bo‘ladi, ya’ni tormoz mexani-
    mi g‘ildiraklarning o‘z o‘qi atrofida aylanishini cheklab qo‘yadi, hamda bu 
    kuchning yo‘nalishi avtomobil harakatini yo‘nalishiga qarama -qarshi bo‘ladi. 
    Har bir avtomobil ishchi, ehtiyot va to‘xtatib turuvchi tormoz tizimlari bilan 
    jihozlangan bo‘lishi shart. 
    Ishchi tormoz tizimi avtomobilning harakat tezligini susaytirish va uni to‘liq 
    to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Ehtiyot tormoz tizimi ishchi tormoz tizimi 
    behosdan ishlamay qolgan holda avtomobilni to‘xtatib qolish uchun 
    mo‘ljallangan. Ushlab turuvchi tormoz tizimi esa to‘xtatilgan avtomobilni har 
    qanday holatda, istalgan vaqt davomida qo‘zg‘atmasdan turish uchun xizmat 
    qiladi. Ushbu tormoz tizimlarining majmuasi tormoz boshqarmasi deb ataladi. 
    Ishchi tormoz tizimi avtomobil kabinasiga o‘rnatilgan pedal yordamida 
    haydovchi tomonidan oyoq bilan boshqariladi. Ehtiyot tormoz tizimi esa ishchi 
    tormoz tizimiga qaraganda samarasizroq bo‘lib, uning vazifasini ayrim hollarda 
    ishchi tormoz tizimining ishga yaroqli qismi yoki ushlab turuvchi tormoz tizimi 
    bajarish mumkin. Ushlab turuvchi tormoz tizimi hoydovchining qo‘li bilan 
    tutqich yordamida boshqariladi. Ushbu tormoz tizimi to‘liq yuklangan 
    avtomobilni 25 foiz qiyalikka ega bo‘lgan yo‘llarda ushlab turish kerak. 
    Yordamchi tormoz tizimi to‘la massasi 12 tonnadan oshiq bo‘lgan transport 
    vositalarida hamda tog‘ yo‘llarida harakatlanuvchi avtomobil va avtobuslarda 
    qo‘llaniladi. 
    Har bir tormoz tizimi tormoz mexanizmlari va tormoz yuritmalaridan tashkil 
    topgan bo‘ladi. Bundan tashqari ayrim tormoz tizimlarida boshqarishni 
    yengillashtiruvchi tormoz kuchaytirgichlari mavjud. 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish