Kombi (xetchbek) –ikki bo‘lmali, usti yopiq kuzovida ikki yoki to‘rt
yonaki va bitta orqa eshigi bor (6-rasm).
Pikap – yuk-passajir kuzovining usti ochiq yuk sathi bo‘lib, yon tomonida
4-6 kishilik bo‘ylama joylashgan o‘rindiqlari bo‘lishi mumkin, ikki kishilik
yopiq kabinasi bor (7-rasm).
Xardton – yig‘ishtiriladigan
tentli tomi bor, yon tomonidagi oynalari
tushiriladi. kuzovi kupe, yoki sedan turida bo‘lishi mumkin.
Furgon – shassiga o‘rnatilgan ixtisoslashgan
yuk kuzovi oynasiz qilib
ishlangan, orqa tomonida ochiladigan ikki eshigi bor, haydovchining bo‘limi
yuk bo‘limidan ajralgan.
Yuqorida qayd etilgan avtomobil kuzovlari
ramasiz konstruksiyaga ega
bo‘lib, karkasli yoki karkassiz bo‘lishi mumkin.