• 6.6-rasm. Osmalarning asosiy turlari: a) nomustaqil; b) mustaqil.
  • -rasm. Avtomobil osmasining sxemasi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    6.5-rasm. Avtomobil osmasining sxemasi. 
    Maxsus suyuqlik bilan to‘ldirilgan amortizator korpusi 2 ko‘prikning 
    balkasiga qotirilgan bo‘ladi. Korpus ichida 4 porshen joylashgan bo‘lib, u 5 va 6 
    klapanlarga va tirqishga ega. Porshenning 7 shtogi esa 8 rama bilan 
    tutashtirilgan bo‘ladi. 
    Kuzov va g‘ildiraklarning tebranishi natijasida 4 porshen ilgarilama qaytma 
    ravishda harakatlanadi. Kuzov va g‘ildiraklar bir- biriga qarab siqilganda, 
    porshen tagidagi bo‘shliqda turgan suyuqlik porshen ustidagi bo‘shliqqa siqib 
    chiqariladi, aks holda esa suyuqlik teskari yo‘nalishda harakatlanadi. Bu holda 
    suyuqlik klapanlar bilan to‘siladigan tirqishlar orqali o‘tib, sezilarli darajada 
    qarshilikka uchraydi va suyuqlikning ishqalanishi tufayli tebranishlarni 
    so‘ndiradi. 
    Avtomobil ilgarilanma harakatini ta’minlash uchun uning ramasi yoki 
    kuzoviga burovchi moment ta’sirida aylanayotgan yetakchi g‘ildiraklardan 
    tortish kuchini uzatish lozim bo‘ladi. Tortish kuchini osmaning elastik qismi 
    orqali uzatish maqsadga muofiq emas, shuning uchun ham ushbu kuch 
    yo‘naltiruvchi qurilma vazifasini bajararuvchi 9 richag orqali ramaga uzatiladi. 
    Yo‘naltiruvchi qurilmaning ishlash usuliga qarab, osmalar nomustaqil va 
    mustaqil turlarga bo‘linadi.( 6.6-rasm). 
     6.6-rasm. Osmalarning asosiy turlari: a) nomustaqil; b) mustaqil. 
    Nomustaqil osmada chap va o‘ng g‘ildaraklar umumiy bir balkaga 
    o‘rnatilgan bo‘lib, bir g‘ildirakning silkinishi va tebranishi boshqasiga ham 
    mutassil uzatiladi.(6.6-rasm,a). 


    Mustaqil osmada har qaysi g‘ildirak kuzovga ayrim-ayrim osilgan bo‘lib, bir 
    g‘ildirakning ramaga nisbatan tik holatda silkinishi ikkinchi g‘ildirakda 
    sezilmaydi.(6.6-rasm,b). 
    Yengil avtomobillar va avtobuslar osmalarida turg‘unlikning ko‘ndalang 
    stablizatori qurilmasidan foydalaniladi. Ushbu qurilma avtomobil kuzovining 
    yon tomonga og‘ish va ko‘ndalang burchak tebranishlarini kamaytirish uchun 
    xizmat qiladi. 
    Osmalarning elastik qismlari quyidagilardan iborat: a) varaqsimon ressorlar; 
    b) spiralsimon prujinalar; v)torsionlar; g)rezinali elastik yostiqlar; d) aralash 
    elastik qismlar. 
    Varaqsimon ressoralar nomustaqil osmalarda ko‘proq ishlatiladi. Ushbu 
    ressoralarning ahamiyati shundan iboratki, ular bir paytning o‘zida ham elastik, 
    ham yo‘naltiruvchi qurilmalar vazifasini bajaradi. Varaqsimon ressorlar egilgan 
    shakldagi alohida metall varaqlardan ustma-ust qo‘yib birgalikda yig‘iladi. Eng 
    uzun o‘zak ressoraning ikki uchi sharnirli ravishda rama bilan tutashtiriladi. 
    Uning oldingi uchi barmoq yordamida, orqa uchi esa qo‘zg‘aluvchan holda 
    halqa vositasida bog‘lanadi. Ressorani rama bilan bunday bog‘lash avtomobil 
    harakati davomida uning uzunligining o‘zgarib turishiga imkon beradi.
    Spiralsimon o‘ramli prujinalar faqatgina tik yo‘nalishdagi yuklanishlarni 
    qabul qilib, g‘ildiraklar tamonidan avtomobil ramasi va kuzoviga uzatilayotgan 
    bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlarni hamda ularning momentlarini yetkazib bera 
    olmaydi. Shuning uchun ham prujinali osmalarda yo‘naltiruvchi qurilma 
    ishlatiladi. Bundan tashqari o‘ramli prujinalar tebranishlarni so‘ndiruvchi 
    qurilma – amortizator bilan birgalikda qo‘llaniladi. Quyidagi 6.7-rasmda 
    zamonaviy yengil avtomobillarning nomustaqil orqa osmasining sxemasi 
    keltirilgan. 
    Ushbu osmada 1 va 2 bo‘ylama va8 ko‘ndalang shtangalar birgalikda 
    yo‘naltiruvchi qurilmani tashkil etadi. O‘z navbatida 5 silindrsimon prujinalar 
    o‘rami elastik qurilma va 7 teleskopli gidravlik amortizator so‘ndiruvchi qurilma 
    vazifalarini bajaradi. 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish