O‘qituvchi




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/132
Sana27.05.2024
Hajmi6,77 Mb.
#255120
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132
Bog'liq
“BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

13.2. STARTERN1NG TUZILISHI 
Starter - (13.4-chizma) korpus (15), yakor (16), qopqoqlar (9) (yuritma 
tomondan) va (19) (kollektor tomondan), starter yuritmasi, ulovchi erkin yurish 
muftasi (12), shesterna (11) va tortqili muftadan (14) iborat. Starter korpusiga 
tortish relesi mahkamlangan. Starter korpusi po‘lat (10) dan tayyorlanadi. U 
payvandlangan yoki butun tortilgan quvurdan yasalishi mumkin. Qutblar (21) 
po‘lat (10)ni issiqlayin shtamplash yo‘li bilan olinadi. Qopqoq (9) cho‘yandan 
yoki aluminiy qotishmasidan quyib tayyorlanadi. Orqa qopqoqda qutichasimon 
turda-gi cho‘tkatutgichlar (23) mahkamlangan. Katta quvvatli starterlarda bir 
qatorda 
ikkitadan 
cho‘tka 
o‘rnatiladigan 
cho‘tkatutgichlar 
qo‘llani-
ladi.Uyg‘otish cho‘lg‘ami (20) mis shinasidan (plastinkasimon sim) 
tayyorlanib, undagi o‘ramiar soni unchalik ko‘p emas. Uncha katta bo‘lmagan 
starterlarda uyg‘otish cho‘lg‘ami ketma-ket ulanadi, o‘rtacha va katta quwatli 
starterlardaesa parallel - ketma-ket ulanadi. Bunday holatda to‘rtta g‘altakning 
(to‘rtta qutbdagi) qarshiligi bitta g‘altak qarshiligiga teng bo‘ladi. Starter yakori, 
uning uyurma toklar ta'siridagi qizishini pasaytirish maqsadida elektrotexnikaviy 
po‘lat plastinalardan yig‘ilgan.Dvigatelni yurgazishda tortish relesining yakori (4) 
cho‘lg‘amlarning (3) magnit maydoni ta'sirida tortilib, richag (7) va u bilan 
bog‘langan yuritma muftasini (14) harakatlantiradi. Buning natijasida starter 
shesteraasi (11) dvigatel maxovigining tishli gardishi bilan ilashadi. Tortish relesining 
qo‘zg‘aluvchan kontaktlari akkumulator-starter zanjirini berkitadi va starter 
yakori aylana boshlaydi. Agar shesterna (11) maxovik gardishi bilan ilashmagan 
bo‘lsa ham (starter shesternasi tishlarining maxovik gardishidagi tishlarga to‘g‘ri 
kelib qolishi), richag (7) baribir prujinani (13)
 
siqib harakatlanadi. Yakor aylanishni boshlashi bilanoq shesterna (11) 
buriladi-da, uning tishlari prujina (13) ta'sirida gardish tishlari oralig‘iga kiradi.
 
Agar dvigatel ishga tushib, yuritma shesternasi maxovik gardishi bilan 
ilashishdan chiqmagan bo‘lsa, u holda erkin yurish muftasi (12) ishga tushadi va 
aylanma harakat dvigatel maxovigidan yakorga uzatilmaydi. Bu esa, yakorni 
"olib qochish"dan saqlaydi. 


Rolik turidagi erkin yurish muftasi starter valining spiralsimon shlitsalari bo‘ylab 
harakatlana oladi. Ichki shlitsalari bo‘lgan vtulkaga (1) oboyma (8) 
mahkamlangan. Uning ichki qismida 4 ta ponasimon o‘yiqlar bo‘lib, ularga 
roliklar (10) o‘rnatilgan. Roliklar o‘yiqning tor qismiga plunjer (13) va prujina 
(14) vositasida itarib turiladi. Shesterna (12) gupchak (11) bilan bir butun holda 
tayyorlangan. 
Starter ulanganda aylantiruvchi moment vtulkadan (1) roliklar (10) orqali 
shesterna gupchagiga uzatiladi. Bu vaziyatda roliklar shesterna gupchagi bilan 
oboyma (8) oralig‘iga tiqilib turadi . 
Dvigatel yurgan zahotiyoq shesterna gupchagi yetaklanuvchi bo‘lib qoladi 
(maxovikning tishli gardishi esa yetaklovchi bo‘ladi), roliklar bo‘shaladi va mufta 
erkin aylana boshlaydi. Starterlarning yangi turlarida (CT-230 va boshqalar) 
qo‘llanila-digan plunjersiz erkin yurish muftasining konstruksiyasi (13.5-
chizma, e) da ko‘rsatilgan. Plunjersiz konstruksiya muftani ancha ishonchli 
ishlashini ta'minlaydi. Quvvati katta bo‘lgan starterlarda erkin yurish muftalari 
ishlatil-maydi, chunki bunday sharoitlar-da ular ishonchsiz ishlaydi. 
dizel dvigatel-laridagi starterlar yuritmasining mexanizmlari tasvirlangan. 
CT-142 starterlarida xropovik mexa-nizmli yuritma qo‘llanilgan (13.6-chizma, a, 
d). Yuritma detallari, to‘g‘ri ichki shlitsalari va ko‘p ki-rimli lentasimon tashqi 
rezbasi 





61-chizma. 
Erkinyurishmuftasi: 
a,e-
mufta konstruksiyalari; a/a-rolik tishlatib qolgan mufti bir zumda uzatadi; 
d
-
rolik o‘zi aylanadi; mufti shataklanadi. 1-yuritma vtulkasi; 2,6-qulf halqalar; 
3-tayanch halqa; 4-prujina; 5-tortqili mufta; 7-buferprujina; 8-oboytna; 9-
g‘ilof; 10-rolik; 11-ichqo‘yma; 12-shesternya; 13-plunjer; 14-plunjer 
prujinasi; 15-turtkich; 16-turtkich prujinasi; 17-prajina tutgich. 
bo‘lgan yo‘naltiruvchi vtulkada (1) joylashgan. Vtulka yuritma bilan birgalikda 
starter valining shlitsalari bo‘ylab harakatlana oladi. Vtul-kaning (1) tashqi 
rezbasida yetaklovchi yarim mufta (8) joylashgan. Yetaklanuvchi yarim mufta 
(13) shesterna bilan bir butun qilib yasalgan bo‘lib, vtulkada bronzali grafitlangan 
podshipniklarda erkin aylanadi. 
Yarim muftalarning tores qismida tishlari bo‘lib, ular bir-biriga prujina (7) 
yordamida siqib qo‘yilgan. Yetaklanuvchi yarim muftani (13) qulf-halqa (10) 
korpus (5) ichida tutib turadi. Qulf-halqa (2) kor-pusni (5) vtulka (1) bo‘ylab 
siljishidan saqlab turadi. Starter ulanganda zarblarni amortizatsiyalash uchun 
prujina (7) ostiga po‘lat shayba (6) 
v
a halqa (4) joylashtirilgan. 
Dvigatel yurgazilib, startyor hali uzilmagan paytda xrapovikli mufta tishlari 
yeyilishining oldini olish va shovqinni pasaytirish uchun bloki-rovka mexanizmi 
ko‘zda tutilgan. Yetaklanuvchi yarim mufta (13) ichida 
radial teshiklariga yo‘naltiruvchi shtiftlar (11) kiradigan uchta plastmassa suxariklar 
(12) joylashgan. Suxariklarning tashqi sirti konussimon bo‘lib, uning shu sirtlari, 
yetaklovchi yarim muftaga (8) o‘rnatilgan po‘lat halqaning (9) o‘yig‘iga tegib 
turadi. Halqa (9) suxariklarni (12) yo‘naltiruvchi vtulkaga (1) bosib turadi. 
Dvigatel maxovigining gardishiga burovchi moment uzatilganda, yetaklovchi 
yarim muftani yetaklanuvchi yarim muftaga bosuvchi o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuch 
hosil bo‘ladi. Dvigatel yurishi bilanoq xrapo-vikli muftada shataklanish ro‘y 
beradi. Shataklanish paytida yetaklovchi yarim mufta (8) prujinani (7) siqib, 
yetaklanuvchi muftadan (13) chapga tomon siljiydi. Yetaklovchi yarim mufta (8) 


bilan birgalikda halqa (9) ham surilib, suxariklarni (12) ozod qiladi. Suxariklar 
(12) markazdan qochma kuch ta'siri ostida shtiftlar (11) bo‘ylab siljiydi va 
muftalarni ajralgan holatida ushlab qoladi. Startyor tokdan uzilgandan so‘ng, 
prujina (7) ta'siri ostida yetaklovchi yarim mufta (8) yetaklanuvchi yarim mufta (13) 
tomon siqiladi va halqa (9) suxariklarni (12) boshlang‘ich holatiga qaytaradi. 
Starter shesternasi maxovik gardishidagi tishlarga tiralib qolganda ham 
yuritma korpusi (5) yo‘naltiruvchi vtulka (1) bilan birgalikda starter valining 
shlitsasi bo‘ylab prujinani (7) siqib siljishni davom ettiradi. Bunday paytda 
vtulkaning (1) lentasimon rezbasi yetaklovchi yarim muftani (8) va starter 
shesternasini burilishga (30° gacha) majbur qiladi, natijada shesterna maxovikning 
tishli gardishi bilan ilashadi. Xrapovikli yuritmada starter shesternasi, starterning 
umumiy ulanishlar soniga nisbatan 5 foiz miqdorda maxovikning tishli 
gardishiga tiralib qoladi. 
Ushbu yuritmaning afzalligi shundan iboratki, dvigatel silindr-laridagi 
alohida o‘t olishda (вспышка) mufta ilashmadan chiqmaydi, shu bois sovuq 
dvigatelni yurgazishda ishonchlilikni ta'minlaydi. 
ЯМЗ dizel dvigatelining CT-103 starteri 13.6-chizma, d shaklda tasvirlangan 
majburiy - inersion konstruksiyali yuritma mexanizmiga ega. Starter yakori 
valining (14) spiralsimon shlitsasiga gayka (18) va shesterna (19) o‘rnatilgan. 
Gayka va shesterna quyrug‘i oralig‘iga prujina (7) joylashtirilgan. Yakor valiga 
erkin harakatlanadigan va spiralsimon o‘yig‘i bo‘lgan stakan kiydirilgan. 
Stakanning tayanch vtulkasiga bufer prujina (17) va shayba (6) qo‘yilgan. 
Shesternaning valdagi yo‘lini tirak halqa (20) cheklab turadi. Starter ulanganda 
tortish relesi richagga ta'sir etib, yetaklovchi gaykani (18) shesterna bilan 
birgalikda tirak halqaga (20) qadar suradi. Agar shesterna tishlarini maxovikning 
tishli gardishiga tiralib qolishi sodir bo‘lsa, u 

Download 6,77 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish