Yuqori chastotali generator-datchiklarda (37-rasm) boshqaruvchi signal
yuqori chastotali kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Generator 1
ishlab chiqqan kuchlanish transformatorning birlamchi chulg‘ami 2 ga uzatiladi.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami 3 da hosil bo‘ladigan kuchlanish
birlamchi va ikkilamchi chulg‘am o‘zaklari orasidagi havo tirqi shining magnit
qarshiligiga bog‘liq. Bu magnit qarshilik dvigatel silindrlar soniga teng
teshiklarga ega bo‘lgan po‘lat rotor yordamida davriy ravishda o‘zgartirilib
turadi.
36-rasm.