• 2.Batareyali o‘t oldirish tizimining asosiy asboblari. 3.Kontaktli va kontaksiz o‘t oldirish tizimi asboblarining tuzilishi va ishlashi.
  • O‘qituvchi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

     
     
     
     
     
     
     


    10-Mavzu: O‘t oldirish tizimining vazifasi va uning. 
    Reja; 
    1.O‘t oldirish daqiqasini belgilash. 
    2.Batareyali o‘t oldirish tizimining asosiy asboblari. 
    3.Kontaktli va kontaksiz o‘t oldirish tizimi asboblarining tuzilishi va 
    ishlashi. 
     
     
     
    Tayanch so`zlar:
    Porshen, silindr, uch silindrli, to‘rt silindrli, olti 
    silindrli, sakkiz silindrli, siqish darajasi.
    Yangi o‘t oldirish sistemalarini yaratish yo‘nalishidagi eng katta yutuq 
    mikroprotsessorli o‘t oldirish sistemasining ixtiro qilinishi va amalda tatbiq 
    qilina boshlanishidir. Mikroprotsessor - bu kichik elektron hisoblash mashinasi 
    bo‘lib, u yordamida o‘t oldirishni boshqarish bilan bir qatorda dvigateldagi 
    boshqa ko‘p jaronlar ham nazorat qilinadi va rostlanadi. Mikroprotsessorli o‘t 
    oldirish tizimiga misol tariqasida Neksiya avtomobilining o‘t oldirish tizimini 
    keltirish mumkin . 
    Bu avtomobillarda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi elektron boshqarish 
    bloki (EBB), ya’ni mikroprotsessor vositasida rostlanadi. Bu dvigateldagi o‘t 
    oldirish daqiqasini belgilashda markazdan qochma va vakuum rostlagich kabi 
    mexanik moslamalarga nisbatan ancha yuqori aniqlikka erishish, dvigatelni 
    tejamkorligini, quvvatini oshirish va 
    chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarning miqdorini kamaytirish imkoniyatini 
    beradi. 
    O‘t oldirish daqiqasini belgilash uchun elektron boshqarish bloki quyidagi 
    ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi: 
    - tirsakli valning buralish burchagi; 
    - tirsakli valning aylanishlar chastotasi; 
    - dvigatelning yuklamasi (kiritish kollektoridagi siyraklanish orqali); 
    - dvigatelning sovitish tizimidagi suyuqlik harorati. 
    O‘t oldirish tizimi, karburatorli dvigatelning silindrlarida yonilg‘i havo 
    aralashmasini silindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda, o‘z vaqtida va 
    ishonchli o‘t oldirish uchun xizmat qiladi. Ishchi aralashmani o‘t oldirish, har bir 
    silindrning yonish kamerasiga o‘rnatilgan o‘t oldirish shami elektrodlari 
    orasidagi elektr razrad natijasida hosil bo‘ladigan uchqun vositasi bilan amalga 
    oshiriladi. O‘t oldirish shamlarining elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lishi, 
    ularga uzatilgan yuqori kuchlanish (~12000 V) ta’sirida sodir bo‘ladi. Ishchi 
    aralashmani ishonchli o‘t oldirish uchun o‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi 
    uchqunli razrad yetarli energiyaga ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon 
    dvigatellarida uchqunli razrad energiyasi 20-100mDj ni tashkil qiladi va u 
    dvigatelni hamma ish rejimlarda me’yorida ishlashini ta’minlaydi. 
    Past kuchlanishda (48 V gacha) ishlovchi izolatsiya va asboblar chastotasi 
    50 Gs kuchlanishi 220 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda tekshiriladi. O‘zgaruvchan 
    tok generatorlari, starterlar, cho‘g‘lanish svechalari, faralar, nazorat o‘lchov 
    asboblari, yoritgichlarni uzgichlari bunday asboblar jumlasiga kiradi. 



    Download 6,77 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish