O‘qituvchi




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/132
Sana27.05.2024
Hajmi6,77 Mb.
#255120
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   132
Bog'liq
“BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

 
 
 
 
Ta'minlash tarmog‘ining chizmasi. 
Каmaz-740 dizelining yonilg‘i haydovchi nasosi (10) dag‘al tozalash 
filtri (4) va mayin tozalash filtri (18) orqali bakdan (1) yonilg‘ini so‘rib oladi 
(36-chizma). Past bosimli yonilg‘i naychalari (2,7,11 va 13) orqali yonilg‘i 
silindrlar qatori oralig‘ida joylashgan yuqori bosimli nasosga (12) kirib keladi. 
Dizel silindrlarmi ishlash tartibiga binoan, nasos (12), yonilg‘ini yuqori 
bosimli yonilg‘i naychalari (8) orqali forsunkalarga (6) yuboradi. Silindrlar 
kallagida joylashgan forsunkalar yonilg‘ini yonish kamerasiga to‘zg‘itib pur-
kaydi. Yonilg‘i haydovchi nasos (10), yuqori bosimli nasosga (12) yonilg‘ini 
dizel ishlashi uchun zarur bo‘lgan miq-dordan ko‘ra ko‘proq haydaydi. Shu-
ning uchun ortiqcha yonilg‘i va u bilan birga, tizimga kirib qolgan havo nasos 
(12) va mayin tozalash filtridan drenaj naychalar (17, 20) orqali yonilg‘i bakiga 
qaytarib yuboriladi. To‘zg‘itgich korpusi va forsunka ninasi orasidagi 
tirqishdan o‘tib ketgan yonilg‘i esa (5, 15 va 21) yonilg‘i naychalari orqali 
bakka qaytib quyiladi. 
Каmaz avtomobilining 125, 170 yoki 250 1 hajmdagi yonilg‘i baki germetik 
yopiladigan qopqoqqa va to‘r-filtrli qo‘zg‘aluvchan quvur bilan jihozlangan 
yonilg‘i quyish bo‘g‘ziga ega. Bakning pastki qismida esa cho‘kmalarni to‘kish 
uchun jo‘mrak bor. Yonilg‘i sathini bakda joylashgan reostat datchikdan 
signal qabul qiluvchi ko‘rsatkichga qarab nazorat qilish mumkin. 
Каmaz avtomobilining dag‘al tozalash filtri (tindirgich) avtomobil ramasining 
chap tomoniga o‘rnatilgan bo‘lib, u yonilg‘ini dastlabki tozalovdan o‘tkazadi. 
Filtr (6.2-chizma) korpus (7), stakan (2), to‘r-filtr (4), tinchlantirgich (3) va 
qaytargichlardan (5) tashkil topgan. Filtrni zichlash uchun korpus va stakan 
orasiga halqa qo‘yiladi. Stakanning (2) ostki qismiga to‘kish tiqini (1) 
joylashtirilgan. Yonilg‘i bakdan ffltrga kirish shtutseri orqali kirib keladi va 
stakanga oqib tushadi. Yirik begona zarrachalar va suv stakanning pastki qismida 
yig‘iladi. Stakanning yuqori qismidan yonilg‘i to‘r-ffltr (4) va chiqish shtutseri 
orqali yonilg‘i haydash nasosiga o‘tib ketadi. 


Mayin tozalash filtri (37-chizma) yonilg‘ini yuqori bosimli nasosga kirishidan 
oldin uzil-kesil tozalaydi. U tizimga kirib qolgan havom yig‘ib bir qism yonilg‘i 
bilan birga, maxsus klapan-jiklyor (10) orqali bakka jo‘natib yuborish uchun 
ta'minlash tizimining eng yuqori nuqta-siga o‘rnatilgan. Каmaz avtomobilining 
filtri umumiy korpusga (1) ega bo‘lgan ikkita seksiyadan iborat. Har bir seksiyada 
qalpoq (6) va unga payvandlangan o‘zak (9) hamda qog‘ozli filtrlash elementi (5) 
mavjud. 

Download 6,77 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   132




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish