Nazorat savollari
1.
Yonilg‘i berish, havo va yonilg‘ini tozalash asboblari qanday tuzilgan va
qayerda joylashgan?
2.
Yonilg‘ini pnevmatik tormozlovchi karburatorning asosiy dozalovchi
tizimi qanday tamoyilga asoslangan?
3.
Karburatorning salt ishlash tizimi qanday ishlaydi va rostlanadi?
4.
Taqsimlangan purkash tizimi karburatorli tizimga nisbatan qanday
afzalliklarga va kamchiliklarga ega?
5.
Elektromagnitli forsunkada purkash jarayoni elektronli boshqariladigan
tizimdagi benzinni dozalash prinsipi
8-Mavzu: suyuq va siqilgan gazda ishlaydigan Gaz balon qurilmali
dvigatellarining umumiy tuzulishi va ishlashi.
Reja;
1.Gaz balon qurilmali dvigatel ta’minlash tizimi
2.Gaz ballonli uskunalarning chizmasi
3.Avtomobillar uchun ishlatiladigan gaz holatidagi yonilg‘ilardan
foydalanish va ularning afzalliklari.
ЗИЛ-138А avtomobilining ballonlaridan to yuqori bosimli redukto-
rigacha bo‘lgan gaz quvuryo‘llari - tashqi diametri (10+0,1) mm va devo-
rining qalinligi 2 mm. li po‘lat trubkalardir. Yuqori bosimli reduktordan
past bosimli reduktorgacha bo‘lgan quvuryo‘llar esa diametri (10+0,15) mm
va devorining qalinligi 1 mm li trubkalardir. Gaz quvuryo‘llarining oraliq
o‘tkazgichlar (perexodnik), ventillar va gaz apparaturalarining boshqa
elementlari bilan hosil qilgan barcha birikmalari - qistirmasiz nippel
(rezbali qisqa quvur) turidagi "o‘yib kiruvchi halqa" - birikma-larni ko‘p
marta qismlarga ajratish imkonini beradi. Tashlama gaykani qotirganda,
nippel halqasi deformatsiyalanadi va shtutserdagi konus-simon teshik
shakliga kirib, birikmani germetiklaydi. Shu bilan bir vaqtda halqaning
o‘tkir qirralari trubka devorlariga botib, yuqori bosim ta'siri ostida uni
birikmadan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi
ЗИЛ-138A avtomobilining gaz ballonli tizimiga o‘rnatilgan ventillar turlicha
vazifalar-ga ega: bittasi to‘ldiruvchi va uchtasi sarf-lovchi. Ventillar konst-
ruksiyasi asosan bir xil, ular yon shtutserdagi rezbalar bilan farqlanadi
(to‘ldiruvchi ventilda maxsus chap rezba). Ventil konussimon rezbali korpus,
shpindelli maxovik, mufta va kla-panlardan iborat. Gaz o‘tkazgichni ventilning
yon shtutseriga birik-tirish uchun ularga qis-tirma pona qo‘yilib, o‘t-kazgich
shtutser burabkiritiladi.
Siqilgan gaz bilan ballonlar to‘lg‘azib bo‘lingandan so‘ng, to‘ldirish ventilining
o‘tkazgich shtutseri zanjirli saqlovchi qalpoq bilan berkitiladi.
Yuqori bosimli reduktor siqilgan gazning bosimini 20 dan 0,9-1,15 MPa
gacha pasaytirish uchun mo‘ljallangan. Reduktorda gaz bosimining pasayishi,
uning klapan (5) va o‘rindiq (7) orasidagi tirqishdan past bosimli (Б) kameraga
o‘tish chog‘ida kengayishi oqibatida ro‘y beradi. Siqilgan gaz yuqori bosimli
(A) bo‘shliqqa shtutser orqali kirib boradi. Klapan (5) bosuvchi prujina (1)
kuchining ta'siri ostida ochiladi. Bu kuch, qachonki membrana ostidagi gaz bosimi
bilan muvozanatlashgunga qadar membrana (2) va turtkich (3) orqali klapanga
uzatiladi. Kuchlar muvozanatlashgandan so‘ng, klapan prujina (6) ta'siri
ostida yopiladi. Reduktor ishchi bosimni avtomatik tarzda ushlab turadi. Agar
bosim 0,45 MPa dan past bo‘lsa, reduktor klapani doimiy ochiladi, shunda
haydovchi kabinasidagi nazorat chirog‘i yonadi. Bordi-yu ishchi bosim
qandaydir sabablarga ko‘ra 1,7 dan ortib ketsa, saqlagich klapan ishga tushadi
Gazisitkich gazni oldindan isitish uchun, ayniqsa, qishki davrlarda
zarurdir. Isitkich bo‘l-masa, gazda bo‘lgan uglekislota va namlik yuqori
bosimli reduk-gorda muzlab qolishi mumkin.
ЗИЛ-138 Aavtomobilning gaz isitkichi yuqori va pastkikor-puslardan
iborat bo‘lib, ularda siqilgan tabiiy gaz, ishlatilgan gazlar harorati bilan
isitiladi. Isitkichning qisqa kirish quvuri, egiluvchan metal lshoxobcha
vositasida shovqin so‘ndirgichning chap tomondagi qabul qilish quvuriga
ulangan. Ishlatilgan gazlar isitkichdan chiqarish qisqa quvuri orqali
atmosferaga chiqarib yuboriladi. Isitkich, gaz ballonli uskuna chizmasiga
magistral ventil va yuqori bosimli reduktor oralig‘ida kiritilgan. Isitkich, yuqori
bosimli reduktorning orqa tomonidan ra-maning chap lonjeroniga o‘rna-
tilgan.
Filtrli elektromagnit klapanga (31-chizma) gaz yuqori bosimli reduktordan 0,9
- 1,15 MPa bosim ostida keladi. U kabinaning oldingi devoriga kronshteyn
vositasida mahkamlangan.
Filtr korpus (6), elektromagnitli klapan, namatli filtrlovchi element (2),
aluminiy qalpoq (3), kiritish va chiqarish shtutserlaridan tashkil topgan. O‘t
oldirish tizimi uzib qo‘yilgan paytda elektromagnit klapani prujina ta'siri
ostida yopiq holatda bo‘ladi va gazni past bosimli reduktorga o‘tkazmaydi.
O‘t oldirish tizimi ulanishi bilan klapan ochilib, mexanik aralashmalardan
tozalangan gaz past bosimli reduktorga va undan so‘ng aralashtirgich va
karburatorga kirib keladi. Filtr qalpog‘i korpusga o‘rnatilganda, rezina halqa
(4) bilan zichlanadi.
Past bosimli gaz reduktori membrana turidagi, kuchni diafragmadan klapanga
richaglar vositasida uzatuvchi, bosimni ikki bosqichda avtoma-avtomobil
dvigatellari uchun gazsimon yonilg‘i, siqilgan yoki suyultirilgan holatlarda
ishlatiladi. Metan 20 MPa bosimgacha siqiladi va qalin devorli ballonlarda
31-chizma.
Filtrlielektro magnit klapan:
1-prujina; .2-namatlifiltrlovchielement; 3-qalpoq;4-rezinahalqa;
5-shtuser; 6-korpus; 7-elektromagnitli klapan.
saqlanadi. Etan, propan va butan 1,6 MPa bosimda suyuq holatga o‘tadi va ular
ham shu ko‘rinishda ballonlarda saqlanadi.
Gaz-havo
aralashmasining
detonatsiyaga
turg‘unligi,
benzin-havo
aralashmasiga qaraganda yuqori bo‘ladi. Bu esa dvigatelning siqish darajasini
oshirish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi. Gazli
dvigatellarda aralashma deyarli to‘liq yonadi va ishlatilgan gazlarning zaharliligi
ancha past bo‘lganligidan atrof-muhit kam zararlanadi.
Gazlarning qo‘llanilishi porshen va gilza devorlaridan moy pardasi-ning yuvilib
ketishiga barham beradi, yonish kameralarida qurum hosil bo‘lishini kamaytiradi,
benzin bug‘lari bo‘lmaganligi uchun silindr gilzalarining devorlaridagi moy
kuyib ketmaydi, natijada dvigatelning ishlash muddati va moy almashtirish davri
1,5-2 martaga uzayadi.
Biroq, gaz ballonli avtomobillarda ta'minlash tizimi murakkab, yong‘in va
portlash xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar esa yuqori bo‘ladi. Gaz havo bilan
aralashganda benzinga nisbatan ko‘p hajmni egallagani uchun gazli
dvigatellarning quwati karburatorli dvigatelga qaraganda 10-20 foiz kam bo‘ladi.
Gaz ballonli uskunalarning katta vazni tufayli avtomobil o‘zining yuk
ko‘taruvchanlik imkoniyatining bir qismini yo‘qotadi.
|