• Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining umumiy sxemasi.
  • O‘qituvchi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    Kontaktli 
    (klassik) o‘t oldirish sistemasi yuqoridagi talablarga ko‘p jihatidan 
    javob bera olmaydi. Chunki, unda ikkilamchi kuchlanishni oshirishning amalda 
    yagona yo‘li uzilish toki 
    Iu 
    qiymatini oshirishdir. Ammo uzilish tokining 4,0-4,5 
    A dan ortishi, uzgich kontaktlari kuyishiga va tezda ishdan chiqishiga olib 
    keladi. Zamonaviy dvigatellarda o‘t oldirish jarayonining ishonchliligini oshirish 
    talabi yangi turdagi o‘t oldirish tizimlarini yaratilishiga olib keldi. 
    Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi. O‘t oldirish sistemasi avj oldiradigan 
    ikkilamchi kuchlanishni oshirish yo‘llaridan biri, birlamchi tok zanjirni uzish 
    uchun boshqaruvchi kalit vazifasini bajaruvchi yarim o‘tkazgich asboblarini 
    ishlatishdir. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi, yarim o‘tkazgichlar 
    ishlatilgan birinchi sistemalar qatoriga kiradi. Uning umumiy sxemasi 34-
    rasmda keltirilgan. Uzgich kontaktlari K 
    tranzistor VT ning baza zanjiriga, o‘t oldirish g‘altagining (O‘OG‘) birlamchi 
    chulg‘ami esa tranzistorning emmiter-kollektor zanjiriga ulangan. Tranzis-torni 
    yuqori kuchlanish ta’siridan saqlash uchun kontakt-tranzistorli o‘t oldirish 
    sistemalarida o‘t oldirish g‘altagi 
    transformator sxemasi bo‘yicha, ya’ni chulg‘amlari bir-biridan to‘la ajralgan 
    holda o‘raladi. Kontaktli o‘t oldirish sistemasiga transistor ulanishi, 
    kontaktlarning ishlash sharoitini yengillashtiradi, chunki bu holda kontaktlardan 
    qiymati katta bo‘lmagan (~1,0 A gacha) tranzistorni boshqarish toki 
    Ib 
    o‘tib, 
    birlamchi zanjir toki esa tranzistorning emitterkollektor o‘tish joyidan o‘tadi. 
     
     
     
    46-rasm. 
    Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining umumiy 
    sxemasi. 
    Birlamchi tok zanjiriga akkumulator batareyasi AB, o‘t oldirish kaliti O‘OK va 
    qo‘shimcha qarshilik Rq ulangan. O‘t oldirish kaliti ulanib va uzgich kontaktlari 
    tutashganda, tranzistor VT ning bazasi emitterga nisbatan manfiy potensialga 
    ega bo‘ladi. Bu holda, tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyining qarshiligi 
    eng kichik 


    qiymatga ega bo‘ladi (~0,15 Om). Uzgich kontaktlari uzilganda, tranzistor baza 
    tokining zanjiri ham uziladi, natijada, baza va emitter potensiallar ayirmasi 
    nolga teng bo‘lib qoladi, emitter-kollektor o‘tish joyining qarshiligi keskin 
    ortadi va tranzistor yopiladi. Tranzistorning yopilishi o‘t oldirish g‘altagining 
    birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tok 
    I1 
    zanjirining uzilishiga olib keladi va bu, ikkilamchi chulg‘amda yuqori 
    kuchlanish induksiyalanishini ta’minlaydi. 
    Birlamchi zanjir toki 
    I1 
    uzgich kontaktlaridan emas, balki tranzistorning 
    emitter-kollektor o‘tish joyi orqali o‘tganligi va yetarli darajada katta quvvatli 
    tranzistorlar qo‘llanilishi uzilish toki 
    Iu 
    qiymatini 7-8A gacha oshirish imkonini 
    berdi. Bu esa, o‘z navbatida, ikkilamchi kuchlanish 
    U2max 
    ni 25000-30000V 
    gacha ko‘tarilishiga olib keldi. Shunday qilib, kontakt-tranzistorli o‘t oldirish 
    sistemasida ikkilamchi kuchlanish qiymati uzgich kontaktlari chidamliligi bilan 
    cheklanmasdan, balki tranzistorning tavsifnomasi bilan belgilanadi. 
    Kontaktli o‘t oldirish sistemasi tarkibiga tranzistor kiritilishi, bu sistemaga 
    xos bo‘lgan barcha kamchiliklarni bartaraf qilish imkoniyatini bermaydi. 
    Xususan, ko‘p silindrli dvigatellarda aylanishlar chastotasining katta 
    qiymatlarida uzgich pishangchasining dirrilash hodisasi ruy berib, bu bir sikl 
    (ya’ni bir uchqun hosil bo‘lish uchun ajratilgan vaqt) davomida kontaktlarni 
    ko‘p marta uzilib tutashishiga olib keladi. Natijada, bir uchqun o‘rniga quvvati 
    ancha kam bo‘lgan bir necha uchqun hosil bo‘ladi, o‘t oldirishni ilgarilatish 
    burchagining belgilangan qiymati o‘zgarib ketadi, o‘t oldirish ishonchli amalga 
    oshirilmaydi. Bundan tashqari uzgich kontaktlarining yeyilishi, oksidlanishi va 
    ifloslanishi o‘t oldirish sistemasining ishonchlilik darajasini pasaytiradi. 
    Kontaktlar oksidlanishi, ifloslanishi va moylanib qolishi, ularning kontakt 
    qarshiligi oshib ketishiga va tranzistorni boshqarish toki 
    Ib 
    qiymatini kamayib 
    ketishiga olib keladi. Bu tranzistorni ochilmaslik va o‘t oldirish sistemasini 
    ishlamaslik hol-larini vujudga keltiradi. Ishlatish davrida qo‘shimcha mehnat va 
    vaqt sarf qilib, muntazam ravishda, uzgich kontaktlarining tutashib turish 
    burchagini rostlab turish ehtiyoji ham kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining 
    kamchiliklariga kiradi. 
     
     
     
    47-rasm. 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish