|
Kontaktli va kontaksiz o‘t oldirish tizimi asboblarining tuzilishi va ishlashiBog'liq “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi Kontaktli va kontaksiz o‘t oldirish tizimi asboblarining tuzilishi va ishlashi.
Dvigatellarni takomillashtirish yo‘nalishi, ularni tejamliligini oshirish va 1kVt
quvvatga to‘g‘ri keladigan massasini kamaytirish bilan bir qatorda, aylanishlar
chastotasi va silindrlarda yonilg‘i-havo aralashmasini siqish darajasini tobora
ortib borishi bilan ham
tavsiflanadi. Zamonaviy dvigatellarda aylanishlar chastotasi 5000-8000 min-1
ga yetgan, yonilg‘i aralashmasini siqish darajasi hozirgi kunda 7,0- 8,5 ni tashkil
qilayotgan bo‘lsa, kelajakda bu ko‘rsatkichni 9,0-10,0 va undan yuqoriroq
qiymatlarga ko‘tarish mo‘ljallanmoqda. Aylanishlar chastotasi va siqish
darajasining bu tarzda oshishi, yonilg‘i me’yorida o‘t olishini ta’minlash uchun,
o‘t oldirish sistemasining ikkilamchi kuchlanishini sezilarli darajada oshirilishini
talab qiladi. Bundan tashqari, dvigatellar tejamliligini oshirishga intilish ularda,
aksariyat holda, suyuqlashtirilgan yonilg‘i aralashmasini ishlatishga majbur
qiladi. Suyuqlashtirilgan yonilg‘i aralashmasini ishonchli ravishda o‘t oldirish
uchun o‘t oldirish shamining elektrodlari orasidagi tirqishni kattalashtirish, ya’ni
uchqun uzunligini va quvvatini oshirish kerak bo‘ladi.
Hozirgi zamon dvigatellarida o‘t oldirish shamining elektrodlari orasidagi
tirqish 0,8-1,2mm ni tashkil qiladi. Demak, dvigatelning tejamli ishlashini
ta’minlash uchun ham ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish zarur.
Shunday qilib, aylanish chastotasi va tirqish darajasi katta bo‘lgan, tejamli
ishlaydigan hozirgi zamon dvigatellariga o‘rnatiladigan o‘t oldirish sitemasiga
ancha yuqori talablar qo‘yiladi. Xususan:
- ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish bilan birga ishonchlilik darajasini va
xizmat muddatini ko‘tarish;
- uchqunli razrad energiyasining qiymati, dvigatelning hamma rejimlarida
yonilg‘i aralashmasini ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli bo‘lishi kerak
(15...50mDj va undan ortiq);
- turli xil ekspluatasiya sharoitlarida (o‘t oldirish shamlarining ifloslanishi, atrof
muhit haroratining o‘zgarishi, tok manbai kuchlanishining kamayib-ortishi va
hokazo) barqaror uchqun hosilbo‘lishini ta’minlash;
- hamma elementlar katta mexanik yuklamalar ta’sirida barqaror ishlashini
ta’minlash.
|
| |