• 4. Dvigatelni yurgazishni yengillashtiruvchi qurilmalar
  • O‘qituvchi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

     
    11-Mavzu:
    . Startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi. 
    Reja: 
    1. Starterning elektromexanik tavsefi 
    2.startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi. 
    3.elektron o‘t oldirish sistemasining umumiy tuzilishi va ishlashi. 
    4. Dvigatelni yurgazishni yengillashtiruvchi qurilmalar 
    Yurgazish tizimi - starter, akkumulator batareyasi, starter zanjiri va 
    yurgazishni yengillashtiruvchi vositalardan iborat. Avtomobil dviga-tellarini 
    yurgazish tizimining o‘ziga xos tomoni shundaki, akkumulator batareyasi va 
    starterning quwati o‘zaro bir-biriga yaqin. Shuning uchun dvigatelni yurgazishga 
    akkumulator batareyasining kuchlanishi starter iste'mol qiladigan tokka qarab 
    sezilarli darajada o‘zgaradi. Bunday sharoitlarda dvigatelni yurgazishda 
    akkumulator batareyasining holati (uning harorati, zaryadlanganlik darajasi
    yeyilishi), starter zanjirining holati va dvigatelni yurgazishni yengillashtirish uchun 
    qo‘llanilayotgan vositalar katta ta'sir ko‘rsatadi. 
    Starter sifatida ketma-ket yoki aralash qo‘zg‘atiladigan o‘zgarmas tok elektr 
    dvigatellari qo‘llaniladi. 
    starterning elektrome-xanik tavsifnomasi tasvirlangan. 

     
     
     
     
     
     
     
     
    60-chizma. 
    Starterning elektromexanik tafsinomasi (uzluksiz chiziqlar +20°C ga 
    mos 
    keladi): 
    P-starter 
    quwati; 
    Af-starter 
    momenti; 
    n-yakorning 
    aylanishlar chastotasi; -starterdagi kuchlanish; 
    U
    T
     
    famozdagi kuchlanish; 
    (U
    T
    =R
    C1
    starterdagi kucnlanishning 
    pasayishi). 
    Dvigatelning harorati
    f
    »•


    Starter iste'mol qiladigan tok o‘sishi bilan uning aylantiruvchi momenti ham 
    o‘sadi, yakorning aylanishlar chastotasi esa kamayadi. Starter quvvatini 
    ifodalovchi egri chiziq parabola ko‘rinishida bo‘ladi. Starter yakori salt ishlashda 
    yuqori aylanishlar chastotasiga ega. Bu paytda starterning aylantiruvchi 
    momenti nolga teng bo‘ladi. Akkumulator batareyasining kuchlanishi pasayishi 
    bilan starter yakorining aylanishlar chastotasi va quwati ham pasayadi (13.1-
    chizmadagi shtrix chiziqlar). 
    Yurgazish paytida starter dvigatel bilan tishli uzatma orqali bog‘-langan. Bu 
    uzatmaning asosiy parametrlari yuritmaning uzatish soni I
    dc
    =z
    max
    /z
    s
    (bu yerda: z
    max

    maxovik gardishidagi tishlar soni, z
    s
    - starter shesternasidagi tishlar soni), shuningdek, 
    tish moduli va tishli uzatmaning foydali ish koeffitsiyentidir (0,85-0,9 ga teng). 
    Uzatish soni i
    ds
    dvigatelning turiga qarab 10-16 oralig‘ida bo‘ladi. 
    Dvigatelni yurgazish uchun starter dvigatelning qarshilik momentini hamda 
    undagi aylanayotgan va ilgarilanma harakatlanayotgan detallar-ning inersiya 
    kuchini yengishi kerak. Qarshilik momenti ishqalanish, siqish va dvigatelga 
    o‘rnatilgan yordamchi mexanizmlar yuritmalari kuchlarining momentlari 
    yig‘indisidan iborat. 
    Tirsakli val aylanishlarining minimal yurgazish chastotasi 
    deb (13.2-chizma) 
    shunday chastotaga aytiladiki, uning shu qiymatida karburatorli dvigatellar bir 
    minut oraliq bilan har bir urinish davomiyligi 10 soniya (sekund) bo‘lgan ikki 
    bora urinishda yurgaziladi. 
    Yurgazish haroratining pasayishi bilan yurgazuvchi minimal aylanishlar 
    chastotasining ortishi barcha dvigatellar uchun tavsiflidir. Silindrlar soni qancha 
    ko‘p bo‘lsa, dvigatel aylanishlarining yurgazish chastotasi shunchalik past 
    bo‘ladi. Dizel dvigatellarda yurgazuvchi aylanishlar chastotasi karburatorli 
    dvigatellarga qaraganda ancha baland bo‘ladi. 
    Dvigatelni yurgazishni yengillashtiruvchi vositalarni qo‘llanilishi (13.3-
    mavzuga qarang) yurgazuvchi minimal aylanishlar chastotasini sezilarli darajada 
    pasaytiradi va sovuq dvigatellarni yurgazishni yengil-lashtiradi. Dvigatelni 
    yurgazish uchun tirsakli valga nafaqat minimal yurgazish tezligidan yuqori tezlik 
    berish, balki uni dvigatel silindrlarida uchqun alangalana oladigan ishchi 
    aralashma hosil bo‘lishi uchun bir necha bor (2-3 marta) aylantirish ham kerak. 
    Avtomobilni ishlatish jarayonida starter sezilarli yuklanish bilan ishlaydi. 
    Starter ulanishining o‘rtacha chastotasi 100 km (masofa) bosib o‘tilganda yengil 
    avtomobillar uchun shahar sharoitida 28 km ni, yuk avtomobillari uchun 22 km ni 
    (shahar va shahar atrofida) tashkil qiladi. Avtomobilning sutkalik bosib o‘tgan 
    yo‘li ortishi bilan ulanish chastotasi pasayadi. Issiqlayin va sovuqlayin 
    yurgazishning o‘rtacha davomiyligi mos ravishda 0,7-1,5 soniya va 3-10 soniya 
    bo‘ladi. 
    Agarda dvigatelning mexa-nik tavsifi (qarshilik momenti-ning aylanishlar 
    chastotasiga bog‘liqligi) bilan starterning mexanik tavsifi birgalikda tasvir-
    lansa, u holda ularning kesishgan nuqtasi yurgazish paytidagi dvigatel valining 
    aylanishlar chastotasini aniqlaydi (13.3-chizma). Dvigatel harorati qanchalik past 
    bo‘lsa, uning aylanishga qarshi-ligi shunchalik katta bo‘ladi va starterning 


    mexanik tavsifno-masi akkumulator batareyasi ning harorati pastligi tufayli 
    yomonlashadi, binobarin, dvigatel valining aylanishlar chastotasi ham uni 
    yurgazishda kichik bo‘ladi. 
    Dvigatelni sovuqlayin yurgazishda uning tirsakli vali aylanishlar chastotasini 
    oshirishga qarshilik momentini pasaytirib va akkumulator batareyasining 
    haroratini oshirib erishish mumkin. 
    Dvigatelning qarshilik momenti qishki motor moylarini qo‘llash va dvigatelni 
    isitish bilan pasaytiriladi. Batareyaning yurgazish sifati esa, avtomobil past 
    haroratlarda ko‘chada ishlamasdan to‘xtab turgan davrda, batareyani 
    issiqxonalarda saqlash bilan oshiriladi. 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish