O‘zustunligibilanbirvaqtda, purkab beruvchi
tizim karburatorli tizimga
nisbatan qimmatliligi (2-5 marta), tuzilishi va foydalanish jarayonida xizmat
ko‘rsatishning murakkabligi jihatidan kamchiliklarga ega. Benzin yuborilishi
siklik (davriy) purkash davomiyligini o‘zgartirish yo‘li
bilan rostlanadigan,
electron boshqariladigan tizimlar ko‘proq qo‘llaniladi.
Foydalaniladigan elektromagnit forsunkalar miqdoriga qarab bu tizimlarni
quyidagicha tasniflash mumkin:
-
har bir silindr uchun alohida forsunkali (taqsimlangan purkash);
-
har bir silindr uchun alohida forsunkali va barcha silindrlar uchun
umumiy bo‘lgan yurgazuvchi forsunkali;
- barcha
silindrlar
uchun
bitta
forsunkali
(markaziy
purkash).
To‘rt taktli dvigatellarda kiritish taktida benzinni 0,15 - 0,4 MPa
bosim ostvda elektromagnit forsunkalar bilan
purkovchi tizimlar keng
tarqalgan. Avtomobil dvigatellari silindrlariga benzinni bevosita purkash amaliy
jihatdan kam qo‘llanilmoqda. Bunga asosiy sabab forsunkaning ishlash
sharoitining
yomonligi, uni yonish kamerasiga joylashtirish qiyinligi hamda
purkash tbosimining balandligidir (3.5-10,0 MPa).
27-chizmada benzinni purkab berilishi taqsimlangan tizimning o‘ziga xos
chizmasi ko‘rsatilgan*.
1. Markaziy purkash tizimi ham shunga o‘xshash chizmaga ega bo‘lib,
barcha silindrlarga benzin yuboruvchi bitta forsunkaga ega bo‘ladi. Forsunka
kiritish quvuryo‘lining kirish qismiga o‘rnatiladi.
Yonilg‘i bakdan (1) elektr benzin nasosi (2) bilan so‘rib olinadi, so‘ng
mayin tozalash filtr (3) orqali magistralga (6) haydaladi. Magistralda
reduksion klapan (7) vositasida yonilg‘ining forsunkaga (5) kirishi va chiqishida
doimo bosimlar farqi ushlab turiladi. Ortiqcha yonilg‘i klapandan (7) bakka
qaytib ketadi.