shayba 8, turtkich 9, rostlashbolti 4 qotiruvchi gaykasi bilan, suxariklar
hamda
klapanlar kallaginingjoylashishiga mo‘ljallangan o‘rindiq 6 lardan tashkil
topgan.
Tirsakli val 3 aylanma harakatni tishli g‘ildiraklar 2 va 1 orqalitaqsimlash
valiga uzatadi. Taqsimlash vali aylanganda uning mushtchasi10 turtkich 9 ga
tiralib, uni tepaga ko‘taradi. Turtkichning rostlash bolti 4 klapan 5 sterjenining
tubiga tegib, uni yuqoriga ko‘taradi, natijada,klapan kallagi o‘z o‘rindig‘idan 6
tepaga siljib ochiladi. Klapan ko‘tarilganida prujina 7 siqiladi.
Silindr yangi
zarad (yonuvchi aralashma yoki havo) bilan to‘ldirilgandan yoki ishlatilgan
gazlar chiqarilgandan so‘ng mushtcha turtkich tubidan chiqadi va purjina o‘z
kuchi bilan klapanni avvalgi holatiga qaytaradi, natijada klapan kallagi o‘z
o‘rindig‘iga jips joylashadi. Klapanning jips o‘rnashishini ta’minlashuchun,
yig‘ishdan oldin uni o‘rindig‘iga tirab aylanma
harakat bilanishqalanadi
(pritirka). Shunda ularning ishlaydigan konus yuzalari birbiriga yaxshi
jipslashadi.