• To‘rt taktli sikl: a-kiritish; b-siqish; v-ish yo‘li; g- chiqarish.
  • Ikki taktli
  • Kengayish yoki ish yo‘li takti




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    Kengayish yoki ish yo‘li takti, 
    ikkala klapanning yopiq xolatida tirsakli 
    valning 360 dan 540° gacha burilishida amalga oshadi. Ishchi aralashmaning 
    alangalanishi natijasida silindrdagi harorat va bosim tez ko‘tariladi. Gazlarning 
    maksimal harorati esa benzinli dvigatellarda 2200...2500°

    ga, dizellarda 
    1600...1900°

    ga yetadi (14v rasm). 
     
    14-rasm. 
    To‘rt taktli sikl: a-kiritish; b-siqish; v-ish yo‘li; g-
    chiqarish. 
     


    Chiqarish takti
    , porshenning PCHN dan YUCHN ga tomon 
    harakatlanishi bilan boshlanadi va tirsakli valning 540...720°

    gacha burilishida 
    davom etadi. Bunda chiqarish klapani ochiq bo‘ladi. Bu takt davomida, porshen 
    yuqoriga harakatlanib ishlatilgan gazlarni atmosferaga siqib chiqaradi va 
    silindrni tozalaydi. Takt oxirida silindrichida qolgan gazlarning harorati esa 
    600...950°

    ni tashkil etadi (14g rasm). 
    Ikki taktli 
    dvigatelning ish sikli porshenning ikki yurishida yoki 
    tirsaklivalning bir marta aylanishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda ham xuddi 
    to‘rt taktli dvigatellar kabi ish aralashmasini silindr tashqarisida yoki ichida 
    tayyorlanadi. Shunga qarab bu sikl o‘yicha ishlaydigan dvigatellar karburatorli, 
    injektorli yoki dizel bo‘lishi mumkin. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni 
    tashqariga haydash bilan silindrni tozalash uchun yonilg‘i aralashmasi 
    (karburatorli dvigatelda) yoki havo oqimidan (dizelda) foydalaniladi. 
    Dvigatelning turli silindrlarda bir xil nomli taktlarning takrorlanishidagi 
    ketma-ketlik dvigatelning 
    ish tartibi 
    deb ataladi. To‘rt silindrli to‘rt taktli 
    dvigatellarning ish tartibi 1-3-4-2 yoki 1-2-4-3 ketma-ketligida bajarilishi 
    mumkin. 
    1-jadval 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish