18-rasm.
Porshen.
P
orshenlar
.
Silindrda sodir bo‘ladigan ish siklining barcha jarayonlari porshen
vositasida bajariladi
.
Ish sharoitida, ayniqsa siqish va ish yo‘li taktlarida yuqori
bosimga va harorata ega bo‘lgan gazlar ta’sirida porshen qiziydi va yediriladi,
bundan tashqari,
unda massasidan uzluksiz o‘zgaruvchan inersiya kuchlari vujudga keladi (18-
rasm).
Porshen xalqalari
yuqori harorat va bosimga ega bo‘lgan gazlar, shuningdek
o‘zgaruvchan qiymatga ega bo‘lgan inersiya kuchlari ta’sir etadigan og‘ir ish
sharoitida ishlaydi. Porshen xalqalari ko‘pincha maxsus cho‘yandan, ayrim
xollarda po‘latdan ham tayyorlanadi. Porshen halqalari vazifasiga ko‘ra
kompression va moy sidirgich bo‘ladi. Kompression halqalar silindr va porshen
oraliqlarini zichlashtiradi hamda silindrda hosil bo‘lgan
gaz bosimini karterga
o‘tishidan salaydi (18-rasm).
Moy sidirgich xalqalar silindr devoridagi ortiqcha moylarni sidirib ularni
yonish kamerasiga o‘tishini cheklab turadi (18-rasm).