Avtomobil – o‘zi harakatlanuvchi (
avto -grekcha o‘zi,
mobil lotincha
harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi.
Avtomobil – mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan, kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir. Transport avtomobillariga
yo‘lovchi, yuk va
yuk yo‘lovchi tashuvchi
avtomobillari kiradi.
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm,
asbob va uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish,
ko‘cha supirish, yuk ortish kabi avtomobillar kiradi.
Vazifasiga ko‘ra avtomobillar quyidagi turlarga bo‘linadi.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil sport poygasida
qatnashishga mo‘ljallangan.
Yuk avtomobillariga yetakchi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar kiradi
va ular yuk tashish uchun xizmat qiladi.
Yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, ular ikkiga bo‘linadi:
yengil avtomobillar va
avtobuslar . O‘rindilar soni
haydovchi o‘rindig‘i bilan birga 8 tagacha bo‘lsa
yengil avtomobil , 8 tadan ortiq
bo‘lsa
avtobus deb ataladi.
Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining
ish hajmi bo‘yicha quyidagi
sinflarga bo‘linadi:
Dvigatel ishchi hajmi, litr Litraji 1,2 litrgacha
Mikro litrajli
1,2 litrdan 1,8 litrgacha
Kichik litrajli
1,8 litrdan 3,5litrgacha
O‘rta litrajli
3,5 litrdan yuqori
Katta litrajli
MDH davlatlarida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning dvigatel
hajmiga qarab sinflanishi quyidagicha: