Nikol-Jozef Kyunyo yaratdi (1-rasm).
Bu avtomobilida bug‘ dvigateli oldingi g‘ildiragiga o‘rnatilgan bo‘lib, oldingi
g‘ildirak ham yetakchi ham boshqariluvchi bo‘lgan. Bug‘ dvigatelining bunday
o‘rnatilishi aravani boshqarishda qiyinchiliklar tug‘dirardi, chunki g‘ildirak o‘ng
yoki chap tomonga burilganda u bilan birga katta hajmga ega bo‘lgan bug‘
qozoni ham buriladi.
1-rasm .
Kyunyoning bug‘ dvigateli bilan jihozlangan ekipaji.
Kyunyoning bug‘ avtomobili asosan yuk tashishga mo‘ljallangan bo‘lib
ko‘proq harbiy maqsadlarda (artileriya qurollari va snaryadlarni tashishda)
qo‘llanilgan. Avtomobilning umumiy og‘irligi 4 tonna bo‘lib, uning tezligi 3
tonna yuk bilan 2-4 km/soatni tashkil qilgan. Ushbu bug‘ avtomobilini dastlabki
yuk avtomobili deyish mumkin. Avtomobil ikki ot kuchiga teng bo‘lgan
quvvatga qiyinchilik bilan erishardi. Qozon katta hajmga ega bo‘lib, buning
bosimi tez orada pasayib qolardi. Bosimni bir maromda ushlab turish uchun har
chorak soatda to‘xtab olovni kuchaytirish kerak bo‘lgan. Bu muolaja
«kochegar» tomonidan amalga oshirilgan va ko‘p vaqt talab qilar edi.
Keyinchalik Kyunyoning bug‘ avtomobili muzeyga topshirilgan.
Mexanik
I.P.Kulibin 1791-yilda gollandiyalik Shamshurenkovning
«o‘ziyurar kolyaska» g‘oyasini rivojlantirib, inson muskuli yordamida harakatga
keladigan «samokatka»sini yaratdi. Rama ostida joylashgan maxovik ekipajning
ravon yurishini ta’minlaydi (2-rasm). Undan tashqari «samokatka»da tezliklar
qutisi va tormoz qurilmasi mavjud edi.
2-rasm .
Kulibinning «samokatka»si 1791-yil. Samokatning maksimal tezligi soatiga 30 kilometrni tashkil etib, kuzovga
ikki odam joylashishi mumkin bo‘lgan, uchinchi odam esa «samokat»ning
orqasida turib uni oyoqlari bilan harakatga keltirar hamda ekipajni boshqarar
edi. Kulibinning «samokatka»si avtomobilning yaratilishidagi muhim
ixtirolardan biri bo‘ldi.
XIX asrning 80-yilligiga kelib, Amerika, Buyuk Britaniya va boshqa
Yevropa davlatlarida neft qazib chiqarishning keng yo‘lga qo‘yilishi va neftni
qayta ishlash zavodlarining barpo etilishi, benzinli yoki dizel yonilg‘isida
ishlaydigan ichki yonuv dvigatellari bilan (ichki yonuv dvigateli – bunday
dvigatellarda issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylanish jarayoni
dvigatelning ichida amalga oshiriladi)
jihozlangan avtomobillarning takomillashishiga yetarli zamin tayyorlagan edi.
Germaniyadagi Reyn daryosi qirog‘ida joylashgan Mangeym shahri
dunyodagi birinchi avtomobilining vatani deb yuritiladi. 1885-yilning bahorida
Karl Bens ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan uch oyoqli o‘zi yurar aravani
yaratdi (3a-rasm).
3-rasm.