|
Kasbiy faoliyatni baholash
|
bet | 11/12 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 28,52 Kb. | | #144529 |
Bog'liq 113050 Маъруза № 3 (O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI)Kasbiy faoliyatni baholash.
Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati;
pedagogik tadqi qot metodlarini egallash qobiliyati;
mualliflik kontseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati;
ijodiy faoliyatda hamkorlik va o’zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
O’qituvchining individual qobiliyati.
Bu - ijodiy faoliyat sur’ati;
shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati;
qat’iyatlik, o’ziga ishonch;
mas’uliyatlilik, halollik, haqiqatgo’ylik, o’zini tuta bilish va boshqalar.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o’qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me’yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin):
innovatsion foliyatga bo’lgan zaruriyatni anglash;
ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik;
innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta’siri;
kasbiy refleksiyaga bo’lgan qobiliyat.
Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o’qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi. Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri-o’qituvchi shaxsidir. O’qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo’lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg’ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o’ch bo’lishi lozim.
O’qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo’nalishda amalga oshirilishi lozim:
yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
yangicha harakat qila olishga o’rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o’quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega. Innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o’rganish oliy maktab o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
|
| |