Linzalarning egrilik radiusini interferension xalqalar orqali xisoblash. Frenel




Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/127
Sana20.05.2024
Hajmi3,61 Mb.
#245676
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127
Bog'liq
Majmua Optika ZAXIDOV I

 
8.Linzalarning egrilik radiusini interferension xalqalar orqali xisoblash. Frenel 
ko'zgusi va biprizmasidagi interferension hodisalar. . Interferometrlardagi 
interferension manzaralar yordamida muxitlarning sindirish ko'rsakichi va 
konsentratsiyalarini topish. 
1. Ekranda to’lqin uzunligi λ=480 nm bo’lgan ikkita kogeren yorug’lik manbaining 
interferension manzarasi kuzatildi. Yorug’lik dastalaridan birining yo’liga sindirish 
ko’rsatgichi n = 1,46 bo’lgan eritilgan kvartsdan yasalgan yupqa plastinkani 
joylashtirilganda interferensiya manzarasi m=69 ta yo’lga siljidi. Kvarts plastinkaning 
qalinligi aniqlansin.(72 mm) 
2. Jamen interferometrining har ikkala dastasiga ham uzunligi l=10sm bo’lgan ikkala 
uchidan yassi parallel shaffof plastinkalar bilan yopilgan slindr shaklidagi trubka 
joylashtirilgan; trubkalardagi havo sorib tashlangan. Shu holda yorug’ va qorong’u 
yo’llar ko’rinishidagi interferension manzara kuzatildi. Trubkalardan biriga vodorod 
kiritilgandan keyin interferension manzarasi m = 23,7 ta yolga siljidi. Vodorodni 
sindirish ko’rsatkichi n topilsin. Yorug’likning to’lqin uzunligi 
λ 
= 590 nm.(1,000282) 
3. Jamen interferometrida uzunliklari l=15 sm dan bo’lgan ikkita bir hil trubka havo 
bilan to’ldirilgan. Havoning sindirish ko’rsatkichi n
1
=1,000292. Trubkalardan biridagi 
havoni atsetilen bilan almashtirganlarida interferensiya manzarasi m=80 ta yo’lga 
siljidi. Agar interferometrda to’lqin uzunligi λ=0,590 mkm bo’lgan monoxramatik 
yorug’lik manbaidan foydalanilgan bo’lsa, atsetilenning sindirish ko’rsatkichi n
2
aniqlansin.
4. Agar interferensiya manzarasi n=100 ta yo’lga siljigan bo’lsa, Maykelson 
interferometridagi ko’zguning ko’chishi aniqlansin. Tajriba to’lqin uzunligi λ=546 nm 
bo’lgan yorug’lik bilan o’tkazilgan. 
5. Argonning sindirish ko’rsatkichini o’lchash uchun Maykelson interferometrining 
yelkalaridan biriga uzunligi l=12 sm bo’lgan ko’ndalang kesimi yassi parallel 
sirtlardan iborat bo’sh shisha trubkani joylashtirdilar. Trubka argon bilan to’ldirilganda 
(normal sharoitda) interferensiya manzarasi m=106 ta yo’lga siljidi. Agar 


90 
yorug’likning to’lqin uzunligi λ=639 nm bo’lsa, argonning sindirish ko’rsatkichi n 
aniqlansin. 
6. Maykelson interferometrida interferensialanuvchi yorug’lik (λ=590 nm) dastalaridan 
birining yo’liga ikkala tomonidan ham berkitilgan uzunligi l=10 sm bo’lgan yuksak 
vakuumgacha havosi so’rib olingan shisha trubkani joylashtirdilar. Trubkani vodorod 
xlorid bilan to’ldirganlarida interferensia manzarasining siljishi roy berdi. Vodorod 
xloridni, vodorod bromid bilan almashtirganlarida esa interferensiya manzarasining 
siljishi ∆m=42 ta yo’lga ortdi. Vodorod bromid va vodorod xloridlar sindirish 
ko’rsatkichlarining farqi ∆n aniqlansin.(0,000124) 
7.Qaytgan yorug`likdagi Nyutonning ikkinchi va birinchi qora xalqalari orasidagi 
masofa 1 mm ga teng. O`ninchi va to`qqizinchi xalqalar orasidagi 
masofa aniqlansin. 
8.
Yassi qavariq linza qavariq tomoni bilan shisha plastinka ustida yotibdi. Qaytgan 
yorug`likda (λ=0,6 mkm) birinchi yorug` Nyuton xalqasi ko`ringan joydagi havo 
qatlamining qalinligi 
d
aniqlansin. 
9.
Qaytgan yoruglikda (λ=0,6 mkm) kuzatiladigan Nyutonning ikkinchi yorug` 
halqasining diametri 
mm. Tajriba uchun olingan yassi qavariq linzaning 
optik kuchi 
D
aniqlansin. 
10.
Optik kuchi F=2 dptr bo`lgan yassi qavariq linza yassi tomoni bilan shisha 
plastinkada yotibdi. O`tayotgan yorug`likda Nyutonning to`rtinchi qorong`u 
xalqasining radiusi 
mm. Yorug`lik to`lqinining uzunligi aniqlansin. 
11.
Nyutonning ikkita yorug` halqalarining diametrlari mos ravishda 
va 
 
=4,8
mm. Xalqalarning tartib raqamlari aniqlanmagan, lekin ikkita o`lchangan 
xalqalar orasida yana uchta yorug` halqa joylashganligi ma’lum. Halqalar qaytgan 
yorug`likda kuzatilgan (
500 nm). Tajriba uchun olingan yassi qavariq linzaning 
egrilik radiusi topilsin. 
12.
Shisha plastinka va uning ustida yotgan yassi qavariq shisha linza orasiga sindirish 
ko`rsatkichi shishaning sindirish ko`rsatgichidan kichik bo`lgan suyuqlik quyilgan. 
Qaytgan yorug`likda (
λ=700 nm
) kuzatilayotgan Nyutonning sakkizinchi qora 
halqasining radiusi 
2 mm. Linzaning qavariq sirtining egrilik radiusi 
R=1
m. 
Suyuqlikning sindirish ko`rsatkichi 
n
topilsin. 
13.
Nyuton halqalarini kuzatuvchi qurilmada qaytgan yorug`likdagi uchinchi qorong`u 
xalqaning (
k=3
) radiusi o`lchandi. Yassi parallel plastina va linza orasidagi bo`shliqni 


91 
suyuqlik bilan to`ldirganlarida shu radiusga tartib raqami bittaga katta bo`lgan halqa 
ega bo’ldi. Suyuqlikning sindirish ko`rsatgichi 
n
aniqlansin. 
14.
Nyuton halqalarini kuzatish uchun mo`ljallangan qurilmada egrilik radiusi 
m bo`lgan yassi botiq linzaning botiq sirtiga tomoni bilan qo`yilgan 
m egrilik radiusli yassi qavariq linzaga to`lqin uzunligi λ=0,5 mkm bo`lgan 
yoruglik normal ravishda tushadi. Qaytayotgan yorug`likda kuzatilayotgan 
Nyutonning uchinchi qora xalqasining radiusi 
aniqlansin. 
15.
Nyuton xalqalari egrilik radiuslari 
R=1
m dan bo`lgan qavariq tomonlari bilan 
jipslab qo`yilgan (linzalarning yassi sirtlari parallel) ikkita bir xil yassi qavariq linza 
yordamida kuzatilmoqda. Yorug`lik yuqoridagi linzaning sirtiga normal tushganida 
qaytayotgan yorug`likda (λ=660 nm) kuzatilayotgan ikkinchi yorug` xalqaning radiusi 
aniqlansin.

Download 3,61 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127




Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Linzalarning egrilik radiusini interferension xalqalar orqali xisoblash. Frenel

Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish