Rasm.1: Yarim to’lqin plastinka sxemasi




Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/127
Sana20.05.2024
Hajmi3,61 Mb.
#245676
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127
Bog'liq
Majmua Optika ZAXIDOV I

Rasm.1: Yarim to’lqin plastinka sxemasi. 
 
To’lqin plastinkaga kirayotgan chiziqli qutblangan yorug’lik to’lqin plastinkaning
optik o’qida ikkita to’lqinga ajralishi mumkin, parallel (yashil rangda tasvirlangan) va
perpendikulyar (ko’k). Plastinada parallel to’lqin perpendikulyar to’lqinga nisbatan
ancha sekinroq tarqaladi. Plastinaning qarama-qarshi tarafida parallel to’lqin
perpendikulyar to’lqinga nisbatan aniq yarim to’lqin uzunligiga tutib qolinadi.
 
Kerakli asboblar va ashyolar 
2 Chorak to’lqin plastinka ............................472 601


149 
1 Yarim to’lqin plastinka................................. 472 59
2 Polyarizasion filtr................................472 401
1 Sariq yorug’lik filtri….....................................468 30
1 Kremniyli fotoelement STE 2/19............... 578 62
1 Almashinadigan elementlar uchun tutqich............ 460 21
1 Multimetr METRAH Pro.............................. 531 282
1 Yarim shaffof ekran ................................... 441 53
1 Standart kesimli optik kursi 1 m …………460 32
7 Optik nasadka 60/34.................................460 370
1 Galogen lampa 12 V, 50/90 Vt....................450 64
1 Galogen lampa 12 V / 90 Vt ........................ 450 63
1 Tasvir uchun polzunok...................................... 450 66
1 Aylantirgich 2 12 V, 120 Vt................ 521 25
2 Juft sim 100 sm, qizil/ko’k………… .......... 501 46 
 
Tajriba qurilmasi 
Rasm. 2 da tajriba qurilmasi keltirilgan.
Izoh: Optik qurilma uchun kichik optik kursidan (460 43) yoki S1 (460 310) tipli optik
kursidan foydalanish mumkin
Nur yo’li boyicha izohlar:
- Galogen lampadan (a) chiqayotgan yorug’lik, kondensorda(b) konsentrasiyalanadi va 
optik komponentlarni qizishdan saqlash uchun xizmat qiladigan issiklikka chidamli
filtrdan o’tadi.
- Bundan tashqari fotoelementda namoyon bo’ladigan katta fon nurlanishi signalini
yuzaga keltiradigan infraqizil nurlanishni susaytiruvchi suv bilan to’ldirilgan (Rasm.2
da punktir chiziqlar bilan ko’rsatilgan) issiqlikdan saqlovchi filtr qo’llanilishi mumkin.

Download 3,61 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127




Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish