• Nazariy ma’lumotlar
  • -LABORATORIYA ISHI. LAZER OPTIKASI QURILMASIDA O’TKAZUVCHI




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/127
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,61 Mb.
    #245676
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127
    Bog'liq
    Majmua Optika ZAXIDOV I

     
    14-LABORATORIYA ISHI. LAZER OPTIKASI QURILMASIDA O’TKAZUVCHI 
    GOLOGRAMMANI OLISH
     
    Ishning maqsadi

    o’tkazuvchi gologrammani olish

    amplitudaviy gologramma bilan fazaviy gologramma orasidagi farqni va 
    ularga fotoximik ishlov berishdagi farqlarni bilish.

    o’tkazuvchi gologrammani o’zgartirish
    Nazariy ma’lumotlar
     


    146 
    Fotografiyada obektning olingan tasviri plyonkada muhrlanadi. Golografiyada esa obekt
    sirtidan qaytgan yorug’lik to’lqinlari plyonkada saqlanadi. Plyonkada nafaqat yorug’lik
    to’lqinining amplitudasi, balki uning fazasi ham yoziladi. Natijada gologrammada 
    obektning fazodagi har bir nuqtasining o’rni yoziladi. Gologrammani olish uchun lazer nuri 
    qo’llaniladi. Bunda u predmet va tayanch nurlarga ajraladi. Predmet nur obektni yoritadi. 
    Obektdan qaytgan nur plyonkada juda kichik va galma-gal keluvchi interferension tasvirni
    hosil qiladi. U yerda ular turli burchaklarda tushayotgan tayanch nur bilan kogerent bo’lgan
    ko’zgudan qaytgan nur bilan mos keladi. Interferensiya natijasida obekt bilan 
    o’xshashlik bo’lmagan va uning mavhum tasavvuri hisoblangan, qoramtir dog’lar,
    spirallar va xalqalarning noregulyar obrazlaridan tashkil topgan gologramma hosil 
    bo’ladi. Gologramma tiklanganda, mikroskopik naqshlardan difraksiyalanib qaytgan nurga 
    mos keluvchi yorug’lik nuri aslida obektdan dastlab qaytgan nur bilan aynan
    o’xshash. Shunday qilib kuzatuvchi obektning uch o’lchamli tasvirini ko’rishi mumkin.
    Plyonka fotoximiyoviy proyavka (naqshlarni ko’rinadigan qilish) qilinishi qanday
    amalga oshirilishiga qarab, gologrammalar ikki xilga ajratiladi:
    Amplitudaviy gologramma shakllanish jarayonida yuzaga kelgan shaffof va kumush
    donachalari bilan qoplangan shaffof bo’lmagan sektorlardan tashkil topgan. Fazaviy 
    gologrammada hosil bo’lgan qatlam uni oqartirish jarayonida noshaffofligini yo’qotadi.
    Oqartirish jarayonining o’ziga xos xususiyatiga qarab, shakl to’g’risidagi ma’lumot
    gologrammaning sindirish ko’rsatgichining o’zgarishida, qalinligida va sirtidagi to’lqin
    o’rkachida saqlanadi. Gologramma tiklanganda yorug’lik nurlari turli optik va geometrik
    yo’llar bilan shunday tarqalishi kerakki, turli to’lqinlar optik yo’llarining farqi bir xil 
    bo’lishi kerak. Bunday holatda gologramma faza boyicha modulyasiyalangan deyiladi. 
    Fazaviy gologrammalarda yorug’lik nuri yutilmaganligi sababli ular amplitudaviy 
    gologrammaga qaraganda ancha ravshanroq. Fazaviy gologrammalarning shu jihati
    amaliyotda qo’llanilishining boisidir.

    Download 3,61 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -LABORATORIYA ISHI. LAZER OPTIKASI QURILMASIDA O’TKAZUVCHI

    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish