147
– Agar zarur bo’lsa, nur ajratgichda ajratish nisbatini o’zgartiring. Buning uchun sferik
linzalarni optik asos bilan nur yo’nalishi tarafdan siljiting
va butun sistemani qayta
sozlang. Agar, o’tkir tushish burchagi sababli o’tuvchi lazer nuri
maqbul ajralish nisbatida nur ajratgichning qarama-qarshi tomoni o’rniga xira shisha
tomonida namoyon bo’lsa:
– Nur ajratgichni uni ushlab turgichga 180
0
ga burib o’rnating (uni chapdan o’ngga
buring; bunda ko’zguli tomoni lazerga qaragan bo’lishi kerak!).
Har doimdagidek,
shisha sirtlarga ochiq barmoqlaringiz bilan tegmang. Buning uchun paxtali qo’lqop
yoki tuksiz materiallardan foydalaning. Agar asosiy qaytuvchi nur to’g’ri plyonkaga
tushmasa, yuqori qaytaruvchi obektlar holida, gologrammalar sifatli bo’ladi.
– Siz obektni sekin burishingiz mumkin.
– Plyonkani ushlab turgichdan qog’ozni olib tashlang.
Tajribani o’tkazish tartibi
Plyonkani o’rnatish:
Qorung’u xonada mo’ljalni olish uchun och yashil yoki to’q
yashil
(yoki zangori-yashil) lampadan foydalanish kerak. Ammo, plyonka to’g’ridan to’g’ri
yoritilmasligi yoki u berkitilishi kerak. Lazerni uzing ( tajriba qurilmasi ekspozisiya
vaqtida vibrasiyalanishini oldini olish uchun ta’minlash
kuchlanishini lazerning ulab uzgichi bilan emas, balki pilot
tipli udlinitelning asosiy
ulab uzgichi yordamida uzing. Plyonkani ushlab turgich asosini(g) turg’unlashtirish
uchun barmoqlaringizdan foydalaning va tajriba qurilmasida plyonkani ushlab turgichni
ehtiyotlik bilan harakatlantiring.
– Xonani qorong’ulashtiring.
– Yorug’lik o’tkazmaydigan paketdan o’lcham boyicha qirqib olingan bitta plyonka
parchasini chiqarib oling. Bunda plyonkaning emulsion sirtini
shikastlantirmaslik uchun,
faqat plyonkaning chetlaridan ushlang.
– Kallagi taram-taram qilingan vintlardan foydalanib plyonkani ushlab turgich qisgichini
oching.
– Plyonka listini ushlab turgichga shunday mahkamlangki,
qurilmaga ushlab turgichni
qayta o’rnatganigizda plyonkaning qoplangan tarafi obekt tomonga qarasin.
– Qisgichni berkitib plyonkani batartib ushlab turgichga mahkamlang.
– Plyonkani ushlab turgich asosining turg’unligini ta’minlash uchun yana
barmoqlaringizdan foydalaning va plyonkani ushlab turgichni tajriba qurilmasiga
o’rnating.
– Qoplamani yoping.