• 15-LABORATORIYA ISHI. QUTUBLAGAN YORUG’LIKNI QONUNYATLARINI O’RGANISH. λ/2 VA λ/4 PLASTINKADAGI QUTUBLANISH QONUNYATLARI. Tajribaning maqsadi
  • O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/127
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,61 Mb.
    #245676
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127
    Bog'liq
    Majmua Optika ZAXIDOV I

    Ekspozisiya:
    Ekspozisiyaning optimal vaqti lazer nurining obektdan sochilishiga va
    gologramma tipiga bog’liq va u tajriba yo’li bilan aniqlanishi kerak. Lazer nurlanishi 
    quvvati 1 mVt bo’lganda fazaviy gologrammalar uchun ekspozisiya vaqti taxminan 5 s 
    dan 15 s gacha va bu vaqt qo’pol yaqinlashish sifatida qabul qilinishi mumkin. Amplitudaviy
    gologrammalar uchun ekspozisiya vaqti taxminan uch-to’rt marta qisqaroq. Ko’kimtir
    filtrlardan foydalanilganda 0,2 mVt lazer quvvati chegarasiga erishiladi, bunda
    gologramma sifati yomonlashadi, keyinchalik qo’shimcha aralashish hodisalari sababli va 
    ekspozisiya vaqti taxminan besh marta oshiriladi.
    - Plyonka va qurilmadagi zo’riqishlar so’nishiiga imkon berish uchun taxminan besh minut 
    kuting.
    - Ekspozisiya vaqti davomida plyonkaning sirtidagi interferension tasvirni o’zgartira olishi 
    mumkin bo’lgan ortiqcha hech narsa qilmang.
    - Pilot tipli udlinitel orqali lazerni ulab, uzib qurilmani qimirlatmasdan (masalan: ta’minlash 
    manbasining shnurini tortib) plyonkani ekspozisiya qiling.


    148 
    - Kojuxni oching va plyonkani ushlab turgichni tajriba qurilmasidan oling. Keyin qisgichni 
    ochib plyonkani ushlab turgichdan chiqarib oling. Plyonkani faqat chetlaridan ehtiyotlik 
    bilan ushlang.
    15-LABORATORIYA ISHI. QUTUBLAGAN YORUG’LIKNI QONUNYATLARINI
    O’RGANISH. λ/2 VA λ/4 PLASTINKADAGI QUTUBLANISH QONUNYATLARI. 
     
    Tajribaning maqsadi

    Qutublagan yorug’likni qonunyatlarini o’rganish.
     

    λ/2 va λ/4 plastinkadagi qutublanish qonunyatlari.
     
    Umumiy ma’lumotlar 
    To’lqin plastinka yoki sekinlashtirgich optik qurilma bo’lib, u undan o’tayotgan
    yorug’lik nurining qutblanish turini o’zgartiradi. Tipik to’lqin plastinka oddiy ikki
    yoqlama sindiruvchi kristall yoki qalinligi puxta tanlangan ikki marta sindiruvchi 
    polimer plyonkadir. Agar parallel yorug’lik nuri to’lqin plastinkaga perpendikulyar
    tushsa, ikki marta sindirish xossasi tufayli yorug’lik nuri ikkita komponentga ajraladi. Bu
    ikki komponentaning tebranish tekisliklari bir-biriga perpendikulyar va ularning fazaviy
    tezliklari bir-biridan bir oz farq qiladi. Chorak to’lqin plastinka uchun folganing qalinligi 
    shunday tanlanganki, yorug’lik elektr maydoni komponentining vektori yorug’lik tarqalishi 
    yo’nalishi atrofida yorug’lik chastotasiga teng tarzda aylanadi va boshqa perpendikulyar
    tebranayotgan yorug’lik komponentidan λ/4 fazaga orqada qoladi. Yarim to’lqin
    plastinka uchun qalinlik shunday tanlanganki, yuzaga keladigan λ/2 qiymatga ega
    bo’ladi. 
    Bu tajribada monoxromatik yorug’lik chorak to’lqin yarim to’lqin plastinkaga tushadi.
    Chiqayotgan yorug’likning qutblanishi to’lqin plastinkalar optik o’qi bilan tushayotgan
    yorug’lik yo’nalishi orasidagi turli burchaklarda tadqiq qilinadi. 

    Download 3,61 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan

    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish