• Rasm. 2 Spektrometr
  • O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/127
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,61 Mb.
    #245676
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127
    Bog'liq
    Majmua Optika ZAXIDOV I

    Qo’shimcha ma’lumotlar 
    Dispersiya sababli to’lqin plastinka fazalar farqini beradi va bu farq yorug’likning to’lqin
    uzunligiga bog’liq. To’lqin plastinkalar ma’lum to’lqin uzunligi diapazonida ishlash uchun 
    yaratilgan. Bu yerda qo’llanilayotgan to’lqin plastinkalar sariq yorug’lik uchun eng yaxshi 
    fazalar farqini beradi. Spektrning ko’rinuvchan sohasidagi o’rtamiyona
    dispersiya sababli chetlanishlar uncha katta emas. To’lqin plastinkalar yorug’lik 
    perpendikulyar tushganda eng yaxshi samara beradi. Yorug’lik nurining uncha katta
    bo’lmagan taralishi tajriba natijalariga ta’sir qilmaydi Polyarizatordan va chorak to’lqin 
    plastinkadan foydalanish boyicha qo’shimcha ma’lumotlarni 472 60 instruksiyadan 
    topishingiz mumkin.
     
     
     
    16-LABORATORIYA ISHI. PRIZMALI SPEKTROMETR YORDAMIDA INERT 
    GAZ VA METAL PARLARINING CHIZIQLI SPEKTRINI O’RGANISH. 
    Tajribaning maqsadi

    Spektrometr prizmasini sozlash.

    He-lampa bilan spektrometr prizmasini kalibrlash.

    “No’malum” chiziqli spektrni o’lchash.

    «No’malum» yorug’lik manbaini aniqlash.


    153 
    Rasm. 2 Spektrometr 
    a Teleskop b Kollimatorni siljitish uchun sozlash vinti, c Prisma stoli , d Teleskopni 
    siljitish uchun sozlash vinti , e Kollimator , f Spektrometrning asosiy qurilmasi,
     
    Spektrometrni sozlash 
    Aniq o’lchashlarni amalga oshirish uchun asbob puxtalik bilan sozlanishi kerak. Tirqish va 
    okulyar viziri aniq mos linza obektivining fokal tekisligida yotishi kerak. (teleskopik nur 
    yo’li) . Tirqish va prizma sirti teleskopning aylanish o’qiga parallel qilib to’g’irlanishi kerak.
    Ba’zi sozlash bosqichlari, hamda spektrlar chiziqlarini o’lchashni amalga oshirish xona
    bir oz qorong’ulashtirilganda oson kechadi.
    – Teleskopni (a), prizma stolini (c), va trubka tirqishini (kollimator) (e) gorizontal 
    yo’nalishda ko’z bilan chamalab to’g’rilang (Rasm.2 ga qarang).
    – Teleskop va kollimatorni yon tomonga sozlash vintlari (b), (d), yordamida
    markazlashtiring va keyin vintlarni qotiring. Sozlash vintlariini juda ko’p ochib
    yubormang, chunki ular teleskopni va kollimatorni tutib turadi. Teleskopni cheksizlikka 
    fokuslash:
    Izoh:
    Ko’rishida muammosi bor eksperimentatorlar, teleskop orqali uzoqdagi obektlarni
    yaxshi ko’radi; lekin bu holat teleskop cheksizlikka aniq o’rnatilganidan dalolat bermaydi. 
    Bunga qaramasdan, shu eksperimentatorning o’zi kollimator va teleskopni korrektirovka
    qilsa, aniq o’lchashlarni amalga oshirishi mumkin. Agar boshqa eksperimentatorlar 
    spektrlarni kuzatishni hohlashsa, okulyarni (a4) siljitish yo’li bilan fokusirovka 
    bajarilishi mumkin.
    – Okulyarni chiqarib oling (a4), yorug’lik manbaini (a3) teleskopga o’rnating va
    yorug’lik manbai uchun teshigini pastga qaratib okulyarni qayta o’rnating (Rasm. 3 ga
    qarang). Trubkadagi okulyarni siljitish (a4) orqali vizir kesishmaga qarating va zarur 
    bo’lsa, uni to’g’rilang. Yorug’lik manbai uchun teshik (a5) hali ham pastga
    qarab turganiga amin bo’ling. Gorizontal boyicha to’g’rilangan teleskopni markazni
    korrektirovka qilish dastasi(a1) bilan uzoqdagi obektga fokuslang(> 50.0 m) Agar o’rnatish
    to’g’ri bo’lsa, kuzatilayotgan obekt tasviri va vizir kesishma ikkalasi ham


    154 
    obektivning fokal tekisligida yotishi kerak, mumkin bo’lsa, kuzatilayotgan obekt bilan vizir
    kesishma o’rtasida parallaks bo’lmasligi lozim.

    Download 3,61 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan

    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish