• Teleskop optik o’qini spektrometr o’qiga perpendikulyar yustirovka qilish
  • O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/127
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,61 Mb.
    #245676
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127
    Bog'liq
    Majmua Optika ZAXIDOV I

     
    Yorug’lik manbaini sozlash: 
    Teleskopni kollimatorga yo’naltiring ( tirqishni bir oz oching). Yoritish mabaini (a3) U = 6 V 
    kuchlanishga ulang. Qotiruvchi vintdan ( a2 ) foydalanib, yoritish qurilmasini, okulyar 
    holatini o’zgartirmasdan, teleskopga shunday joylashtiringki, tirqishning ichi yaxshi 
    yoritilsin. Texnika xavfsizligi boyicha ko’rsatmalar Yoritish sistemasidagi He-lampa 
    uchun ruxsat etilgan kuchlanishdan oshirmaslik kerak (Umax = 8 V). Ish vaqtida spektral 
    lampa va korpus nihoyatda qizib ketadi. Lampani almashtirishdan oldin uning sovushini 
    kuting 
    Rasm. 3 Teleskop yoritgich bilan a1 fokusni sozlash dastasi, a2 yorug’lik manbaini 
    qotirish vinti, a3 yorug’lik manbai , a4 okulyar, a5 yorug’lik manbai uchun teshik 
    (ko’rinmagan) , a6 teleskopni balandlik boyicha sozlash vinti
    Fig. 4 Spektrometr yassi shisha plastina bilan birgalikda 


    155 
    a teleskop, c1 prizma stoli uchun vintlar, e Kollimator, g yassi shisha plastina tutgichda
    Teleskop optik o’qini spektrometr o’qiga perpendikulyar yustirovka qilish: 
    Yassi shisha plastinani prizma stoli markazidagi tutgichga (g), kollimatorga(e) nisbatan 45°
    burchak ostida shunday joylashtiringki, prizma stolining ikki sozlash vintlari
    boyicha o’tkazilgan (faraziy) chiziq yassi shisha plastinaning yon tomoni sirtiga parallel 
    bo’lsin (Rasm.4 ga qarang). Teleskopni (a) yassi shisha plastinaning biror bir yon qirrasiga
    perpendikulyar qilib shunday to’g’rilangki, vizir kesishma shu sirtda akslansin. Gorizontal 
    vizirni uning aksi bilan mos keladigan qilib sozlang. Bu sozlashni to’g’ri amalga oshirish 
    uchun, yarim farqni teleskop balandligini sozlash vinti (a6) (Rasm.3) orqali, boshqa yarim 
    farqni esa prizma stolini o’rnatish vinti (c1) orqali bajaring. Bu ikki amalni gorizontal 
    vizir va uning ko’zguli tasviri yassi shisha plastinadan ikki tarafda ham mos kelmaguncha
    takrorlang:
    1) Rasm.4 da keltirilganidek, ko’rish trubasini 180° ga vizir kesishma yassi plastinaning 
    qarama-qarshi tarafida akslanadigan qilib buring.
    2) Vizir kesishma va uning ko’zguli aksi mos kelishini tekshiring. Agar mos kelmasa,
    yuqorida keltirilganidek, yarim farqni teleskop balandligini sozlash vinti (a6) (Rasm.3)
    orqali, boshqa yarim farqni esa prizma stolini o’rnatish vinti (c1) orqali bajaring.
    Teleskop balandligini sozlash vintini (a6) kontrgaykadan foydalanib qotiring. Prizma 
    stolidan yassi shisha plastinani tutgichi bilan oling. Yoritish manbaini ta’minlash 
    kuchlanishidan uzing.

    Download 3,61 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan

    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish