|
Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
|
bet | 4/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2) Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
“Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi» fani umukasbiy fanlarining asosiy fanlaridan biri hisoblanib, o’quv rejasida rejalashtirilgan «Informatika» yo’nalishidagi hamda «Pedagogika», «Psixologiya», «Pedagogik texnologiyalar» fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Tinglovchilarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni ilmiy tekshirish ishlarini, ya’ni eksperementga, to’garak ishlariga, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarni o’rganish va ommalashtirishga, referatlar, ma’ruzalar, kurs ishlari va nihoyat bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish bilan materialni muammolar bo’yicha o’rganish tavsiya etiladi.
Fanning ta’limdagi o’rni
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi fanini puxta o’zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga, tinglovchilarning pedagogika faoliyati davrida ko’nikma sifatida xizmat qiladi. Tinglovchilarda fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligini o’rganish va amaliyotda o’quvlarga o’rgatish uslublarini o’rganishdan iborat. Metodika fanini o’rganish tinglovchilarni o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli xal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o’qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantiradi.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi fani o’quvchida darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, elektron materiallardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo’llash, interfaol usullarni, ta’limiy vositalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish muhim ta’limiy ahamiyatga ega.
|
| |