NAFAS YO'LI ORQALI YUQADIGAN KASALLIKLAR
Bu guruhga mansub kasalliklarda qo'zg'otuvchi mikrob bemor organizmidan nafas yo'llari orqali chiqib, havo-tomchi yo'li bilan tarqaladi. Sog'lom odam organizmiga mikrob nafas yo'llari orqali tushadi. Gripp, qizamiq, qoramiq, suvchechak va boshqa kasalliklar it guruhga kiradi.
GRIPP
Gripp - keng tarqalgan xastalik bo'lib, o'tkir kechishi, yaqqol ifodalangan intoksikatsiya, asab hamda yurak-tomir sistemasi faoliyatining buzilishi bilan kechadi. U yukumli kasalliklar ichida eng ko'p uchraydigan xastalik hisoblanadi.
Etiologayasi. Kasallik qo'zg'otuvchisi — virus. Uning A, A1 A2, V, S deb nomlanadigan turlari ma'lum. Ular bir-biridan antigen tuzilishiga ko'ra farq qiladi. Ayniqsa A turiga mansub viruslar vaqti-vaqti bilan tuzilishini o'zgartirib turadi. Unga xos ravishda virusning xususiyatlari ham o'zgaradi. Yangi xususiyatli virus paydo bo'lishi katta epidemiyalar va pandemiyaga sabab bo'ladi.
V va S turidagi viruslar kam uchraydi. Gripp viruslari tashqi muhitda unchalik turg'un emas. Kuyosh nurlari ta'sirida tez nobud bo'ladi. Xona sharoitida bir necha soatdan so'ng yuqish ehtimoli yo'koladi. Past harorat, ayniqsa 0°S dan past bo'lgan xaroratda virus uzoq saqlanadn. Keng qo'llanadigan dezinfeksiya vositalari: xloramin, xlorli ohak, formalin, kislota va ishqorlar ta'sirida gripp virusi tez nobud bo'ladi.
Epidemiologiyasi. Gripp barcha mamlakatlarda uchraydigan kasalliklar. Har 2-3 yilda gripp epidemiyalari takrorlanib turadi. Infeksiya manbai bemor hisoblanadi. Kasallikni "oyoqda o'tkazayotgan" — yengil turi bilan og'rigan bemorlar ham, yaqqol ifodalangan kasallik alomatlari mavjud bemorlar ham infeksiya manbai sifatida muhim o'rin tutadi. Ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida virus organizmdan juda ko'p ajraladi. Bemor aksirganida, to'talganida, gaplashganida virus havo zarrarchalari va so'lak tomchilari bilan atrof-muhitga tarqaladi. Yaqin atrofdagi odamlarga virus nafas yo'llari orqali tushadi. Axolining zich bo'lishi gripp tarqalishini osonlashtiradi. Yuqish mexanizmi oson bo'lgani uchun gripp qisqa vaqt ichida bir mamlakatlardan boshqa yurtlarga, hatto bir necha kityaga tarqaladi. Shu yo'l bilan gripp epidemiyalari va pandemiyalari kelib chiqadi. Pandemiyalar, davrida o'n millionlab odamlar u bilan kasallanadi va ma'lum qismi grippdan nobud bo'ladi.
Aholining barcha tabaqalari bu kasallikka moyil. Gripp bolalar va keksa yoshdagilarda og'irroq kechadi. Nimjon, turli hastaliklarga chalingan odamlar grippga oson chalinadilar va kasallik ularda og'ir kechadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarga kasallik kam yuqadi.
Gripp bilan kasallanish shahar aholisi orasida kishloqdagilarga nisbatan ko'proq qayd qiladi. Kasallik epidemiyalari asosan qish oylarida ro'y beradi.
Grippdan so'ng hosil bo'ladigan immunitet unchalik turg'un emas. U 3 yildan uzoq saqlanadi. Ikkinchidan, virusning bir turiga qarshi hosil bo'lgan immunitet boshqa xususiyatli virus yuqishidan saqlamaydi.
Klinikasi. Grippning yashirin davri juda qisqa, U bir necha soatdan 1-2 kungacha. Kasallik turli og'irlikda kechishi mumkin. Ko'pincha o'rta og'irlikda kechgan hollari qayd etiladi. Odatda qisqa muddatli boshlang'ich — prodroma davri bo'ladi. Sog'lom yurgan odamning to'satdan mazasi qochadi: eti uvishadi, lohas bo'ladi, isitmasi ko'tarila boshlaydi. Oradan 1-2 soat o'tgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon bo'ladi. Isitma qisqa muddat ichida 39-400S gacha ko'tariladi. Bu davrda bemor junjikib, sovqotadi. O'ralib yotsa ham tanasi isimaydi. Harorat ko'tarilib bo'lgach, bemor tanasi qiziydi, betoqat bo'ladi. Qo'l-oyoq muskullari, suyaklar qaqshab og'riydi. Bel sohasida ham og'riq bo'ladi. Bosh qattiq og'riydi. Ayniqsa boshning peshona va chakka qismlarida og'riq, kuchli bo'ladi. Va'zan bosh aylanib, ko'z tinishi kuzatiladi Uyqu buziladi. Ko'z soqqalari ham og'riydi, qizarib ketadi. Ko'zni harakatlantirganda og'riq kuchayadi.
Kasallik og'ir kechgan hollarda kungil aynashi, qusish holatlari kuzatiladi. Ba'zan burun qonaydi, tufuk va siydik qon aralash bo'ladi.
Grippning dastlabki soatlarida tomoq quriydi, bir narsa tiqilayotgandek seziladi, nafas olish tezlashadi. Kasallikning 2-kunidan boshlab burun bitib qoladi. Sillani quritadigan quruq yo'tal paydo bo'ladi. U tez takrorlanib turadi.
Bemorni ko'zdan kechirganda yuz-ko'zlari qizargan bo'ladi. Yuz biroz kerikadi. Kasallikning 3-4 kunidan so'ng lab va burun atroflarida uchuq toshgan bo'lishi mumkin. Qo'l va tana terisi ko'pincha qizargan bo'ladi. Og'ir holatdagi bemorlarda esa aksiicha, teri oqaradi, ba'zan ko'kimtir tusga kiradi. Tomoqni ko'rganda u tekiz qizargan bo'ladi. Og'iz shilliq qavati biroz qavaradi. Yumshoq tanglayda, ba'zan mayda kon quyilishlar paydo bo'ladi.
Burun shilliq qavatida giperemiya kuzatiladi, qavargan bo'ladi. Burundan tez-tez tiniq suyuqlik ajralib turadi. O'pkani eshitib ko'rganda ba'zan quruq xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshirilganda o'pkada bronxit alomatdari borligi ko'rinadi.
Tomir urishi tezlashada. Yurak tonlari eshitilishi sust bo'ladi. EKG da intoksikatsiya ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar aniqlanadi. Qonni tekshirganda leykopemiya, ECHT pasayishi xarakterli.
Gripp asoratsiz kechganda 3-5 kun ichida tana harorati pasayadi. Bemorning axvoli yaxshilana boshlayda. Ishtaxa paydo bo'ladi. 4-5 kundan so'ng yo'tal qamayib, balg'am ajraladi. Quvvati asta-sekin tiklanadi. 8-10 kundan so'ng bemor butunlay sog'ayib ketadi.
Keksalarda kasallik cho'zilib ketada. Ilgari mavjud hastaliklar: yurak, jigar, buyrak kasalliklari va boshqalar grippdan so'ng zo'rayadi. Grippdan o'lim ham asosan keksalar va bolalarda uchraydi.
Grippning o'zidan ham asoratlari og'ir. Meniktoensefalit grippning xavfli asoratlaridan hisoblanadi. Pnevmoniya esa eng ko'p asorati hisoblanadi. Periferik nervlariing shamollashi (nevrit, pleksit, radikulitlar), miokardit, piyelonefrit sh gaymorit kaba asoratlar ham uchrab turadi. Gripp asoratlari kasallikning o'tkir davrida yotish rejimiga rioya qilmagan, uni yurib "oyoq ustida" o'tkazgan bemorlarda ko'proq kuzatiladi.
Gripp boshqa resperator kasalliklardan shiddatli boshlanishi, intoketkatsiyaning kuchliliga, xaroratning qisqa muddatda ko'tarilib ketishi kabi klinik alomatlar bilan farq qiladi.
Tashhisi. Epidemiya davrida gripp diagnozini kasallikning klinik alomatlariga qarab qo'yish mumkin emas.
Laborator diagaostika maqsadida kasallikning dastlabki davrida bemor burni va tomog'idan surtma olib fiziologik eritmada laboratoriyaga yuboriladi. U yerda sinama olib, tovuq; tuqumiga ekish va ma'lum sharoitda o'stirib virusni topish mumkin. Erta tashxis qo'yish maqsadida lyuministent diagnostika usulidan foydalaniladi. Buning uchun tomoqdan olingan surtma maxsus jilo berilgan (fluoressirlangan) antitelo bilan aralashtiriladi. Uni lyuministent ostida ko'rilsa, antigen antitelo bilan qushilib, yadrosi yorqin rang beradi.
Gripp diagnostikasida serologik reaksiyalardan ham foydalaniladi. Gemagglutinatsiyani to'xtatish reaksiyasi (RTGA -reaksiya tormojeniya gemaglyutinatsii) va komplementni bog'lash reaksiyasi (KBR) shular jumlasidan. Bu reaksiyalarni qo'yish uchun bemorlardan 2 marta (kasallikning o'tkir davrida va oradan 10-14 kun o'tkazib) qon olinadi. Bunda keyingi olingan qonda reaksiya titra avvalgisidan kamida 4 marta ortishi kerak.
Davolash. Gripp bilan og'rigan har bir bemorni shifoxonaga yotqizib davolash shart emas. Gripp epidemiyasi davrida faqat kasallik og'ir holda kechayotgan bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Boshqa hollarda bemorlar uyida davolanadi. Bemor alohida xonaga yotqizib qo'yiladi. Kasallik avj olgan davrda bemor kamida 4-5 kun yotishi kerak. Bemor yetgan xona issiq xamda havosi tez-tez yangilatib turilishi zarur. Bemorga alohiada idish-tovoq, piyola ajratiladi. Ular har safar bemor foydalangandan so'ng yuvib, qaynoq suv bilan chayib yuboriladi. Bemorni parvarish qilayotganlar o'zlarini ehtiyot qilishlari uchun 4 qavatli dokadan tikilgan niqob tutib olishlari lozim. Uni xar 4 soatda almashtirib turiladi.
Grippni davolashda dastlabki kunlarda leykotsitar interferon foyda berishi mumkin. Gammaglobulin (3.0 ml dan) profilaktika maqsadida xam, og'ir hollarni davolashda ham ko'llanadi. Antibiotiklar asoratsiz kechayotgan grippni davolashda xech qanday naf bermaydi va tayinlanmaydi.
Davolash uchun simptomatik dorilar keng qo'llanadi. Og'riqni kamaytirish va isitmani tushirish maqsadida analgin, sitramon, amidopirin, aspirin, pentalgin kabi preparatlar buyuriladi. Ularni ovqatdan so'ng berish tavsiya etiladi. Zarur bo'lganda isitmani tushurish uchun peshonaga qisqa vaqt muz solingan xaltacha quyiladi. Yo'talni kamaytirishga terpingidrat, kodterpin, tusupreks kabi tabletkalar yoki altey damlamasiga eufillin qo'shib beriladi. Ko'krak qafasining orqa tomoniga xantal surtilgan qog'oz qo'yib turish yoki oyoqni xantal eritilgan issiq suvga 5-10 daqiqa solib o'tirish nafasni yengillashtarib, yo'talni xam biroz kamaytiradi.
Bemorga maxsus parhyez tayinlanmaydi. Lekin ishtaha pasayishini a'tiborga olib, ko'proq suyuq taomlar yeyishi tavsiya etiladi. Qaynatma va qovurma sho'rva, mastava, shirqovoq, ugra oshi, shirguruch, Shavla va boshqalar ham oson xazm bo'ladi. Bemor ko'proq suyuqliklar ichib turishi lozim. Shirchoy, limonli yoki murabbali choylar (aynqsa, malina va smorodina murabbolaridan) asal choy, xonadonda tayyorlangan kompotlarni iliq va issiq xolda tez-tez ichirib turish maqsadga muvofiq. Na'matak damlamasi xam yaxshi naf beradi. Uyqu oldidan qatiqqa qaynoq suv, biroz piyoz va muruch aralashgirib tayyorlangan qoqurum ichish yaxshi terlatadi, uykuni yaxshilaydi.
Bemor bor xonadonda vaqti-vaqti bilan isiriq, tutatib turish, oilada gripp tarqalishining oldani oladi.
Gripp asoratlari ro'y berganda, ularning' o'ziga xos davolash olib boriladi. Keksalar davolanganida yurak va o'pka faoliyatini yaxshilovchi dorilar (kordiamin, sulfokamfokain, korglyukon va boshqalar) qo'llanadi.
Oldini olish. Maxsus profilaktika maqsadida gripp mavsumi boshlanishidan oldin gripp vaksinasi bilan keng miqyosda emlash o'tkaziladi. Birinchi navbatda bolalar va keksa yoshdagilar emlanadi. Vaksina maxsus sukmushkda eritilib, buringa tomiziladi. Grippning oldini olishda, grippga qarshi gammaglobulin (3.0 ml m/o) qo'llash, burunga interferon tomizish, oksolin moyidan surtish, remantadin ichish xam yordam beradi.
Gripp epidemiyasi vaqtida maktabgacha bolalar muassasalari, internatlar, shifoxonalarda karantin e'lon qilinadi. Tibbiyot xodimlari, savdo va boshqa axoliga xizmat ko'rsatuvchi soxa xodimlari doka niqob tutib ishlashlari kerak.
Kasallik alomatlari bo'lgan bemor shifokorni uyga chaqirtirishi va yotib davolanishi kerak. Gripp epidemiyasida bemorga bir yo'la 7 kunga mexnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Qish faslida ochiq joyda ishlaydigan xizmatchilar uchun vaqti-vaqti bilan isinib turadigan xonalar bo'lishi kerak.
Shaxsiy profilaktika sifatida badanni muntazam chiniqtirish lozim.
MENINGOKOKKLI INFEKSIYALAR
Meningokokkli infeksiyalar — turli ko'rinishda namoyon bo'ladigan o'tkir yuqumli kasallik. U bakteriya tashuvchilikdan tortib, g'oyat shiddatli kechadigan, ko'pincha o'lim bilan tugaydigan, meningokokk sepsisigacha bo'lgan ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Har 10-15 yilda meningokokkli infeksiyalar epidemiyasi ro'y berib turadi va juda ko'p mamlakatlarga tarqaladi.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi meningokokk hisoblanadi. U 1887 yilda ilk bor aniqlanagan. Mikroskop ostida menigokokk juft holdagi loviya yoki kofe doni ko'rinishini eslatadi. Shu boisdan u gonokokk singari diplokokklardan xisoblanadi. Kattaliga 6-8 mikron. Meningokokk uchun 37° s juda qulay xarorat xisoblanadi, RN esa, 7.4-7.6, quritilgan tez nobud bo'ladi.
Meningokokklarning 7 ta serologik guruxi mavjud. Ular A, V, S, D, X, U, 2 xaflari bilan belgalanadi. Davriy ravishda ro'y beradagan epidemiyalar asosan A turi bilan bog'liq. Tashqi muxitda meningokokklar tez nobud bo'ladi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai odam xisoblanadi. havo-tomchi yo'llari bilan tarqaladi. Mikrobni tarqatuvchi asosiy manbai bakteriya tashuvchilar. Ularda kasallik alomatlari bo'shagani tufayli juda ko'pchilik odam bilan muloqotda bo'ladilar va mikrobni yuqtiradilar. Meningokokkli nazofaringit bilan og'rigan bemorlar xam kasallik tarqalishida muxim o'rin tutadilar. Ularga nisbatan meniigokokkli meningit bilan og'rigan bemorlardan atrofga meningokokklar juda ko'plab tarqaladi. Lekin bu toifa bemorlarda kasallik og'ir o'tgani sababli shifoxonaga erta yotqiziladi va epidemiologak ahamiyati keskin kamayadi.
Kasallik qish va bahor fasllarida kuproq uchraydi.Aholi zich yashaydigan va xavo namligi yuqori bo'lgan sharoiti meningokokkli infeksiyalar tarqalishi uchun qulay xisoblanadi. Yosh jihatidan ko'proq bolalar orasida ko'p qayd etilada. Epidemiya davrida usmirlar va yoshlar orasida ko'p uchraydi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri ko'pincha 2-3 kun, Meningokokkli meningitning maxalliy va tarqoq turlari mavjud.
Mahalliy turlariga meningokokk tashuvchilik xolati va meningokokkni nazofaringit kiradi. Birinchisida hyech qanday klinik alomatlar bo'lmaydi. Bunday kishilar, bemor atrofidagi muloqotda bo'lgan kishilarni bakteriologik tekshirin vositasida aniqlanadi.
Meningokokkli nazofaringit asosan yengil kechadi va ko'proq epidamiya davrida uchraydi. Bemor bosh og'rishi, quruq yo'tal, burun bitib qolishidan va tomoq qirilishidan shikoyat qiladi. Bazi xolarda burundan yiring yoki qon aralash shilimshiq ajraladi. Odatda isitma kuzatiladi. Og'irroq hollrda tana xarorati 38-39 S gacha ko'tarilishi mumkin Tomoqni ko'zdan kechirganda shilliq qavatlar qizargani va yallig'langani, bodomcha bezlari kattalashgani kuzatiladi.
Bemorlardan qon olib tekshirganda leykotsitlar soni ko'pincha biroz ko'paygani aniqlanada.
Meningokokkli nazofaringit asosan tuzalish bilan yakunlanadi. Ayrim xollarda infeksiya avj olib, tarqalib ketishi ya'ni meningokokksemiya yoki meningitga o'tib ketishi mumkin.
Meningokokk infeksiyasining tarqoq turlariga meningokokksemiya va meningokokkli meningit kiradi.
Meningokokksemiya — g'oyat og'ir kechadigan kasallik. Unda organizmda meningokokk sepsisi ro'y beradi. Kasallik to'satdan va shiddatli boshlanadi. Qisqa vaqt ichida et uvishib, isitma 40-41°S gacha ko'tariladi. Intoksikatsiya kuchli bo'ladi. Teri quruqlashadi, qo'kimtir tus oladi. Nafas olish va tomir urishi tezlashadi. Qon bosimi pasayadi.
Meningokokksemiyaning o'ziga xos belgilaridan biri terida toshma paydo bo'lishidir. Toshmalar kasallik boshlanganidan so'ng birinchi kun davomida yuzaga keladi. Toshmalar o'z tabiatiga ko'ra gemorragik toshma xisoblanadi, shakli xar xil. Ko'pincha noto'g'ri shaklli yulduzchani, ba'zan rozeola, papulani eslatadi. Kattaligi mayda, nuqtasimondan tortib, 10-15 sm2 gacha boradi. Toshma teri yuzasidan bo'rtib turadi, paypaslab ko'rganda qattiq bo'ladi. Dumba, son, tizza, qo'l va qovoq soxalarida toshmalar ko'p uchraydi (8-rasm).
Meningokokksemiyada gemorragik toshmalar ko'z oqi, konyunktivasi, burun, og'iz va xalqum shilliq qavatlari va nchki a'zolarga toshishi mumkin. Shuning uchun burun qonashi, qon qusish, siydik qon aralash (gematuriya) bo'lishi mumkin. Ko'zning muguz pardasi jarohatlanishi ham ba'zan uchrab turadi.
Meningokokksemiyada qonda leykotsitlar va neytrofillar soni keskin ortib ketadi. Bir mm3 qondagi leykotsitlar 16-18-20 minggacha borishi mumkin.
Kasallik erta aniqlanib, davolash to'la tashkil etilgan hollarda bemorning ahvoli 8-10 kundan so'ng yahshilana boshlaydi. Rozeolo petixiya toshmalar izsiz yo'qolib ketadi. Yirik gemorragiyalar bo'lgan joyda to'qima nekrozga uchraydi. Ularning o'rni chandiq bo'lib qoladi.
Ayrim holarda meningokokksemiya yashin tezligida boshlanib, bir necha soat ichida bemorning holi tang bo'lib qoladi. Qon bosimi butunlay tushub ketadi. Davolash kechiksa, 1-2 kun davomida o'lim bilan tugaydi.
Meningokokkli meningit o'tkir boshlanadi. Qisqa vaqt ichida isitma yuqori ko'rsatkichlarga yetadi, bemor sovqotadi. Qusish xarakterli hisoblanadi. U ovqat iste'mol qilish bilan bog'liq bo'lmaydi. Bir necha soat ichida meningit (miya pardasining shamollaniish) alomatlari paydo bo'ladi. Bemor betoqat, jonsarak bo'ladi, alahlaydi. Boshi qattiq og'riyotganidan shikoyat qiladi. Og'irroq xollarda u xushidan ketadi, tirishishlar kuzatiladi. Bemor shu kasallikka xos majburiy holatni egallaydi. Uning boshi orqasiga tortib ketgan, oyoqlari buklanib, tizzasi qorniga tiralgan, ko'pincha ko'zlari yumuq bo'ladi. Meningitga xos bo'lgan ensa mushaklarining tarangligi, Kernig va Brudzinskiy alomatlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Teri sezuvchanligi keskin ortadi. Hatto terini paypaslash ham og'riq qo'zg'otadi.
Og'irroq hollarda kalla-miya nervlari jarohatlanishi tufayli ko'zda g'ilaylik, yuz nervi falajiga xos alomatlar (og'iz qiyshayishi bir tomonlama pastki qovoq osilib turishi va x.k.) kuzatiladi.
Laboratoriya diagnostikasi maqsadida bakteriya tashuvchilik va nazofaringitni aniqlash uchun burun va tomoqdan sterillangan pilik bilan aloxida ravishda surtma olinadi. Uni qurib qolmasidan tezda laboratoriyaga yotqizishadi.
Meningitda laboratoriya diagnostikasi maqsadida orqa miyadan suyuqlik oqib tekshiriladi. Bu kasallikda orqa miya suyuqligi ignadan bosim orqali otilib yoki tez tomchilab chiqadi. Chiqayotgan suyuqlik tiniq bo'lmaydi, bazan yiringli bo'ladi. Shu suyuqlikdan sterillangan probirkaga olib, laboratoriyaga jo'natiladi. Laboratoriyada undan surtma tayyorlab mikroskop ostida meningokokklarni topishi mumkin.
Meningitda orqa miya suyuqligi tarkibida globulinlar miqdori ortib ketadi. Uni Pandi va Nonne-Apelt reaksiyalari vositasida aniqlanadi. Reaksiya natijasi, tekshirilayotgan suyuqlik qo'shilgan eritma rangi qanchalik loyqalashiga qarab 4 darajaga bo'linadi. Ular + belgisi bilan aniqlanadi. ++++ belgisi orqa miya suyuqligida globulinlar g'oyat ko'pligidan darak beradi.
Davolash. Meningokokkli infeksiya shubha qilingan bemor shifoxonaga yotqizib davolanadi. Davolash serqirra bo'lishi va imkoniyat boricha erta boshlanishi kerak.
Bakteriya tashuvchilik va meningokokkli nazofaringitni davolashda 5 kun davomida levomitsetin yoki ampitsillin kabi preparatlar ichishga beriladi. Nazofaringitni davolashda, shuningdek, tomoqni borat kislotasining 2% li yoki furatsillinning 0.02 % li eritmasi bilan chayish zarur. Fizioterapevtik vositalardan ham foydalaniladi.
Meningokokksemiya va meningitni davolashda asosiy vosit penitsillin hisoblanadi. U katta dozalarda va kuniga 6 marta (bolalarga 8 marta) yuboriladi. Bemorning har bir kilofam vazniga kuniga 200.000-300.000 TB gacha yuboriladi. Shu hisobdan olganda katta yoshdagilar kuniga 12-18 mln TB gacha penitsillin oladi. Dorini dastlab vena tomiri orqali ham yuborish mumkin. Davolash 5-8 kun davom etadi.
Penitsillin naf bermagan yoki u kamyob bo'lgan hollarda levomitsetin-suksinat tayin qilinadi. U har bir kg vazinga sutkada 50-100 mg dan har soatda muskul orasiga yuboriladi. Davodash kursi 6-8 kun.
Antibiotiklar bilan bir qatorda patogenetik davolash ham olib boriladi. Intoksikatsiya kamaytirish maqsadida Ringer -eritmasi, gemodez, glukoza eritmalari tomir orqali yuboriladi. Lekin organizmda ortiqcha suyuqlik yig'ilmasliga uchun o'z vaqtida siydikni haydovchi preparatlar qo'llab turiladi.
Bemorni tinchlantirish maqsadida promedol, aminazin, dimedrol (yoki pipolfen) aralashmasidan kuniga 2-3 mahal muskul orasiga yuboriladi. Boshqa dori-darmonlar zaruratga qarab tayinlanadi. Bemorni yahshi parzarish kilish lozim. Ovqat yuta olmaganida zond orqali sun'ny ovqatlantiriladi.
Shifoxonadan chiqib ketish oldidan bemorning burni va tomog'idan surtma olib bakteriya tashuvchilik bor-yuqligi aniqlanadi. Oldini olish. Tor va nam xonalarda odamlar g'uj bo'lib yashamasliklari kerak. Xonani tee-tez shamollatib turish lozim. Tomog'ida surunkali kasalligi bor odamlar vaqtida davolanib olishi maqsadga muvofiq. Maxsus profilaktika maqsadida meningokokk vaksinasini qullash mumkin. Uning epidemiologik samarasi yetarli emas.
QIZAMIQ
Qizamiq — umumiy intoksikatsiya, nafas yo'llari, ko'z, og'iz shilliq qavatlarining yallig'lanishi va terida dog'li toshma toshishi bilan kechadigan g'oyat yuqumli kasallik.
Qizamiq insoniyatga uzoq davrlardan ma'lum. U kichik yoshdagi bolalar orasida ko'p uchraydigan, og'ir kechadigan va o'lim hollarini yuqori bo'lgan kasallik hisoblanardi. Jumladan, Ovrupoda 1900-1910 yillar davomida qizamiqdan bir million bola nobud bo'lgani to'g'risida malumotlar bor. Yoshi, irqi, yashash joyi va ijtimoiy ahvolidan qatiy nazar, barcha kishilar qizamiqqa moyil hisblanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi - virus. U qavariq shaklda bo'lib, diametri 120-250 nm. Virus antigenlari to'qima hujayralarini jarohatlash (sitopatik tasir) hususiyatiga ega. Tibbiy sharoitda qizamiq virusi faqat odamlarda kasallik paydo kiladi. Laboratoriya sharoitida sun'iy ravishda faqat maymunlarga yuqtirish mumkin.
Tashqi muhitda qizamiq virusi ultrabinafsha nurlar ta'sirida tez nobud bo'ladi. Past labaroratda, ayniqsa muzlatilganda uzoq saqlanadi. Antibiotiklar qizamiq virusiga tasir qilmaydi. Interferon tasirida virus nobud bo'ladi.
Epidemiologayasi. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi. Bemor kasallik yashirin davrining oxiridan boshlab, butun orodroma davri mobaynida va terida toshma paydo bo'lganida so'ng 1-2 kungacha virusni atrofidagalarga ko'p tarqatadi. Keyinchalik bemorning infeksiya manbai sifatidagi ahamiyati kamayadi. Bemor kasallikning dastlabki davrlarida gaplashganida, yo'talganida va aksirganda so'lak zarrarchalari bilan atrofga ko'plab virus tarqatadi. Virus 10 metr masofagacha tarqalib, sog'lom odamlarga yuqishi mumkin.
Sog'lom kishi organizmiga virus nafas yo'llarn orqali tushadi, yani havotomchi yo'li bilan tarqaladi. Kupchiliq qizamiq bilan yoshligida kasallanishi sababli, katta yoshdagalarda u kam uchraydi. Bolalarni qizamiqqa qarshi yoppasiga emlash yo'lga qo'yilganidan beri, qizamiq emlanmay holgan katta yoshdagilar orasida ham uchrab turadi. Kasallikdan so'ng turg'un (butun umr saqlanadigan) immunitet hosil bo'ldi.
1967 yildan boshlab kichik yoshdagi bolalar respublikamizda qizamiqda qarshi yoppasiga emlana boshladi. Buning natijasida bolalar orasida qizamiq kasalligi keskin kamaydi.
Klinikasi. Qizamiq kasalligi kechishida davriylik yaqqol seziladi. Xastalik kechishi 4 davrga bo'linadi: yashirin davr, prodroma (katar) davri, toshma toshishi va toshish yo'qolishi davrlari.
Kasallikning yashirin davri o'rta hisobda 9-11 kun, ba'zan 3-4 haftagacha boradi. Gammaglobulin olgan bolalarda yashirin davr uzoqroq bo'ladi. Bu davrda ba'zan qisqa muddatli xarorat ko'tarilishi, tumov alomatlari, qovoq kerikishi, ishtaha yo'qolishi, serxarxashalik kabi alomatlar bo'lishi mumukin.
Prodroma davrida kasallikka xos bo'lgan alomatlar paydo bo'ladi. U odatda 3-4 kungacha davom etadi. Bu davr umuman intoksikatsiya va nafas yo'llarining yallig'lanish alomatlari bilan boshlanadi. Tana xarorati 38-39S gacha ko'tariladi. Bola lanj bo'ladi, ko'p yig'laydi. Ishtaxasi yo'qoladi, ko'z va og'iz shilliq qavatida kataral yallig'lanishi ro'y beradi. Burun bitib qoladi, ko'plab ba'zan tinimsiz ravishda suyuqlik oqib turadi. Bola ko'p aksiradi. Hiqildoq kekirdak va bronxlar yallig'lanishi tufayli quruq, qisqa yo'tal paydo bo'ladi. U tez takrorlanib turadi (xalq iborasida quv-quv yo'talish). Ovozi bo'g'ilib qoladi.
Ko'z konyunktivasi yallig'lanadi. U qizarib ketadi, qavaradi, tomirlari kengayadi. Ko'zdan yosh oqib turadi. Bemor yorug'likka karay olmayda. 1-2 kundan so'ng ko'z va burundan oqayotgan suyukdik yiring aralash bo'ladi.
Bemorning yuz-ko'zi, burun va lablari kerikadi. Prodromaning 2-3 kunida og'izda lunj shilliq qavatida mayda, oq rangli, nuqtasimon, biroz turtib turadigan toshmalar paydo bo'ladi. Bunday toshmalar qizamiqqa xos belgi hisoblanadi. Ularni Belskiy - Filatov Kuplik dog'lari deb ataladi. Ba'zan toshmalar juda ko'p bo'lib, og'iz shillik, qavatini butunlay qoplaydi. Bu toshmalar 2-3 kundan so'ng yo'qolib, o'rnida qizgish dog' qoladi.
Og'izda toshmalar paydo bo'lgan muddatda qattiq tanglay, murtaklar yuzasi za halqumning orqa devorida enantema - mayda, qizil rangli qon quyulishlar ham paydo bo'ladi.
Toshma toshish davri 3-4 kun davom etadi. Bu davrda isitma qaytadan ko'tariladi va 39-40 S ga boradi. Intoksikatsiya alomatlari ham kuchayadi. Bolaning ishtahasi yo'qoladi. Ko'zidan yiring aralash suyuqlik ko'p ajaralgani tufayli, uyqudan so'ng bola ko'pincha kuzini ocha olmaydi. Og'iz shilliq qavatidagi toshmalar qolmaydi. Yo'tal davom etadi, lekin biroz yumshayda.
Shu davrda qizamiqqa va juda xos bo'lgan teri toshmalari paydo bo'ladi. Toshma avval kuloq orqasi va burun ustida paydo bo'lib, 24 soat ichida bosh, bo'yin, yuz va kukrakning yuqori o'tadi. Ertasiga toshma butun tanaga, 3-kuni qul va oyoqarga tarqaladi. Toshma ostidagi teri rangi o'zgarmaydi.
Toshma dastlab mayda dog' shaklida paydo bo'ladi. Keyin u biroz kattalashib, teri yuzasidan ko'tarilib turadi (dog'li papula ). Ba'zan toshma juda ko'p bo'lib, tutashib ketadi va deyarli terini sog' joyi qolmaydi (tutash eritema). Toshma lolarang bo'ladi, yaltirab turadi, ba'zan teri qichishadi.
Toshma yo'qolishi davrida isitma tusha boshlaydi. Bolaning ahvoli yaxshilana boradi, kataral alomatlar kamayib, yo'qoladi. Tumov va yo'tal ham to'xtaydi. Aynan shu davrda teridagi toshmalar ham yo'qola boradi. Ular qaysi tartibda toshgan bo'lsa, shu tartibda yo'qoladi. Dastlab toshma rangi qo'ng'ir tus oladi va qavarig'i yo'qoladi (teri bilan tekis bo'lib qoladi). Bunday qo'ng'ir dog' terining tarang qilganda yoki bosib ko'rilganda yo'qolmaydi. U 1.5-3 xaftadan so'ng butunlay yo'qolib ketadi.
Teridagi toshmalar yo'qolish davrida kepaksimon po'st tashlash kuzatiladi. Bunday po'sloqchalar ayniqsa, yuz, bo'yin va tanadan ko'p to'kiladi. Kaft va tavonda xech qachon bo'lmaydi.
Ba'zan gammaglobulin olgan yoki qizamiqqa qarshi emlangan odamlarda ham qizamiq uchrab qoladi. Bunday xollarda kasallik qisqa muddatlarda va yengil o'tadi.
O'pka shamollashi qizamiq kasalligida eng ko'p uchraydigan asoratlardan xisoblanadi.
Tashxisi. Qizamiqda kasallikka xos alomatlarning aniq davriylik asosida paydo bo'lishi va yo'qolishi, toshmalarning ko'rinishi va epidemiologik ma'lumotlarga qarab tashxis qo'yish qiyin emas.
Laboratoriya diagnostikasi uchun ayrim shubxali hollarda juft qon zardobi olinib, RTGA serologik reaksiyasi qo'yladi. 7-10 kun oralatib olingan 2-zardobda antitelolar titri kamida 4 marta ortishi kerak.
Davolash. Qizamiqni davolash uchun maxsus dorilar yo'q. Hozirgi vaqtda kasallik unchali ko'l uchramagani sababli qizamiq bilan og'rigan barcha bemorlar shifoxonaga yopqizib davolanadi. Kasallik avj olgan davrda yotish rijimiga rioya qilish kerak. Terini iliq suvda xo'llangan latta bilan artib turiladi. Bolaning ko'zi kuniga bir necha marta iliq suv yoki 2 % li borat kislota eritmasi bilan yuvib turiladi. Undan so'ng kuniga 2-3 marta 10 % li albutsid eritmasi yoki qizdirib sovutilgan baliq moyidan 1-2 marta tomizib turiladi.
Burun bitib qolganda 2% li efedrin eritmasidan kuniga 2-3 marta 1-2 tomchidan tomiziladi, keyin borat kislota aralashtirilgan vazelin surtiladi. Og'izni ovqatdan so'ng iliq suv yoki 2% li soda eritmasi bilan chayib turiladi.
Beriladigan taomlar ko'proq suyuq holda oson xazm bo'ladigan qilib pishiriladi. qatiq, suzma, sariyog' berib turiladi.
Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida tomirga gemodez, Reopoliglyukin tomchilab yuboriladi. Og'ir xollarda qisqa muddatga gormonal preparatlar (prednizolon, gidrokortizon) tayinlanadi. Vitamin A va V guruxga mansub vitaminlar, askorbin kislotasi buyuriladi.
O'pka shamollashi qo'shilganida ampitsillin, gentamitsin klaforan, sefamizin kabi antibiotiklar qo'llanadi.
Kasallikning oldini olish. Aniqlangan bemor darhol alohidalanadi. U bilan muloqotda bo'lgan, lekin qizamiqqa qarshi emlanmagan kishilar 17 kungacha tibbiy kuzatuv ostida bo'ladilar. Gammaglobulin olgan bolalar 21 kun kuzatuvda bo'ladi, bog'chaga qabul kilinmaydi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan, emlanmagan bolalarga darhol 3 ml qizamikqa karshi gammaglobilindan muskul orasiga yuboriladi.
Maxsus profilaktika maqsadida emlash taqvimi asosida xamma bolalar qizamiqqa qarshi vaksina bilan emlanishi kerak. Respublikamizda mavjud taqvimga muvofiq har bir bola 9 va 16 oyligida qizamiqqa qarshi vaksina olishi lozim. Emlanishi lozim bo'lgan bolalarning 90 foizidan ortig'i emlangan taqdirdagina jamoa immuniteti yaxshi bo'ladi va kasallanish keskin kamayadi.
|