• 6-ilova Mavzu: Defektalogiya fani uning predmeti, maqsad va vazifalari.
  • Tadqiqotning maqsadi
  • Tadqiqotning ob’ekti
  • Tadqiqotning ilmiy farazi
  • Oʻquv mashg‘ulotining oʻqitish texnologiyasi modeli




    Download 169,63 Kb.
    bet5/6
    Sana23.01.2024
    Hajmi169,63 Kb.
    #144011
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Yap yangi 465
    1113, fanlar, 3D qushlar@yetakchi uchun, 2-noyabr kuni hisoboti, 4-oktabr kuni bayoni Adolat qutisi bayoni, ISHCHI DAStur MT info, to\'garak ma\'lumot, Betlik, 17 Optic disklar bilan ishlash, 7 Tizimli blokni qismlarga ajratish, 2 Shaxsiy kom asosiy qurilmalari., 5 Ish joyida shaxsiy kompyuterning periferiya qurilmalarni ulash va o\'rnatish, TERCUME4 lotin
    Defektologiya (lot. defectus -nuqson va ...logiya) — jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini oʻrganish, ularga maxsus taʼlim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni yoʻqota borish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan

    Defektalogiya fani nimani o‘rgatadi ?

    5-ilova



    6-ilova
    Mavzu: Defektalogiya fani uning predmeti, maqsad va vazifalari.

    1Kirish. Fanning maqsad va vazifalari.


    2 . Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion, kompensatsiya, adaptatsiya (moslashish), reabilitatsiya ishlari .
    3 Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Sensor nuqsonli bolalar

    Respublikamizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi davlatimz kelajagiga mustahkam poydevar qurishdan iborat. Bu poydevor sog’lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Ta’lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda o’z samarasini bermoqda. Mazkur huquqiy me’yoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta’lim-tarbiyasini ham qamrab olgan.Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormokda.Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo’lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi.Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o’qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o’z oilasidan uzokda bo’lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmokdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmokda.Biroq inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati to’g’risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integrasiyalashgan» atamalari ko’pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor.Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integrasiyaga qarab qo’yilgan birinchi qadamdir.Integrasiyalashgan ta’lim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.Integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud:


    A) Jismoniy integrasiya. Integrasiyaning bu shakli nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo’lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.
    B) Funksional integrasiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan.
    V) Ijtimoiy integrasiya. Itegrasiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi o’zaro aloqani qo’llab – quvvatlaydi.
    G) Jamiyatga integrasiya qilish kabilar.
    Integrasilashgan talim tizimining bir qator quyidagicha chegaralangan tomonlari mavjud:Umumta’lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish imkoniyati bo’lmaydi.Umumta’lim maktab pedagogi maxsus mayetodikani bilmaganligi sababli imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi.umumta’lim maktablarida tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot uskunalar bo’lmaydi.Sinfda o’quvchilar soni 25 tadan-35 gacha yetadi va oqibatda ularning barchasiga ko’p vaqt ajrata olmaydi.Umumta’lim maktablarda o’quvchilarda maxsus malaka va ko’nikmalarni shakllantirish uchun mutaxassislar bo’lmaganligi sababli, imkoniyat topish qiyin.Umumta’lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo’lmaydi. Inklyuziv ta’lim tizimi integrasilashgan ta’lim tizimidan uzinig mazmun – moxiyati, maqsadi, vazifalari va harakat dasturi bilan farqlanadi.Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir.Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi. Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi , rivojlanadi, ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan.Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab–quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.
    «Inklyuziv ta’lim” o’z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator quyidagi vazifalarni hal etadi:
    - inklyuziv va integrasiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish;
    -inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;
    -inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va bu muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish;
    -inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashnig asoslarini o’rganish;
    -inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini taxlil qilish;
    ish tajribalarini taxlil qilish kabilardan iborat.
    Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va ustivor vazifalarini belgilab oldik.

    Tadqiqotning maqsadi: jamiyatda nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim.

    Tadqiqotning ob’ekti: Jizzax maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari tanlandi.

    Tadqiqotning predmeti: sifatida maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o`rganish belgilandi.

    Tadqiqot vazifasi: Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayon belgilandi.

    Tadqiqotning ilmiy farazi:
    Inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va bu muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish, tadbiq etish texnologiyalari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilsa ko`zlangan natijaga erishish mumkin.



    Bolalar lug‘atini folklor elementlari (qo‘zim, toychog‘im, ona qizim) bilan ham boyitish darkor, chunki ma‘lum xollarda (qayta hikoya qilish mashg‘ulotlari, ertak to‘qish, sahnalashtirish, o‘yinlar va boshq.) ular bolalar nutqiga kiritish uchun ataylab taklif qilinadi.
    Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so‘z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to‘plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‘zini qurshab turgan olamni bilishga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi.

    Download 169,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 169,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻquv mashg‘ulotining oʻqitish texnologiyasi modeli

    Download 169,63 Kb.