104
14-Amaliy mashg‟ulot
Mavzu: Gamilton marshrutiga asoslangan shifrlash va IPSec shifrlash
protokolini sozlash.
Kirish: Gamilton marshrutlariga asoslangan usulda ham o‘rin
almashtirishlardan foydalaniladi. Ushbu usul quyidagi qadamlarni bajarish
orqali amalga oshiriladi.
Ishdan maqsad: Mazkur amaliy ishni bajarish
jarayonida talabalar
Gamilton marshrutiga asoslangan shifrlash usuli bo‘yicha amaliy bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Kerakli jixozlar: Kompyuter,
dasturlar ixtiyoriy, printer, daftar, A4
formatdagi oq qog‘oz.
Qisqacha nazariy ma‟lumot:
1-qadam. Dastlabki axborot bloklarga ajratiladi. Agar shifrlanuvchi
axborot uzunligi blok uzunligiga karrali bo‘lmasa, oxirgi blokdagi bo‘sh
o‘rinlarga maxsus xizmatchi simvollar-to‘ldiruvchilar joylashtiriladi (masalan,
*).
2-qadam. Blok simvollari yordamida jadval to‘ldiriladi va bu jadvalda
simvolning tartib raqami uchun ma‘lum joy ajratiladi. (14.1 - rasm)
3-qadam. Jadvaldagi simvollarni o‘qish marshrutlarning biri bo‘yicha
amalga oshiriladi. Marshrutlar sonining oshishi shifr kriptoturg‘unligini
oshiradi. Marshrutlar ketma-ket tanlanadi yoki ularning
navbatlanishi kalit
yordamida beriladi.
4-qadam. Simvollarning shifrlangan ketma-ketligi belgilangan L
uzunlikdagi bloklarga ajratiladi. L kattalik 1-qadamda
dastlabki axborot
bo‘linadigan bloklar uzunligidan farqlanishi mumkin.
Deshifrlash teskari tartibda amalga oshiriladi. Kalitga mos holda
marshrut tanlanadi va bu marshrutga binoan jadval to‘ldiriladi.