Maktabgacha kichik yoshdagi bоlalar nutqini o`stirish vazifalari




Download 0,68 Mb.
bet8/189
Sana06.06.2024
Hajmi0,68 Mb.
#260946
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189
Bog'liq
болалар нутқини ўстириш мажмуа

Maktabgacha kichik yoshdagi bоlalar nutqini o`stirish vazifalari. Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg’u,xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o’zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o’yin, predmetlar va o’yinchoqlar bilan tajriba o’tkazish, qog’ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo’shilib ketgan, so’ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog’liq bo’lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko’rinishiga ega bo’ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo’lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o’rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turlik o’rinishda namoyon bo’ladi: ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig’lab yuboruvchi bo’lib qoladilar; boshqalari esa –negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi.

Bola hayotining to’rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.)ishtirokchisi, o’yindagi sherik sifatida qolaveradi. Bola tengdoshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va tengdoshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar teng doshlarining hadeb u yoki bu narsani so’rab, jonga tegishini salbiy baholaydi.
Besh yoshga kelib, teng doshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalar
Jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o’yinlarga bo’lgan ehtiyoj keskinortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o’z tengdoshlari o’rtasida o’z o’rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ ko’nikma rivojlanadi: bola salomlashadi va xayrlashadi, do’stini ismini aytib chaqiradi, to’rt-besh yoshlarga kelib – sherigini u o’ynayotgan rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g’ildirakning tagiga tushib ketdi»). Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o’zining «men» ini anglash imkonini beradi.

Download 0,68 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189




Download 0,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha kichik yoshdagi bоlalar nutqini o`stirish vazifalari

Download 0,68 Mb.