• Kurs ishining predmeti
  • Kurs ishining vazifalari
  • KIRISH Mavzuning dolzarbligi




    Download 1.36 Mb.
    bet3/14
    Sana28.05.2022
    Hajmi1.36 Mb.
    #22198
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Berdiyeva Nilufar Anvar qizi (2)
    ABDULLA-AVLONIY, 6-sinf adabiyot qisqa ma\'lumotlar, Mundarija
    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat insonlardan tashkil topgan.Inson yashar ekan o’z hayotini yaxshi bo’lishi, yaxshi yashashi va farovon yashashi uchun tinmay harakat qiladi. Lekin o’sha harakatlari to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi ,hayotining moddiy tomonlama qondirilayotgan ehtiyojlari haqiqiiy mehnati evaziga kelayotgani uning haqiqiy inson ekanligidan dalolat beradi. Lekin insoniyatda , ayniqsa davlat idoralarida, tashkilotlarida faoliyat yuritayotganlar brinchi navbat o’z manffatlarini juda ham yuqori darajaga qo’yishlari bu naqadar achinarli holat. Ayniqsa bunday holatlarning ta’lim tizimining eng boshlangich bo’g’ini- makatabgach ta’klim tzimida kztilishi davlatimizning ertangi kunini salbiy tomonga belgilab qo’yadi.Chunki maktabgacha ta’limda shaffoflik bo’lmas ekan, rivojlana olmaymiz.
    Kurs ishining predmeti. Maktabgacha ta’lim tizimida manfaatlar to’qnashuvining oqibatlari haqida yoritib berish
    Kurs ishining maqsadi. Ushbu tadqiqot ishining maqsadi, maktabgacha ta’lim tizimida manfaatlar to’qnashuvini va korrupsiyaga barham berish, tizimning shaffof holda ish faoliyatini olib borilishini ta’minlashga qaratishdan berishdan iborat.


    Kurs ishining vazifalari.
    1. Manfaatlar to’qnashuvi tushunchasi
    2. Korrupsiyaga qarshi kurashish
    3. Maktabgacha ta’lim tizimida shaffof muhitni yaratish
    I BOB. MANFAATLAR TO‘QNASHUVI
    1.1-§. Manfaatlar to’qnashuvi nima va uning oldini olish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar

    Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Manfaatlar to‘qnashuvi deganda shaxsiy manfaatdorlik tashkilot xodimining mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan tashkilotning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat tushuniladi.


    Adliya vazirligi tizimida “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida”gi nizomning qabul qilinishi Adliya organlari va muassasalarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va minimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlardan biridir.
    Mazkur nizom adliya organlari va muassasalari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, uning oldini olish va tartibga solishni belgilaydi.
    E’tiborlisi, Nizom talablari Adliya vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlar xodimlariga ularning egallab turgan lavozimi va xizmat vakolatlaridan qat’i nazar qo‘llaniladi.
    Unda adliya organlari va muassasalari xodimlari o‘zlarining xizmat majburiyatlarini bajarishida va adliya organlari va muassasalarining manfaatlarini ifodalashda ustuvor tamoyillarga amal qilishlari, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan o‘zlarini saqlashlari shartligi belgilab qo‘yilgan.
    Jumladan, adliya organlari va muassasalarining manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatlar to‘g‘risida adliya organlarini xabardor qilishlari, nepotizm, favoritizm, mahalliychilik, homiylik va urug‘-aymoqchilikning namoyon bo‘lishiga qat’iy chek qo‘yishlari, potensial yoki haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq oshkor qilishlari, o‘zining yaqin qarindoshlari va aloqador shaxslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxatini, o‘zining va ularning nodavlat notijorat tashkilotlaridagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda halol, to‘liq va vijdonan oshkor qilishi shartligi nazarda tutildi.
    Ushbu nizomga ko‘ra, adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar boshqa lavozimga o‘tganda, shuningdek, har yili bir marotaba manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilib borishlari kerak.
    Xodimlarda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi aniqlansa ushbu xodimni bevosita bo‘ysunadigan xodimni yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxs bo‘ysunuviga o‘tkazish, manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda va ular bo‘yicha qaror chiqarish jarayonida qatnashishdan xodimning o‘z ixtiyoriga ko‘ra chetlashish yoki uni majburan chetlashtirilishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun xodimning lavozim majburiyatlari doirasini qayta ko‘rish, xodim tomonidan uning shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan va manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan adliya organlari va muassasalarining ma’lumotlari va hujjatlaridan foydalanilishini cheklash, xodimni manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan mehnatga oid funksiyalarni bajarishini nazarda tutadigan lavozimga o‘tkazish kabi choralar ko‘riladi.
    Adliya vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomning qabul qilinishi natijasida manfaatlar to‘qnashuvi barvaqt aniqlanib, ob’yektiv baholanadi hamda oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.




    Download 1.36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.36 Mb.