O`quv va uslubiy ishlar bo`yicha prorektori N. F abdunazarova




Download 1.36 Mb.
bet5/14
Sana28.05.2022
Hajmi1.36 Mb.
#22198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Berdiyeva Nilufar Anvar qizi (2)
ABDULLA-AVLONIY, 6-sinf adabiyot qisqa ma\'lumotlar, Mundarija
2-BOB: KORRUPSIYA
2.1-§. Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning vazifamiz
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish. Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda.Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Korrupsiyaga qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari:
Korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklar — Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 611, 1931 va 1932-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar — Jinoyat kodeksining 167-moddasining ikkinchi qismi «g» bandi, 168-moddasining uchinchi qismi «v» bandi, 1929 va 19210, 205, 209 — 214-moddalari, 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni mansab mavqeidan foydalangan holda sodir etish hamda 301-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlar
Ta’kidlash lozimki, inson dunyoga kelar ekan, birinchi navbatda tarbiyani oilada olib, so‘ngra maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumiy o‘rta ta’lim maktabida va keyinchalik esa oliy ta’lim olish uchun oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirib, o‘zining bilim va ko‘nikmalarini, dunyoqarashini borgan sari o‘stirib borishi tabiiy hol, albatta.
Agar Siz kichik yoshdagi boladan “katta bo‘lsang kim bo‘lasan” deb so‘rasangiz, albatta u eng yaxshi va faxrli kasblar bo‘lmish harbiy, kosmonavt, shifokor, o‘qituvchi, uchuvchi, tikuvchi, bank xodimi bo‘lib yetishishini, Vatani uchun mehnat qilishini aytadi. Hech qaysi bola katta bo‘lganida yovuz inson bo‘lib yetishishni, birovning haqini yeyishni, tovlamachi bo‘lishni, zo‘ravonlik ortidan yoki boshqa birovning halol mehnati ortidan topilgan boylikka erishishni xohlamaydi. Sababi, bola beg‘ubor.
Tan olib aytish lozimki, o‘tgan yillar davomida bir qancha davlat tashkilotlarida byurokratik to‘siqlar mavjud bo‘lib, bu to‘siqlar ortida tashkilotlarning mutasaddilari ma’lum bir manfaatlari yotganligi hozirda hech kimga sir emas. Ushbu byurokratik to‘siqlardan oddiy xalq azob chekkan albatta. Buning natijasida aholining ma’lum bir qismi esa o‘zining ishi tinch va tez fursatda ijobiy hal etilishi istagida tashkilotlarning mas’ullariga turli xil sovg‘alar yoki tanish-bilishlari orqali o‘z maqsadlariga ham yetganlar.
Biz korrupsiya islohotlar ildiziga bolta uradigan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim bo‘ladi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: “Korrupsiya nima o‘zi?”
Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga “korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish, manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat” deb izoh berilgan.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanmoqda. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin.
Korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning butun dunyoda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, huquqshunos olimlar, siyosatshunoslar va psixologlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko‘plab izlanishlar olib borildi va olib borilmoqda. Ular tomonidan reyting jadvallari tuzilib, har xil turli sohalardagi ko‘rsatkich natijalari va raqamlar o‘rin olgan monitoringlar o‘tkazilib kelinmoqda. Afsuski, barcha davlatlar uchun asqotadigan yagona yechim hozircha yo‘q.
Ta’kidlash lozimki, Prezident Sh.Mirziyoyev Prezidentlikka saylanishlari bilanoq, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni tasdiqladilar. Bundan tashqari 2021 yilning 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoni ham e’lon qilindi.
Bundan tashqari, o‘tgan 5 yil davomida Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaning oldini olish, byurokratik to‘siqlarning olib tashlash maqsadida tarixiy ahamiyatga ega qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, valyuta bozori erkinlashtirilib, naqd pul bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi, Davlat xizmatlari markazlari ishga tushirilishi natijasida ortiqcha byurokratiyaga barham berildi, turizmni rivojlashtirish doirasida 90 mamlakat uchun vizasiz rejim, 48 mamlakat uchun vizasiz tranzit rejimi joriy etildi, aholi murojaatlari bilan ishlash va davlat organlarining ochiqligi bo‘yicha yangi tizim joriy etildi, Gender siyosati yangi bosqichga olib chiqildi, xususan Respublika Gender komissiyasi tashkil etildi, oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun oliy ta’lim muassasalarining kabul kvotalari oshirildi, mamlakatimizda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari ochildi, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va uni yuritish bo‘yicha jarayonlar soddalashtirildi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratildi, O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 15 yil davomida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni qabul qilish tartibi joriy etildi, propiskaga qo‘yishdagi sun’iy to‘siqlar mutlaqo olib tashlandi.
Shuningdek, yuqoridagi yutuqlar bilan faxrlanibgina qolmasdan, balki har bir fuqaro o‘zida korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik immunitetini shakllantirishi, mamlakat va kelajak avlod uchun korrupsiyadan holi davlat qoldirilishida o‘zining hissasini qo‘shishi darkor.



Download 1.36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quv va uslubiy ishlar bo`yicha prorektori N. F abdunazarova

Download 1.36 Mb.