Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki




Download 1.36 Mb.
bet7/14
Sana28.05.2022
Hajmi1.36 Mb.
#22198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Berdiyeva Nilufar Anvar qizi (2)
ABDULLA-AVLONIY, 6-sinf adabiyot qisqa ma\'lumotlar, Mundarija
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, davlat va xususiy sektor faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini joriy etishning qator samarali omillarga xizmat qiladi.
Jumladan, mazkur tizim korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirishga xizmat qiladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABATDA BO‘LISH MUHITINI YARATISH, DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAVIY OMILLARNI KESKIN KAMAYTIRISH VA BUNDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bo‘lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi ko‘plab sohalarda korrupsiya va suiiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, budjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya holatlari saqlanib qolmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish maqsadida:
1. Mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilsin.
Korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilansin.
Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etsin.
2. Keng jamoatchilikning fikri va takliflarini inobatga olib, davlat boshqaruvini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida:
a) Agentlik tomonidan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri” (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritilishi ta’minlansin;
b) Reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlansin:
davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining ko‘rsatilishi;
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish;
ular tomonidan ta’sis etilgan va (yoki) ular ishtirokchisi hisoblangan tadbirkorlik subyektlari davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bog‘liq tender va tanlov savdolarida ishtirok etish;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.
3. Agentlik Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Reyestrni va u bilan bog‘liq cheklovlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Belgilansinki, Reyestrga mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan qonun kuchga kirganidan so‘ng korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar kiritiladi.
4. 2022-yil 1-yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilsin.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
davlat xizmatchisi tomonidan deklaratsiyani taqdim etishdan bosh tortish va qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi;
2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisobraqamlar ochish va egalik qilish, naqd pul mablag‘larini saqlash, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi (xorijda ishlayotgan davlat xizmatchilari va davlat xizmatiga kirishdan oldin olingan mol-mulk bundan mustasno).
Agentlik Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat xizmatiga oid qonunchilik hujjatlari paketi, shuningdek, deklaratsiyalash tizimini joriy etish mexanizmlari, deklaratsiya taqdim etishi lozim bo‘lgan davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolari toifasini nazarda tutuvchi “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Belgilansinki, qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan lavozimni egallab turgan shaxsning bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaati mansab (xizmat) majburiyatlarini obyektiv va xolis bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanadi hamda bunday vaziyatlarni oshkor qilish va ularning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rmaganlik o‘rnatilgan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Agentlikka manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq har qanday holatlar aniqlanganda, shartnoma, buyruq va boshqa hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida taqdimnoma yoki uni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo kiritish vakolati berilsin.
Adliya vazirligi Agentlik, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar “Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun, shuningdek, davlat xaridlari, soliq imtiyozlari, yer ajratish, davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni o‘rnatishni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Bosh prokuratura Agentlik, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash;
korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;
daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish;
korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni o‘tashda yengillashtiruvchi normalar qo‘llanilishiga cheklovlar belgilash.
7. Davlat xaridlarida raqobatli savdo turlarini cheklovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar, investitsiyaviy, davlat-xususiy sheriklik, xususiylashtirish va boshqa bitimlarni tuzishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbus bilan chiqish qat’iyan taqiqlansin.
8. Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat moliyaviy nazorat institutlarini maqbullashtirib, ularning samarali modelini joriy etish va ushbu sohada parlament nazoratini kengaytirish bo‘yicha taklif kiritsin.
9. Adliya vazirligi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar:
barcha inspeksiyalarning vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish;
boshqa shakldagi (qo‘mita, agentlik, xizmat) davlat boshqaruvi organlarining nazorat sohasidagi funksiyalarini maqbullashtirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari muntazam ravishda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Oliy Majlis palatalariga Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliy budjetlar hisobidan tashkil etilgan vaqtinchalik va maxsus jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash tavsiya etilsin.
11. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan muntazam ravishda nazorat olib borsin va har chorak yakunlari bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga axborot kiritib borsin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (T. Narbayeva) davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini har chorakda tanqidiy muhokama qilib borsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Agentlik bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul etib Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev, Agentlik direktori A.E. Burxanov va Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.K. Narbayeva, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.

Download 1.36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 1.36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki

Download 1.36 Mb.