O`quv va uslubiy ishlar bo`yicha prorektori N. F abdunazarova




Download 1.36 Mb.
bet4/14
Sana28.05.2022
Hajmi1.36 Mb.
#22198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Berdiyeva Nilufar Anvar qizi (2)
ABDULLA-AVLONIY, 6-sinf adabiyot qisqa ma\'lumotlar, Mundarija
1.2-§. Maktabgacha ta’lim tizimidagi firibgarliklar
Maktabgacha ta’lim so‘nggi yillarda katta e’tibor qaratilayotgan hamda jadallik bilan rivojlanib borayotgan tizim bo‘lib, sohada erishilgan yutuqlarni farzandlarimiz taqdiri misolida ko‘rib, his qilib turibmiz.Bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish, ajratilayotgan pul mablag‘lari hamda oziq-ovqat mahsulotlarining to‘liq holda yetib borishini ta’minlash, talon-tarojliklarning oldini olish dolzarb masaladir. Shu nuqtai nazardan Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit xizmati tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar ham o‘ta muhim sanaladi.Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida soha mutasaddilari ishtirokida joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanidan ham bilish mumkin.
Vazirlik matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayevaning ta’kidlashicha, ichki audit xizmati tomonidan ushbu muddatda tizimdagi tashkilotlarda jami 282 ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Ularning 106 tasi fuqarolarning murojaatlari asosida bo‘lgan. Natijada 5,5 miliard so‘mlik mablag‘ va tovarlarning talon-taroj bo‘lishi oldi olingan. – Misol uchun, xarid qilingan tovar- moddiy boyliklar tashkilot hisobiga kirim qilinmasdan inventarlar ro‘yxatiga qabul qilinmagan va moddiy javobgar shaxslar belgilanmagan. Demakki, bu tovarlar hech qayerda hisobda turmaydi. Ma’lum muddat o‘tgach, umuman esdan chiqadi, birov olib ketsa ham hech kim bilmaydi. Chunki hisobda yo‘q, – deydi vazirlik Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshlig‘i Dilshod Normatov. – Yana bir misol, Andijon viloyatining 9 ta tuman( shahar)ida 2,8 milliard so‘mlik mebel jihozlari buxgalteriya balansiga kirim qilinmagan. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida esa, 2021 yilning yanvar oyida xarid qilingan mebel jihozlari besh oydan buyon kirim qilinmagan. Shu kabi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish – qayta inventarizasiya qilish natijasida 962 million so‘mlik tovar- moddiy boyliklar ortiqchaligi aniqlanib, tashkilot hisobiga qayta kirim qilindi.
Matbuot anjumanida yana bir qiziq holat haqida so‘z yuritildi. Oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq olinmagan bo‘lsada, Navoiy viloyati Xatirchi tumani MTB tomonidan yuz foiz pullarni ta’minotchiga o‘tkazib berish oqibatida 152 million so‘m muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga kelgan. Shundan 66 million so‘m 2018-2019 yildan buyon undirilmagan va undirish choralari ko‘rilmagan.
Shuningdek, mulkni sotishdan tushgan mablag‘lardan 242 million so‘m mablag‘ tegishli mahalliy byudjetlarning daromadiga o‘tkazib berilmagan. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 57 million, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 72 million so‘m mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar byudjetga o‘tkazilgan. Davlat xarid qonunchiligi talablariga amal qilmasdan amalga oshirilgan xaridlar 10,5 milliard so‘mni tashkil etgan.
E’tibor bering, Termiz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limida tanlov komissiyasi a’zosi bo‘lgan buxgalteriya xodimining turmush o‘rtog‘iga tegishli “Real stroy siti” korxonasi joriy ta’mirlash, mebel jihozlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 3,2 milliard so‘mlik tanlovda g‘olib deb topilgan. Vaholanki, qonunchilikka ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani MTB tomonidan ham mavjud talablarga amal qilinmasdan auksion savdolaridan qochishni ko‘zlab, 2018-2020 yillar mobaynida o‘z tanishlariga tegishli firmalar bilan xo‘jalik mollari yetkazib berish bo‘yicha 26 ta shartnoma tuzib 1,4 milliard so‘mlik tovar- moddiy boyliklar yetkazib berilishiga, keyinchalik ularning to‘lovlarini undirib berish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritib, hal qiluv qarorlari asosida g‘aznachilik bo‘linmasidan to‘lovlar amalga oshirilishiga erishilib, mahsulotlarni qimmat narxlarda sotib olish orqali 283 million so‘m zarar yetkazgan.
O‘tkazilgan profilaktika tadbirlari natijasida esa tovar- moddiy boyliklarni xarid qilish va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun davlat xaridlari elektron portaliga joylashtirilgan e’lonlar noto‘g‘ri qo‘yilganligi, ya’ni xarid bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar joylashtirilmaganligi yoki bajarish muddatlari sun’iy ravishda kam ko‘rsatilishi natijasida 4 milliard so‘mlik e’lonlar bekor qilinib, qayta joylashtirilishi ta’minlandi.
  Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda tovar- moddiy boyliklardan 6,6 milliard so‘m kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Shundan ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish xaqlari 2,4 milliard so‘mni tashkil etadi.
Jami 265 ta to‘plangan xujjat huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan.



Download 1.36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quv va uslubiy ishlar bo`yicha prorektori N. F abdunazarova

Download 1.36 Mb.