• I. Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV




    Download 1.36 Mb.
    bet8/14
    Sana28.05.2022
    Hajmi1.36 Mb.
    #22198
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    Berdiyeva Nilufar Anvar qizi (2)
    ABDULLA-AVLONIY, 6-sinf adabiyot qisqa ma\'lumotlar, Mundarija
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
    Toshkent sh.,
    2021-yil 6-iyul,
    PF-6257-son
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoniga
    1-ILOVA
    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan
    DAVLAT DASTURI

    T/r

    Chora-tadbir nomi

    Amalga oshirish mexanizmi

    Ijro muddati

    Mas’ul ijrochilar

    I. Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish

    1.

    Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish hamda xodimlarning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlari (meritokratiya tamoyili) asosida xizmat pog‘onalarida ko‘tarilishi, davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishning shaffof mexanizmlarini joriy etish hamda ularning aniq vazifalarini belgilash.

    “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xorijiy ekspertlarning tavsiyalari va keng jamoatchilik fikri asosida takomillashtirish hamda uni amalga oshirish bo‘yicha �onunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari paketini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

    2021-yil 1-sentabr

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
    Adliya vazirligi

    2.

    Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini qabul qilish.

    Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlash.

    2021-yil 1-sentabr

    Oliy Majlis palatalari,
    Adliya vazirligi,
    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    3.

    Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritilishini yo‘lga qo‘yish.

    Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini va u bilan bog‘liq cheklovlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

    2021-yil 1-oktabr

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
    Oliy sud,
    Bosh prokuratura,
    Adliya vazirligi,
    Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,
    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

    4.

    Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish.

    Har yili yil yakuni bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni e’lon qilish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

    2021-yil 1-sentabr

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
    Adliya vazirligi

    5.

    Davlat organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini yaratish.

    Mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali integratsiyalashgan Korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini ishga tushirish.

    2022-yil 1-yanvar

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
    Axborot texnologiyalari vazirligi

    6.

    Davlat xizmatchilari, shu jumladan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.

    Quyidagilarni nazarda tutuv�i “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
    deklaratsiya topshirish talab etiladigan shaxslar doirasi;
    daromadlar va mol-mulkni majburiy deklaratsiya qilish tizimining har bir bosqichini joriy etish mexanizmlari;
    deklaratsiyalarni monitoring qilish va natijalarini e’lon qilib borish tartibi;
    deklaratsiyani taqdim etishdan bosh tortganlik va qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun javobgarlik belgilash.

    2021-yil 1-sentabr

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,
    manfaatdor vazirlik va idoralar

    7.

    Daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritishni yo‘lga qo‘yish.

    Daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni qayta ishlash va tekshirishning elektron axborot tizimini yaratish.

    2021-yil 1-dekabr

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
    Axborot texnologiyalari vazirligi

    Ushbu axborot tizimini soliq, bojxona, davlat kadastri va boshqa tegishli organlarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish.

    2022-yil yakuniga qadar

    8.

    “Korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish.

    Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishning yangilangan tartibi — ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazishni joriy etish, davlat organlari va tashkilotlarining mas’ulligini oshirish, korrupsiyaga qarshi ekspertiza bo‘yicha ish rejalari va aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjati loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

    2021-yil 1-sentabr

    Adliya vazirligi,
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
    Bosh prokuratura

    9.

    Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat organlari tomonidan funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va aniqlangan xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha samarali choralarni belgilash.

    Davlat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini ishlab chiqish.

    2021-yil 1-dekabr

    Adliya vazirligi,
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
    Bosh prokuratura

    10.

    Vazirlik va idoralar tarkibidagi nazorat organlari (inspeksiyalar) faoliyatini takomillashtirish.

    Barcha inspeksiyalarning vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqib, ularni takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

    2021-yil 1-noyabr

    Adliya vazirligi,
    Bosh prokuratura,
    manfaatdor vazirlik va idoralar

    11.

    Davlat moliyaviy nazorat institutlarini takomillashtirish.

    Ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat moliyaviy nazorat institutlarini maqbullashtirib, ularning samarali modelini joriy etish va ushbu sohada parlament nazoratini kengaytirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

    2021-yil 1-sentabr

    Vazirlar Mahkamasi,
    Bosh prokuratura,
    Adliya vazirligi

    12.

    Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish tizimini takomillashtirish.

    Davlat moliyaviy nazorati departamenti tarkibida Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish bo‘linmasini tashkil etish, shuningdek, davlat nazorat-taftish idoralari, operativ-qidiruv faoliyati subyektlari va tergov-surishtiruv idoralari so‘roviga muvofiq, qo�unchilikda belgilangan asoslarda o‘tkaziladigan nazorat o‘lchovi ushbu bo‘linma tomonidan bepul amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorini ishlab chiqish.

    2021-yil 1-oktabr

    Moliya vazirligi,
    Qurilish vazirligi,
    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    13.

    Davlat ishtirokidagi korxonalarda moliyaviy natijadorlikka erishish va davlat mulkidan samarali foydalanish ustidan ta’sirchan nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davlat ishtirokidagi korxonalarda moliyaviy natijadorlik va davlat mulkidan foydalanish holati yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot berib borish amaliyotini joriy etish.

    har yil yakuni bo‘yicha

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi,
    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

    14.

    Davlat xizmatida suiiste’molchiliklarning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish.

    Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar bilan ishlash, xo‘jalik ishlari, moliya-iqtisod bo‘linmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar rahbarlarini muayyan muddatda rotatsiya qilish hamda suiiste’molchiliklarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda rotatsiya qilingan xodimlarning ko‘chib o‘tish va uy-joy olish (ijaraga olish) bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash mexanizmlarini nazarda tutish.

    2021-yil 1-sentabr

    Adliya vazirligi,
    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,
    Axborot texnologiyalari vazirligi

    15.

    Davlat xizmatchilarining xizmat safarlari mobaynida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish.

    Respublika hududlariga yuboriladigan davlat organ va tashkilotlari xodimlarining xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni tanqidiy tahlil qilish hamda belgilangan me’yorlarni haqiqiy xarajatlarga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

    2021-yil 1-oktabr

    Moliya vazirligi,
    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

    16.

    Yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasi sohasiga shaffoflik standartlarini joriy qilish.

    Avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan “SNAFFOF YO‛L” onlayn axborot platformasini ishga tushirish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
    Loyihada platformada avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash obyektlarining interaktiv onlayn-xaritasini ishlab chiqish hamda unda keyingi yilda quriladigan va ta’mirlanadigan yo‘l uchastkalarini aniqlash va ularni xaritaga joylash hamda buni jamoatchilikka taqdim etish amaliyotini nazarda tutish.

    2022-yil 1-yanvar

    Adliya vazirligi,
    Transport vazirligi,
    Moliya vazirligi,
    Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

    17.

    Davlat budjeti hamda shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

    Davlat budjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha ularning yakuniy texnik-iqtisodiy asosini va boshqa loyiha hujjatlarini ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar sifatida belgilash.

    2021-yil 1-dekabr

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
    Moliya vazirligi,
    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
    manfaatdor vazirlik va idoralar

    18.

    Banklarda jismoniy shaxslarga kredit ajratishda mijozni identifikatsiya qilishning zamonaviy tizimini joriy etish.

    Davlat personallashtirish markazi bilan integratsiya qilgan holda bank tizimida jismoniy shaxslarga kredit ajratilishida mijozning biometrik belgilari (barmoq izi yoki yuzdan)ni tekshirish orqali identifikatsiya qilish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish.

    2021-yil 1-sentabr

    Markaziy bank,
    Davlat personallashtirish markazi,
    Axborot texnologiyalari vazirligi


    Download 1.36 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 1.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

    Download 1.36 Mb.